R. E. Xoliqova


O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlanishi va hayotga



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə17/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlanishi va hayotga


tadbiq etilishi.
Prezident Oliy Kengashning IX sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo‘lgan davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Tabiiyki, ushbu qoidalar O‘zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yo‘llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish - mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib-intizomga rioya qilish, qonun ustuvorligiga intilish mamlakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘ldi.
Davlat O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar ekan, o‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog‘da 90-yillar boshlarida, ya’ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda
soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo‘l bilan dinamik taraqqiyot yo‘liga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmun va mohiyatidir, - degan xulosaga keldi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan jamoa bo‘lib, uyushib yashashga odatlangan, to‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga ko‘maklashgan. Kattalani hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik, o‘zgalarga yordam tuyg‘usi o‘zbek xalqiga tarixan xosdir.
Shuning uchun ham I.Karimov 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yo‘llari va muammolari» mavzusida nutq so‘zlar ekan, birinchidan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o‘z yo‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga o‘tar ekanmiz, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz», - dedi va tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilini belgilab berdi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə