R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə16/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

partiya o‘rnida Xalq-Demokratik partiyasi tuzilgani e’lon qilindi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlarida davlat boshqaruvida yangi tizim- Prezidentlik respublika boshqaruvi shakli joriy etildi. 1991-yil 29-dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod-O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi nomzodi I.A. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi..
Xalqimizning ko‘p yillar davomida olib borgan matonatli kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan odil, haqqoniy demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko‘r-ko‘rona) ravishda emas, balki jahon taraqqiyotining, chunonchi, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga, g‘oyalarga, ma’rifiy-ilmiy taraqqiyotga amal qilgan holda ro‘yobga chiqdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlami amalga oshirish, ulami qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat- ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini
normal izga solish ana Shunday jid- diy vangilanishlami taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadirniv makonda o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur edi».
Yana shuni ta’kidlash darkorki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, Shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim
«bashorat»chi O‘zbekistonga nisbatan «O‘zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar»,
«Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g‘arazgo‘ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o‘rtasida
«Endi O‘zbekiston qanday yo‘ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» - qabilidagi savollar paydo bo‘lgan edi. Unga har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘z navbatida bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog‘da, O‘zbekistonning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali tomonlarini o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi».
Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana Shunday paytda o‘zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi.
Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan davrda I.Karimov respublika rahbarligiga (1989-yil, iyun) kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo‘lmayotgan O‘zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta- sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo‘liga o‘tishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlaring tikla- na boshlagani O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li shakllanayotganini ko‘rsatar edi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, I. Karimovning respublika rahbari sifatida xalq oldidagi mas’uliyati yana ham oshdi. U endi markazga bogliq bo‘lmagan holda, butun muammolarni o‘zi hal qilishga, har qanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat ko‘rsatishga majbur edi. Ana shunday qarama-qarshiliklar qurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi rahbarlik mahorati kun sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko‘rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4- yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 1X sessiyasida shunday degan edi:
«Menga qanday yuksak mas’uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy hara- katlar qilishni kutyapti. O‘tmish qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj kishilarni o‘z homiyligiga olishi kerak. Bular- ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar...
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib qolaveradi».



    1. Yüklə 3,89 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə