Aim uz Ta’lim tarbiya psixogigienasi Bolalar oliy nerv faoliyatining tiplari va ularning plastikligi



Yüklə 34,69 Kb.
tarix17.01.2018
ölçüsü34,69 Kb.
#20910

Aim.uz

Ta’lim tarbiya psixogigienasi Bolalar oliy nerv faoliyatining tiplari va ularning plastikligi

Bolalarda ONF ning shakllanishi juda murakkab jarayon. Bu faoliyatda yoshga bog’liq bo’lgan jiddiy o’zgarishlar kuzatiladi. Ular po’stloqning assotsiativ, xususan peshona va pastki chakka sohalari kengayishi bilan bog’liq. O’sish jarayonida bu sohalarning yuzasi 9 marta ko’payadi va po’stloq umumiy yuzasining 2/3 qismini egallaydi.

Ko`pgina asab kassalliklarining asosiy sababi, markaziy nerv sistemasida qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining buzulishiga bog`liq. Bu xulosaga kelishda tajriba nevrozlarni o`rganishning roli katta bo`ldi.

Tajriba nevroz hosil qilish uchun qo`zg`olish yoki tormozlanish jarayonlarining kuchini xaddan tashqari oshirib yuborish yoki jarayonlarni tuqnashtirish kerak. U qo`zgalishning juda kuchayib ketishi qanday salbiy oqibatlariga olib borishini 1924 yildagi Leningradda suv tashqinidan keyin tirik qolgan tajriba tibbiyoti ilmgoxi itlarida yaqqol ko`ringan. Toshqindan oldin bu itlar mavjud bo`lgan mustahkam shartli reflekslar vivariy yertulasini suv bosganilan so`ng yo`qolib ketgan. Ikki -uch oydan keyin shartli reflekslarning tiklanishiga erishgan. Ammo it oqayotgan suv tovushini eshitishi bilan, bu shartli refleks yana buzilgan.

Shartli reflekslar faoliyatning buzulishini nevroptik holat yuzaga kelishini musbat shartli signalni manfiyga aylantirishda stereotiplar buzilganda ham kuzatish mumkin. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining markaziy nerv sistemada to`qnashishi ham nevrozlarda birinchi marta shu yo`l bilan I.P. Pavlov labaratoriyasida paydo qilingan. Masalan, maymunlarda shartli reflekslarni paydo qilish jarayonida ovqat berladigan idish tagiga yasama ilon quyish bilan hayvonlarni nevroz holatiga kelgan.



Kundalik hayotimizda bunga o`xshash «to`qnashishlar» ko`p uchrab turadi. Nevrozga ko`proq xolerik va melanxoliklar uchraydi. Ruhiy iztiroblar, hayotdagi kiyinchiliklar, surunkali charchash asab bo`zilishlari unga sabab bo`lishi mumkin.

Nevrotik buzilishlar faqat oliy nerv faoliyatining buzilishi shaklida emas, balki xilma -xil vegetativ o`zgarishlar shaklida ham namoyon bo`ladi. Arterial qon bosimini ortishi, hazm shiralari o`zgarishlar ana shular jumlasidandir.



Tajribaviy nevrozlarni o`rganish turli kasalliklar va erta qarish va boshqalarni kelib chiqish mexanizmini tushunishda yordam beradi. Nevrozin davolashda dori- darmonlardan tashqari, dam olish to`yib uxlash kerak.

Bola hayotining ikkinchi yilida shartli reflektor faoliyat keskin o’zgaradi. Bola atrofidagi umumiylashgan muhitdan ayrim buyumlarni ajrata boshlaydi va ularga nisbatan muayyan xatti-harakatlarni yuzaga chiqaradi: stulchaga o’tiradi, qoshiq yordamida ovqat yeydi, piyoladan suv ichadi. Bu harakatlar chegaralansa, bolaning bilim orttirishi keskin kamayadi, uning ruhiy rivojlanishi kechikadi.

Bolaning turli buyumlar bilan muloqoti unda umumiylashtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu qobiliyat faqat inson miyasining xususiyatidir. Gap tushunarli bo’lishi uchun bir misol keltiramiz. Bola ilk bor archani ko’rganida, uni ushlaydi, ignalarining hidini sezadi va bir qator bevosita taassurotlar oladi. Bu vaqtda “archa” degan so’z bola oldidagi konkret, yagona archadan olingan tasavvurning signali hisoblanadi. Bola ko’p archalarni ko’rganidan keyin “archa” so’zining ma’nosi kengayadi, konkretligi kamayadi. Bolada ko’p predmetlarni birlashtiruvchi “daraxt” degan tushuncha paydo bo’ladi. Keyin bola juda keng bo’lgan “o’simlik” tushunchasini o’zlashtiradi.

Bu davrda bola ONF i rivojlanishi uchun stereotip shaklida o’z ta’sirini ko’rsatadigan tashqi muhit omillariga nisbatan hosil bo’ladigan vaqtinchalik aloqalar tizimlarining ahamiyati ortadi. Endi bola uchun faqat kun tartibi (ovqatlanish, uxlash, o’ynash vaqti va boshq.) emas, balki shu holat va harakatlarning elementlari, hamda ularning ketma-ketlik tartibi ham ahamiyatli bo’lib qoladi. Nerv jarayonlari yetarli kuch va harakatchanlikka ega bo’lmagan bu davrda bolalarda moslashishlarni yengillashtiradigan stereotiplarga ehtiyoj katta bo’ladi.

O’tkazilgan maxsus tajribalar uch yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’p stereotirplarga shartli reflekslar hosil qilish osonligini ko’rsatgan.

Birinchi bolalik davrida oliy nerv faoliyati. Bu davr uchun ichki tormozlanishning tez rivojlanishi xosdir. So’nish va farqlash tormozlanishini avvalgi davrdan ancha tez yuzaga chiqarish mumkin bo’ladi. Tormozlanish jarayonining kuchi va davomiyligi ortadi. Bular natijasida harakatlar oydinlashadi, befoyda harakatlar soni kamayadi. Avval orttirilgan tajriba va ko’nikmalardan foydalanish darajasi ortadi.

Stereotiplarning ahamiyati oshib boradi, ular bolaning xatti-harakatlari shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Stereotiplarni o’zgartirish bola uchun endi qiyinchilik tug’dirmaydi, ularni o’zgartirishni bola o’yin sifatida qabul qiladi.

Birinchi bolalik davrida qo’zg’alish jarayonining MNT da kuchli tarqalishiga (irradiatsiyaga) uchrashi ko’zga tashlanadi. Masalan, bog’cha tarbiyachisi: “Besh deganda, qo’lni ko’tarasizlar”- desa, bolalar boshqa so’zlarga ham qo’lni ko’taraveradilar.

Bolalikning bu davrida murakkab ta’sirlovchilarga shartli reflekslar hosil bo’ladi, I va II signal tizimlar o’rtasidagi munosabatlar rivojlanadi. O’qish va yozishni o’rganish mavhum fikr yuritishni shakllaydi. Ammo faol diqqat bilan aqliy ish bajarish qobiliyati bolalarda cheklangan bo’lib, u 15 daqiqadan ortmaydi.

6 yoshdan boshlab bolalar o’z xulq-atvorini oldindan olingan ko’rsatmalar asosida boshqarish imkoniyatini egallaydilar. Ular bir necha bosqichli harakatlar rejasini esda saqlab, bu harakatlarni bajara oladilar.

So’z ko’rsatmalariga bo’ysunish, xatti-harakat rejasini esda saqlash, uni sharoit o’zgarishlariga moslash, erishish mumkin bo’lgan natijani oldindan baholash oliy assotsiativ tizimlar ishtirokida yuzaga chiqadi. Shu sababdan 7 yoshga borib, peshona sohasi po’stlog’i morfologik kamolga yetadi.

Ikkinchi bolalik davrida oliy nerv faoliyati. Bu davrda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari yetarli kuchga ega bo’lib, muvozanatlashadi, ichki tormozlanishning bor turlari yaxshi shakllanadi.

Bolaning harakatlari jadal takomillashishiga qaramay, ular nafis va aniq harakatlarni bajarishda qiynaladilar.

8 yashar bolalarda diqqat va quntni ta’minlovchi mexanizmlar yetarli darajada rivojlangan emas. Ular tez charchaydilar, o’quv topshiriqlarining ko’pligi nevrotik holatga olib kelishi mumkin.

Umuman, bolaning maktabga borishi bola ruhiyatining shakllanishiga kuchli ta’sir qiladi, chunki uning hayoti maktabgacha bo’lgan davrga nisbatan tubdan o’zgaradi. Bu davrga kelib bosh miya po’stlog’i rivojlanishda katta yoshdagi odamnikiga yaqinlashadi.

28 – mavzu. Analizatorlarning anatomiyasi fiziologiyasi, yosh xususiyatlari va gigienasi Hid, ta’m bilish, teri, taktil va termo, sensor sistemalarning funksiyalari

Mashg‘ulot rejasi:

  1. Sezgi organlari (analizatorlar) fiziologiyasi. Sezgi organlarning fiziologik ahamiyati.

  2. I.P.Pavlovning analizator to‘g‘risidagi ta’limoti. Retseptorlar klassifikatsiyasi. Retseptorlardan qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi mexanizmlari.

  3. Hid, ta’m bilish, teri, taktil va termo, sensor sistemalarning funksiyalari. Bu sensor sistemalarning retseptorlari, ularni qo‘zg‘atadigan adekvat ta’siri. Og‘riqning biologik ahamiyati.

  4. Teri gigienasi.


Tayanch iboralar: analizator, reseptor, mexanoreseptor, termoreseptor, xemoreseptor, fotoreseptor, signal, adaptasiya, ko`z, akkomodasiya, refraksiya, to`r parda, huloh nog`ora, chig`anoh, tovush vestibulyar teri, urun, hid.

Analizatorlarning umumiy tasnifi.Barcha tirik organizmlar o`z hayotini va turini davom ettirish, har xil xavf-xatarlardan o`zini himoya qilish, ma'lum mahsadga erishish uchun vaht va fazoni, tashhi muhitning asosiy xossalarini yaxshi his etish zarur. Analizator yoki sensor tizimlar ana shunday imkoniyatlarni yaratishga xizmat hiladi.Sensor tizimning handay bo`lishidan hat'iy nazar, uning tarkibida uchta asosiy hism mavjud bo`ladi. 1) ta'sirotlarni habul hiluvchi, maxsus ixtisoslashgan reseptor neyron; 2) reseptor neyronlar birligi (bloki) yoki ma'lumotlarni habul hiluvchi birlamchi markaz; 3) birlamchi markazlardan o`tgan ma'lumotlarni habul hiluvchi bitta yoki bir nechta ikkilamchi yoki birlashtiruvchi markazlar. Yuqori darajada tuzilgan rganizmlarda birlashtiruvchi markazlar bir-biri bilan bog`langan. Ularning o`zaro munosabatlari natijasida ichki hamda tashhi muhit o`zgarishlari idrok etiladi.Ixtisoslashgan reseptorlar qabul qilgan turli fizikaviy ta'sirlar (nur, tovush, issih, sovuq) harakat potensialiga aylantiriladi va bu nerv impulslari tarzida ma'lum sezgini shakllantiruvchi markazga o`zatiladi.Markazga yetib kelgan impulslardan ma'lumot olinadi. Masalan, gulni ko`rganimizda uning rangi, hidi, shakli va ungacha bo`lgan masofani anihlaymiz. Bu ma'lumotlar birlamchi markazdan ikkilamchi va integrativ markazga o`tkaziladi; undan so`ng his qilinadigan narsa haqida fikr shakllanishi davom etadi. Integrativ markazlarga bu ma'lumotlarga qushni markazlardan kelgan va xotirada mavjud bo`lgan ma'lumotlar ham qo`shiladi. Shunda o`sha narsa yohud voheani his etish mujassamlashadi. Usha gul to`hrisida ko`ruv analizatori orhali olingan ma'lumotlarga hid bilish analizatori orhali olingan ma'lumotlar ho`shiladi. Gul to`hrisidagi tuyhu to`lihlanadi, shu gulni ilgari ko`rganini tahhoslash orhali idrok etiladi.Sensor tizimlarning har biri qabul qilinadiganq signalning bitta yoki bir nechta xossasini ajratadi. Masalan, ko`ruv analizatori yordamida rang va yorug`lik sezilsa, tam bilish analizatori achchih, shirin, nordon, sho`rni sezish imkonini beradi. hid bilish analizatori esa xushbo`y yoki badbo`yligini va hakoza. Sensotizimlarning bunday ajratgan holda sezishi, ular uchun maxsus ixtisoslashgan reseptorlarning borligidan dalolat beradi.Kabul qilishi mumkin bo`lgan adekvat ta'sirlovchilarga harab, reseptorlarning huyidagi turlari mavjud.

1. Mexanoreseptorlar. Bunday reseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a'zolari, tayanch-harakat apparati, eshituv va muvozanat sahlash tizimlariga xos.

2. Termoreseptorlar. Bu reseptorlar issih va sovuhni sezuvchilar hahida, asosiy hismi terida joylashgan.

3. Xemoreseptorlar. Ximiyaviy omillar ta'siriga sezgir reseptorlar.

4. Fotoreseptorlar - nur energiyasini habul hiladi. Yorug`lik kuchini ajratish va rang ko`rish

imkoniyatini beradi.

5. Ohrih reseptorlari - ohrihni paydo hiluvchi ta'sirotlarni habul hiladi. Bu sezgi organizmdagi reseptorlarning deyarli hammasiga o`ta kuchli ta'sir qilganda paydo bo`ladi. Analizator tizimining va faoliyatining umumiy tamoyillari.Barcha analizatorlarning tuzilishda

huyidagi umumiy tamoyillar kuzatiladi.1. Ko`p havatlilik. Analizator tarkibida bir nechta havat neyron bor, ulardan birinchisi reseptorga bohlih, oxirgisi esa miya po`stlohining assosiativ sohasidagi neyronlarga kelib to`xtaydi. Bunday ko`p havatlilik organizmning signallarga tezlik bilan javob berishiga imkon beradi.2. Ko`p kanallik. Neyronlar havatining har biri juda ko`p (10 mingdan milliongacha) nerv unsurlari borligi va keyingi havatdagi neyronlarga bohlihligini ko`rsatadi.3. Yonma-yon havatlarda unsunlar sonining teng emasligi. Masalan, ko`ruv tizimida reseptorlar soni 130 mln bo`lsa, ko`zdan chihuvchi nervni tashkil etuvchi neyronlarning soni undan 100 marotaba kam, 1 mln.250 ming atrofida. Bu nisbat shundan dalolat beradiki, miyaning har handay yakka reseptorda vujudga kelgan impulsni habul hilolmasligidandan. Ma'lumot MNT ga yetguncha bir necha marta saralanadi. Ko`p sonli havatdan unsurlar kam havatga o`tish jarayonida ikkinchi darajali ma'lumotlar o`tkazilmaydi. Buni torayib boruvchi "voronka" sifatida miyaga o`tkaziladigan ma'lumotlarni kamaytiradi va fahat muhim axborotlarnigina o`tkazadi.

Ko`ruv analizatorida shuningdek kengayib beruvchi "voronka"ni ham uchratamiz. Miya po`stlohining ko`ruv sohasidagi neyronlar soni po`stloh osti ko`ruv sohasidagi neyronlardan ming marta ko`p. Keyingi "voronka" signallarning turli xossalarini taxlil qilish imkoniyatini beradi.

4. Analizator unsurlarining vertikal va gorizontal bo`yicha tarhalishi shular jumlasidandir.

Analizatorlar signallarni hayta ishlash jarayonida ko`p operasiyalarni bajaradi. Bular:

1) signallarin topish.

2) signallarni bir-biridan ajratish

3) signallarni o`tkazish va o`zgartirish

4) ma'lumotlarni kodga solish

5) signallarning u yoki bu xossalarini detektorlash

6) obrazni tanish.

1. Signallarni topish. Bu vazifani reseptorlar bajaradi. Ba'zi reseptorlarning kipriksimon o`simtalari avtomatik ravishda harakat qilishini ta'sirlovchini faol holda izlash, deb baholansa bo`ladi.

2. Signallarni farhlash. Analizatorlarning mutloh sezgirligini ularni rahbat (stimul) kuchidagi farhni anihlash hobiliyatidan ajratish kerak.Analizotor ikki rahbat kuchidan ma'lum farh bo`lmasa, ularni, ajrata olmaymiz. Masalan, kaftimizda ohirligi 100 g bo`lgan kadok tosh bor. Yuk ko`targanda farh sezilarli bo`lishi uchun ikkinchi massa birinchisidan kamida 3 % ohir bo`lishi lozim. Demak biz 100 grammni 103 grammdan ajrata olamiz (200 g ni 206 grammdan). Bunda 3 % farhlash bo`sahasi bo`lib, o`zgarmaydigan ko`rsatkichdir. Bu honuniyatni Veber anihlagan.

3. Signallarni o`tkazish va o`zgartirish.Signallarning o`zgartirilishini shartli ravishda fazodagi va

vahtdagilarga ajratish mumkin. Signallarning kuchi va nisbatini o`zgartirish fazodagi o`zgartirish bo`lib, ko`ruv va somatosensor tizimda ko`proh uchraydi. Masalan, to`r pardada ozgina joyni egallagan markaziy chuhurcha miya po`stlohidagi ko`ruv sohasiga to`r pardaning ancha katta bo`lgan chet hismidan ko`proh joyga impulslar yetkazadi.

4. Ma'lumotlarni kodga solish. Reseptorlarga mexanik nur va boshha omillar ta'sir ko`rsatadi. Bu

ta'sirotlarni sensor tizimning po`stloh markazi habul hilib olishi uchun uni miyaga mukammal bo`lgan nerv impulsiga aylantirish kerak. Demak reseptorlar muhit o`zgarishlari to`hrisidagi axborotlarni kodga solib, miya bevosita habul hila olmaydigan signallarni "tushuna oladigan" shaklga soladi. Ta'sirotlarni kodlashga avvalombor, rahbatning bor-yo`hligi belgilanishi kerak. Masalan, ko`ruv analizatorlarida yorug`lik paydo bo`lishini (on - neyronlar) va yorug`lik yo`holigini (off - neyronlar) hayd hiladigan yoki yorug`lik paydo bo`lganda, ham yo`qolganida qo`zhaladigan on, off - neyronlar bor.Rag`bat kuchini kodlashga sensor tizimlar impulslar tezligini o`zgartirishdan foydalanadi. Masalan, odam barmohi terisida joylashgan yakka mexanoreseptor diametri 1 mm bo`lgan yuza orhali 0,2 g ga teng bosimli impulslar bilan javob bermaydi. Bosim 0,6 g ga yetkazilsa yakka, siyrak impulslar paydo bo`ladi. Demak bu reseptorning bo`sahasi 0,6 g atrofida. Bosim 4 g gacha ko`tarilsa, impulslar chastotasi sezilarli darajada ortadi. Agar bosim kuchi 10-13 g yetsa impulslar soni keskin oshib ketadi.

5. Signallarni detektorlash. Texnikaviy aloha tizimlarida axborotlar ma'lum manzilga o`zatilishidan avval kodga solinadi, manzilga yetganida esa koddan chihariladi.Sensor tizimlarda dekodlash, masalan, tovush reseptorlardan impuls sifatida markazga yetib kelganda yana tovushga aylanishi ko`zatilmaydi. Bu tizimlarda detektorlash sodir bo`ladi, ya'ni ta'sirlovchining ayrim belgilari tahlil hilinadi va ularning biologik ahamiyati baholanadi. Bu tahlilni maxsus ixtisoslashgan detektor neyronlar bajaradi. Masalan, ko`ruv sensor tizimining miya po`stlohidagi detektor neyronlari yo`l-yo`l chizih ko`ruv sohasining ma'lum hismida bo`lib, muayyan burchak hosil qilgandagina ho`zhaladi. Burchak o`zgarsa yoki chizih kuruv doirasining boshha hismiga o`tsa, bu neyronlar ho`zhalmaydi, ammo boshhalari faol holatga o`tadi.

6. Obrazni tanish. Obrazni tanish analizatorning so`nggi va eng murakkab vazifasi. Bu jarayon obrazni xarakterlash, uni organizm oldin uchratgan va tanish bo`lgan ob'ektlarning haysi bir guruhiga mansubligini anihlashdan iborat. Bunga afferent signallarni batafsil qayta ishlash, ularning ayrim belgilarini ajratish va bu belgilarni detektor neyronlar tomonidan alohida tahlil qilish yo`li bilan erishiladi.



Obrazni tanishning mohiyati miyada ta'sirlovchining modelini ko`rish va unga o`xshash boshha modellardan farhlashdir. Obrazni tanish orqali biz oldimizda kim yoki nima turganini, kimning ovozini eshitganimizni, qanday hid yoki ta'm sezayotganimizni idrok etish imkoniyatini beradi. Odam vujudi uni o`rab olgan tashqi muhit hamda o`zining ichki muhiti haqidagi axborotlarni maxsus sezgi a'zolari yoki analizatorlar orqali qabul qilish xususiyatlariga ega. Tashqi va ichki ta'sir etuvchi omillar o`z tabiatidan qat'iy nazar nerv tizimida tegishli nerv impulvslariga aylanib, ma'lum tasavvurni hosil hiladi. I.P.Pavlov har bir analizator uchta asosiy, ya'ni reseptor yoki sezuvchi, o`tkazuvchi hamda markaziy hismlardan iborat, degan ilmiy asoslangan umumlashtiruvchi ta'limot yaratdi.Reseptor qism qabul qilingan qitiqlagichlarni tegishli nerv impulslariga aylantirib beradigan maxsus nerv hujayralari yoki nerv uchlaridan tashkil topgan bo`lib, tuzilishi va muhit ta'sirotlarini qabul qilishga moslashgan turlari bilan bir-biridan farq qiladi (ko`z reseptorlari yorug`lik nurini, quloq reseptorlari tovush to`lqinini va hokazo).O`tkazuvchi hism ma'lum analizatordan markaziy nerv tizimi orhali miya yarim sharlari po`stlohigacha boradigan nerv tolalaridan iborat. Markaziy hism yarim sharlar po`stlogidagi aynan belgilangan sezgi a'zosining sohasi bo`lib, u ichki va tashhi muhitdan kelgan impulslarni markaziy tahlil qiladi. Sezgi a'zolari bir-biri bilan yahindan boglanib faoliyat ko`rsatadi va bu narsa yashayotgan muhit hahida to`lihroh tasavvurga ega bo`lish va uni idrok qilish imkoniyatini beradi. Yana shu narsani hayd qilish joiz-ki, bola tugilganidan boshlab barcha analizatorlar orqali uning markaziy nerv sistemasiga tegishli axborotlarning borib turishi uning har tomonlama barkamol bo`lishini ta'minlaydi, aks holda, ya'ni analizatorlarning yetarli ishlamasligi yoki yetarli faoliyat ko`rsatmasligi kishining aqliy jihatdan yetuk bo`lishiga salbiy ta'sir qiladi. Odamda ko`rish, eshitish, vestibulyar, ta'm bilish, hid bilish, teri va ichki analizatorlar mavjud bo`lib, shundan oxirgisi somatosensor tizim deb ham ataladi, chunki u kup tarmohli bo`lib, teriga ta'sir ko`rsatuvchi issih, sovuh, bosim, tebranish, ohrih kabi ta'sirotlarni hamda bo`him va muskullardagi proprioreseptorlardan keladigan impulslarni habul hilib, dastlabki tahlil hiladi va markaziy nerv tizimiga o`tkazadi Ko`rish analizatori. Ko`z asosan uch qavatli ko`z olmasidan (1-rasm) iborat bo`lib, unda tashhi oqsilli yoki sklera, o`rta tomirli va tur qavatlar farh hilinadi.Sklera havat (halinligi 1 mm) ko`z olmasining oddingi hismida tinih shox havat hosil hiladi. Shox havat endi tugilgan bolalarda kattalarnikiga haraganda halin va bo`rtibroh turadi. Sklera tagida joylashgan tomirli havat 0,2-0,4 mm qalinlikka ega bo`lib, unda hon tomirlari kup, ko`zning oddingi qismida u kipriksimon tana va rangdor qavatga aylanadi. Kipriksimon tanada o`z navbatida ko`z gavhariga tutashib, uning egriligini o`zgartirib turadigan muskullar mavjud.

Gavharning orqa tomonida tiniq yelimsimon suyuq lik bo`lib, uni shishasimon tana deyiladi.Uchinchi havat yoki ko`z olmasining ichki yuzasi murakkab tuzilishva funksiyaga ega to`rsimon qatlamdan iborat (qalinligi 0,2-0,4 mm).Uning o`rta qismi sarihhtshyG deyiladi. Unda yorug`lik habul hiluvchikolbachalar va tayohchalar shaklidagi hujayralar bor. Tayoqchalar oh-horaning farqiga borsa, kolbachalar rangli ko`rishni amalga oshiradi.Ko`ruv analizatori.Ko`ruv sensor tizimi boshqa analizatorlar orasija alohida o`rin to`tadi. Chunki bu tizim miyaga keladigan axborotlarning 90 % ni yetkazadi. Bundan tashqari, ko`ruv analizatori organizmda fotoreseptorlarga esa bo`lgan yagona tizimdir. Atrofidagi narsalarni ko`rishimizning sababi shundaki, biror bir manbadan ularga tushgan nur qaytarilib, ko`zga tushadi va fotoreseptorlarga qo`zhalishning rivojlanishiga sabab bo`ladi.



Aim.uz

Yüklə 34,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə