Ishni o‘tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko‘rgazmali qurollar: Chiqindilar va go‘ng



Yüklə 374,01 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü374,01 Kb.
#137867
6-Лабаратория 2022



6-Laboratoriya: Biogaz olish. 
Maqsadi
: Biogaz olishni o‘rganish. 
Ishni o‘tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko‘rgazmali 
qurollar:
Chiqindilar va go‘ng.
 
 
Biogaz va biogumus ishlab chiqarish texnologiyasi va uning istiqbollari
Jahon amaliyotida chorvachilik, parrandachilik, uy-ro‘zg‘or va o‘simliklar 
chiqindilariga ishlov berish texnologiyasi yangi emas. Ko‘pgina mamlakatlar 
(Gollandiya, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, AQSh, Angliya)dagi fermer 
xo‘jaliklari biogaz, biogumus, issiqlik energiyasi va yoqilg‘iga bo‘lgan o‘z 
ehtiyojlarini go‘nglarga va chiqindilarga kichik zavodlarga ishlov berish yo‘li bilan 
qondirib kelmoqdalar. Biogaz qurilmalarida go‘ngni metanli achitish unda 97 % 
gacha azot saqlash imkonini beradi, go‘ngni kompost to‘dasi esa 40% dan 50% 
gacha azotni saqlaydi. Qishloq xo‘jalik chiqindilaridan biogazning chiqish miqdori 
quyidagi 11.3- jadvalda keltirilgan. 
Bundan tashqari, go‘ngni biogaz qurilmalarida achitganda kasallik 
qo‘zg‘atuvchi bakteriya va mikroblar, hamda begona o‘simliklarning urug‘i yo‘q 
bo‘ladi. Ajralib chiqqan biogazni esa turli maqsadlarga ishlatish mumkin. 
Sobiq Sovet Ittifoqining barcha organik chiqindilarni fermentatsiyalash 
paytida ajralib chiqadigan biogazdagi energiya potensiali yiliga 33 mln tonna 
shartli yoqilg‘iga teng edi. Eslatib o‘tamiz: 250 l benzin – 1 tonna shartli 
yoqilg‘iga teng. Hozirgi paytda organik chiqindilarning 25% qayta ishlansa (buni 
amalga oshirish mumkin), unda qariyb 8-10 mln tonna shartli yoqilg‘ini suyuq 
yoki gaz shaklida ajratib olish mumkin. Ekologik samaradorlik esa 5 yil ichida 
sarflangan dastlabki 7-8 mlrd. rubl hisobiga 25 mlrd rublni tashkil etadi. Yuqorida 


aytib o‘tganimizdek, agar O‘zbekistoning yirik chorvachilik komplekslarida yiliga 
19 mln m
3
suyuq go‘ng yig‘ilib qolgudek bo‘lsa, undan 1900 mln m
3
biogaz olish 
mumkin. Bundan 5,7 mln m
3
suyuq go‘ng, 570 mln m
3
biogaz va 2,5mln tonna 
organik o‘g‘itlar Buxoro viloyati ulushiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi paytda 
chorvachilik va parrandachilik komplekslaridagi chiqindilarga ishlov berish va 
ulardan biogaz hamda biogumus olishning 4 ta usuli mavjud: 
1. Mezofil usuli. 
2. Termofil usuli. 
3. Sof biologik usuli.
4. Qo‘shma usul. 
Hozirgi paytda chiqindilar tarkibiga biostimulyator kirgizib, uni 15-200S da 
mezofil usuli bilan achitish texnologiyasi keng tarqalgandir. Mezofil usuli (past 
haroratli usuli) ning texnologik jarayonlari uzluksiz kechadi, chiqindilarni 
yig‘ishdan boshlab, biogaz va biogomus olishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar 
avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgandir. Gumus suyuq holatda qo‘llanilib, 
biogaz hosil qilish ancha samarali hisoblanadi. Ammo bizning sharoitimizda 
biostimulyatorlar qo‘shib go‘ngni mezofill usulida achitib biogaz va biogomus 
olish uncha samarali emas, chunki bu usul qo‘shimcha mablag‘ni talab qiladi, 
mikroorganizmlarni o‘stirish va ularni saqlab qolish uchun maxsus laboratoriyalar 
ochishni taqozo etadi. Lekin mezofil usuli termofil (yuqori haroratli) usuliga 
nisbatan arzonroqdir. Chunki termofil usuli qo‘shimcha issiqlik energiyasini talab 
qiladi, holbuki, yoqilg‘i narxi kundan-kunga ortib bormoqda. Sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda texnologik jarayonlarning samarali kechishi uchun qo‘llaniladigan 
suvning sifati ular uchun qo‘shimcha muammolarni tug‘dirmaydi. Agar Markaziy 
Osiyoning quruq mintaqasi, tabiiy iqlimi, suvi, tuproq xususiyatlarini inobatga 
olsak, chiqindilarni qayta ishlash muammosini Yevropadagi texnologiyalar va 
vositalarni takomillashtirmasdan, suv bilan ta’minlanmasdan va qo‘shimcha 
mikrobiologik ta’minoti xizmatlarini yo‘lga qo‘ymasdan yechib bo‘lmaydi. Agar 
ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsak, unda faqatgina bitta 
kompleksning narxi 2,5-3 barobarga oshib ketadi. 

Yüklə 374,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə