Referat bajardi: Ibrahimova Mashhura Qabul qiluvchi: Ro`zimatov Erkinjon Toshkent 2022


Yaponiyada maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, o’rta va kata maktab ta’lim tizimi. Davlat universitetlariga kirish qoidalari haqida ma’lumot



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#137174
növüReferat
1   2
referat ped

2. Yaponiyada maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, o’rta va kata maktab ta’lim tizimi. Davlat universitetlariga kirish qoidalari haqida ma’lumot.
Majburiy ta’lim. Ta’limning pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. 6 yillik boshlang’ich ta’lim va 3 yillik kichik o’rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta’minlangan. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo’lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. SHu qatorda xususiy maktablar ham mavjud.
Yuqori bosqich o’rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo’limlari mavjud. O’quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o’qiydilar. Yaponiyada o’quv yili 240 kun (AQSH 180). O’quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o’tiladi. Dorilfununlarga katta o’rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o’quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo’lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o’qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to’g’ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar joyda o’tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar.
Bu sinovlardan o’tgan o’quvchilar universitetlarga yo’llanma oladilar va yana sinovdan o’tadilar. Xususiy universitetlarga esa to’g’ridan-to’g’ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o’zining uzluksiz shaxobchasiga esa (bog’chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Lekin o’qish muddatini cho’zish mumkin (4 yillik o’qish 5-6 yilgacha cho’zilib ketishi mumkin). Yaponiyani dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylantirgan ta’lim tizimining 10 xususiyati. Yaponiyaning dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratgan noyob kashfiyotchilar va yetuk mutaxassislarning nihoyatda ko‘pligi o‘z navbatida mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim tizimidan ildizlanadi. Shu munosabat bilan AdMe uning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tishga qaror qildi. Avval xulq-atvor, so‘ng bilim. Yaponiyada maktab o‘quvchilari 10 yoshgacha — 4-sinfga qadar imtihon topshirmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar bilan cheklaniladi, xolos. Mamlakatda ta’limning dastlabki uch yilida akademik bilimlar olish u qadar muhim hisoblanmaydi. Asosiy urg‘u tarbiyaga qaratiladi — bolalar odamlarni va jonivorlarni hurmat qilishga, bag‘rikenglikka, rahmdillikka, haqiqatparvarlikka, o‘zini nazorat qila olishga va tabiatni asrashga o‘rgatiladi.
O‘quv yilining boshlanishi 1-aprelga to‘g‘ri keladi. Yaponiyada yil boshi eng go‘zal tabiat hodisalaridan biri — sakuraning gullashiga to‘g‘ri keladi. Akademik yil uch trimestrga bo‘linadi: 1-apreldan 20-iyulgacha, 1-sentabrdan 26-dekabrgacha, 7-yanvardan 25-martgacha. Shu tariqa, yapon o‘quvchilari yozgi ta’tilda olti hafta, qishda va yozda ikki haftadan dam oladi. Yaponiya maktablarida farroshlar yo‘q, ularning ishini o‘quvchilar bajaradi. Har bir sinf kabinetlar, koridorlar va hatto hojatxonalarni navbatma-navbat yig‘ishtiradi. Bu bilan bolalarga erta yoshdan jamoa bo‘lib ishlash va bir-biriga yordam ko‘rsatish o‘rgatiladi. Bundan tashqari, yig‘ishtirishga ko‘p vaqt va kuch sarflagan o‘quvchilar bundan keyin binoning ifloslanishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymaslikka urinadi.
Maktablarda standartlashtirilgan nonushtalar tayyorlanadi va bolalar birgalikda tanovul qiladi. Boshlang‘ich va o‘rta maktabda bolalar uchun maxsus nonushta tayyorlanadi, ularning menyusi ustida nafaqat maktab oshpazlari, balki tibbiyot xodimlari ham ishlaydi. Ovqat maksimal darajada foydali va sog‘lom bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Sinfdoshlar o‘qituvchi bilan birgalikda sinfxonada nonushta qiladi. Qo‘shimcha ta’limga bo‘lgan talab yuqori. Boshlang‘ich sinflardayoq bolalar xususiy va tayyorgarlik maktablariga bora boshlaydi, bu ularning yaxshi boshlang‘ich va o‘rta maktabga kirishini kafolatlaydi. Bunday maktablarda mashg‘ulotlar kechki soatlarda o‘tkaziladi, shu bois Yaponiyada soat 21:00 da jamoat transporti qo‘shimcha darslardan so‘ng uyga qaytayotgan yosh bolalarga to‘la bo‘lishi odatiy holdir. Darslar kuniga 6–8 soat davom etib, ular ta’til va hatto shanba-yakshanba kunlari ham to‘xtamaydi.
XULOSA
Gerbart maktab tizimi masalasini o`zining konservativ ijtimoiy qarashlariga muvofiq hal qilishga urindi. U maktablarning quyidagi tiplarini: elementar maktab, shahar maktabi va gimnaziyani taklif qildi. Maktablarning bu tiplari bir-biriga bog`liq emas, ularning har qaysisi mustaqil yashayveradi: elementar maktab va shahar maktablaridan maxsus maktablargagina o`tish mumkin, gimnaziyadan esa oliy o`quv yurtlariga o`tish mumkin. Klassik gimnaziya ta`limi Gerbart zamonidayoq o`z umrini tugatib qolgan bo`lsa ham, lekin Gerbart bu ta`lim tizimini qizg`in yoqlab chiqdi. Uning fikricha, savdo-sotiq, sanoat, hunar-kasb va hayot uchun amaliy ahamiyati bo`lgan boshqa xil ishlar bilan shug`ullanishi lozim bo`lgan kishilargina real maktabda o`qib tarbiyalanishi kerak. Aqliy mashg`ulotlar, rahbarlik va boshqaruv ishlari bilan shug`ullanishi lozim bo`lgan kishilar, ya`ni jamiyatning intizomli tabaqalari esa Gerbartning fikricha, faqat klassik gimnaziyada o`qib ta`lim olishi lozim.
Ilmiy-texnika tarakkiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffakkiyatli faoliyat kursata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yunaltirish xamda urta ta`limning kup variantli uchinchi boskichini joriy etish, ta`lim-tarbiya berishda eng ilFor pedagogik vositalarni kullash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul ochish, uning eng makbul tizimlarini yaratish kabi jaxon tajribalarini urganish maksadga muvofikdir.
Bugungi kunda keng kulamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta axamiyatga ega. Keyingi yillarda jaxon ta`limi buyicha kupgina makolalar, broshyuralar, kullanmalar chop etildi, unga baFishlab seminarlar, anjumanlar, ukishlar, uchrashuvlar utkazildi. Bu bizning ta`lim tizimimizda, chet ellarda ukuv-tarbiya ishlarining yulga kuyilishiga. e`tibor va kizikishning tez sur`atlar bilan usib borayotganligidan dalolatdir. Xalk ta`limi tizimlarida jaxon ta`lim tizimini urganish bilan shuFullanuvchi muassasalar xam tashkil topmokda. Jaxon ta`limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni vokif kilishda BMTning Uzbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AKЩning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalkaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamFarmasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshka kuplab tashkilotlar yakindan yordam bermokdalar. Darxakikat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof kilingan xakikatdir. Shu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iktisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag` mikdori yildan-yilga oshib bormokda.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə