Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari Reja: 1


Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari



Yüklə 65,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü65,75 Kb.
#162838
1   2   3   4
QUMQIRG`OQ

 
Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari
Qumqirg‘oq (plyaj) sochmalari ko‘l, dengiz va okean qirg‘oqbo‘yi oqimining 
harakati hisobiga hosil bo‘ladi. Bunda qirg‘oqqa yo‘nalgan to‘lqin kuchi ushatqi 
jinslar bilan og‘ir minerallar zarralarini ham surishga qodir; qayta oqib tushayotgan 
suv esa, faqat yengil zarralarnigina olib ketadi. Natijada plajda saralanish ro‘y 
beradi.Qirg‘oqbo‘yi sochmalari hosil bo‘lishining yana bir o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, bunda to‘lqin kuchi kuchli bo‘lganidan bo‘lakchalar ularning solishtirma 
og‘irligiga qarab saralanadi. Dengiz va okean qirg‘oqbo‘yi sochmalari ko‘proq 
rutil, ilmenit, sirkon, ba’zida kassiterit, olmos, kamdan kam oltin va platina uchun 
xos bo‘lib, ular suvning ko‘tarilishi va pasayishi chiziqlari orasida,
yopiq havzalarda 
esa plajning suv yuvib turadigan qismida joylashgan 
bo‘ladi. Qirg‘oqbo‘yi sochma 
konlari asosan lentasimon va bog‘ichsimon to‘plamlar hosil qilib, qalinligi 1 
metrdan oshmaydi; uzunligi esa,


bir necha o‘n va yuz km ga (Braziliyadagi sochmalar Atlantika okeani bo‘ylab 
200–300 km ga, Avstraliyadagi sochmalar esa 600 km ga cho‘zilgan) borishi 
mumkin. Foydali mineral zaxirasi bir necha million tonnaga yetadi. Ular ba’zida 
0,5–1,25 m qalinlikda qum bilan ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Sochmalarning 
ko‘ndalang kesimi qabariq linza ko‘rinishida bo‘ladi. 
Dengiz va okean plaj sochmalari yon atrofidagi daryolarning allyuviy 
cho‘kmalari hisobiga, juda kam hollarda esa qirg‘oq hisobiga hosil bo‘lishi 
mumkin. 


 Glyasial sochmalar materik va tog‘ muzliklarining siljishi hisobiga hosil bo‘ladi. 
Ammo bunda mahsulot maydalanmaganligi va saralanmaganligi uchun konlar 
haddan tashqari kam hosil bo‘ladi. Bunga Alyaskaning oltinli morenalari
AQSHdagi Viskonsiya va Michigan olmosli morenalarigina misol bo‘la oladi. Ba’zi 
hollarda erigan muz suvlari ularni qisman saralab, flyuvioglyatsial sochmalar hosil 
qiladi, ammo bularning amaliy ahamiyati juda kam. Glyatsial sochmalar tub 
konlarni qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega.Eol sochmalarning hosil bo‘lishida 
shamolning bo‘laklarni yumalatishi, sakratib uchirish orqali saralashi eng asosiy 
omil hisoblanadi. Buning allyuvial saralanish jarayonidan farqi shundaki, bir xil 
tezlikdagi shamol suvga qaraganda bir necha yuz marta kichik bo‘lgan 
zarralarnigina uchira oladi. Shamolning ma’lum tezligida ma’lum kattalikdagi 
zarrachalargina uchiriladi. 
Shamolning o‘zgarmas yo‘nalishda esib, qayta-qayta sovurishi natijasida 
mayda va yengil zarrachalar chang holida uchib ketadi, yirik va og‘irroq 
zarrachalar esa dyuna, barxan va to‘lqinsimon tizmalarning orqa qismida to‘planib 
qoladi. 
Eol sochmalarning hosil bo‘lishi quruq arid iqlimga xos bo‘lib,ko‘pincha 
dengiz sohillaridagi qirg‘oqbo‘yi sochmalarini uchirib saralash yoki cho‘l va 
sahrolarda elyuvial, prolyuvial va eski allyuvial qoliqlarni saralash yo‘li bilan 
vujudga keladi. Ularning hosil bo‘lishida prolyuviy bilan doimo to‘lg‘izib 
turiladigan botiq relyeflar ancha qulaylik tug‘diradi. 



Yüklə 65,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə