Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari Reja: 1


-jadval Shamol tezligining turli kattalikdagi kvars zarralarini



Yüklə 65,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü65,75 Kb.
#162838
1   2   3   4
QUMQIRG`OQ

4-jadval
Shamol tezligining turli kattalikdagi kvars zarralarini
siljitish darajasi (I.Tule, P.Fagler va boshqalar bo‘yicha)
Shamolning kuchi 
Kuchsiz
Yengil
O‘rtacha
Kuchli
Shamolning tezligi, 
m/sek









10 
11 
13 
15 
16 
Zarrachalar diametri, mm 
0,05 
0,12 
0,20 
0,29 
0,35 
0,46 
0,57 
0,67 
0,78 
0,90 
1,02 
1,33 
1,75 
2,00 
Eol sochmalari ayrim dyunalar va shunday lagansimon botiq- 
liklarda yupqa plashlar, oqimlar, kichik uyasimon to‘plamlar shaklida 
hosil bo‘lib, amaliy ahamiyati ayrim hollardan tashqari katta emas. 
Eol sochmalariga misol qilib janubi-g‘arbiy Afrikadagi taqir 
Namib cho‘lidagi olmos sochmalarini keltirish mumkin. Ular Qozo- 
g‘iston, Xitoy, Mo‘g‘iliston va boshqa joylarda ham tarqalgan. 
 
Kimyoviy cho‘kindi konlar
Suv va shamol mahsulotlarini ko‘l, dengiz va okeanlarga kelti
rilib, turli 
reaksiyalar natijasida keyinchalik cho‘kindi holiga o‘tish yo‘li bilan hosil 
bo‘ladigan konlar kimyoviy cho‘kindi turiga kiradi.
Bunday konlar quyidagi yo‘llar 
bilan hosil bo‘ladigan cho‘kma
lar hisobiga paydo bo‘ladi: 
1) chin eritma cho‘kmalari; 
2) kolloid eritma cho‘kmalari; 



 
 
 
 Chin eritma cho‘kmalari
Chin (ya’ni molekular) eritmaga quruqlikdagi oson eruvchan tuzlar 
(NaCl, KCl, MgCl, MgSO
4
, CaSO
4
, CaCl
2
), organik moddalar, CaCO
3

MgCO
3
, NaCO
3
, va SiO
2
kabi qiyin eriydigan birikmalar to‘yinmagan yoki 
issiq iqlim sharoitidagi daryolarda to‘yingan eritma hamda qisman bo‘lakli 
jins holida suv havzalariga kelib tushadi.Natijada ko‘l, dengiz va okeanlar 
ma’lum miqdorda erigan tuzlar bilan boyigan kuchsiz elektrolit holida bo‘ladi. 
Okean suvidagi o‘rtacha tuz miqdori 3,5 %ga teng. Suv havzalariga sersuv 
daryolar quyilsa, undagi tuz miqdori kamroq bo‘ladi (Kaspiy dengizida 1,5 
%, Fin qo‘ltig‘ida 0,35 %). Ko‘l va dengiz kabi berk havzalarda bug‘lanish 
tezligi tuzsiz suvlarning quyilish tezligidan yuqori bo‘lsa, tuz miqdori ko‘proq 
bo‘ladi (O‘rta Yer dengizida 3,9 %, Qizil dengizda 4,2 %). 
V.Vernadskiyning hisoblariga ko‘ra okean va dengizlarda 22 mln km
3
hajmda erigan tuz bor. Bu tuz butun Yer yuzini uzluksiz 42 m qalinlikda tuz 
qatlami bilan qoplashga yetadi. Shuning 3/4 qismi osh tuzidir. 
Dengiz suvlarida ishqoriy metallarning xlorid, sulfat va karbonatlari 
asosiy o‘rnini egallaydi, qolgan elementlar juda kam miqdorda bo‘ladi. 
Birikmalarning tuz holida ajralishi asosan to‘rt sababga, ya’ni 
haroratning pasayishi, erituvchining bug‘lanishi, turli tarkibli eritmalarning 
o‘zaro qo‘shilishi va vodorod ko‘rsatkichi (pH)ning o‘zgarishiga ko‘ra sodir 
bo‘ladi. Bunda tuzlarning eruvchanligi, konsentratsiyasi, suvning harorati, 
bosimi, pH miqdori kabi qator omillar katta ahamiyatga ega. 
Harorat va bosimning pasayishi eruvchanlikni pasaytiradi. Suvning 
bug‘lanishi natijasida tuzlarning konsentratsiyasi oshib, eritma to‘yingan 
holga keladi. Tarkibi har xil bo‘lgan eritmalar uchrashganda reaksiyalar ro‘y 
beradi. 


Muhit o‘ta ishqoriy bo‘lganda (pH >8) eritma ishqoriy metallar (Na, K, 
Mg, Ca) ga to‘yinadi. Ana shularning hammasi tuz eritmalarining cho‘kindiga 
o‘tishiga imkoniyat yaratadi. 
Cho‘kindiga o‘tishga yana bir muhim sabab-tuzlarning eruvchanlik
xossalaridir. Shunga ko‘ra qiyin eruvchan tuzlarga yuqoridagi omillar 
tezroq ta’sir qiladi, oson eruvchanlari esa bu omillarga keyinroq reaksiya 
beradi. Shu sababli umumiy holda tuzlar ma’lum tartibda cho‘kindiga aylanadi 
(5-jadval). Bu tartib tuz konlarida qiyin eruvchi tuzlarning pastdan yuqoriga 
qarab oson eruvchi tuzlar bilan almashinib, zonal joylashishiga olib keladi. 



Yüklə 65,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə