Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari Reja: 1



Yüklə 65,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü65,75 Kb.
#162838
  1   2   3   4
QUMQIRG`OQ



Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari
Reja: 
1.
 
Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari

2.
 
Kimyoviy cho‘kindi konlar

3.
 
Kolloid eritma cho‘kmalari
 


Allyuvial sochmalar daryo tubi cho‘kmalarining harakati natija
sida hosil bo‘ladi.
Daryo suvining oqish tezligi ham vaqt, ham fazo ichida o‘zgarib 
turadi. Tezlikning 
vaqt ichidagi o‘zgarishi ham asriy, ham fasliy xarakterga ega. Asriy o‘zgarish 
eroziya bazisining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, avval oqim juda tez bo‘ladi; 
keyinchalik, cho‘kindi ko‘paya 
borgan sari sekinlashadi. Fasliy o‘zgarish bahordagi 
toshqin va kuz
dagi soqin suvlar tezligiga bog‘liq. Vaqtning qisqaligiga qaramasdan 
bo‘lakli jinslarning asosiy qismi toshqin paytida keltiriladi.Tezlikning fazoviy 
o‘zgarishi daryo o‘zanining turli qismidagi turli tezliklardan iborat bo‘lib, asosiy 
oqimning yo‘nalishiga bog‘liq. 
Bahor paytida daryoning botiq qirg‘og‘i tomonidan yotqiziqlar bo‘rtiq 
qirg‘oq tomoniga ko‘chirilsa, kuzga yaqin buning teskarisi bo‘ladi.
Undan tashqari daryoning tor va sayoz qismlarida oqim tezlashadi.Umuman 
daryo o‘zanidagi har qanday o‘nqir-cho‘nqirliklar va to‘siqlar oqim tezligi va 
yo‘nalishining o‘zgarishiga olib keladi. Xuddi shu kabi suvlarning qo‘shilish joyi 
ham oqim tezligi va yo‘nalishini keskin o‘zgartiradi. 
Allyuvial sochmalar qatlamsimon, linzasimon, lentasimon, bog‘ichsimon va 
ba’zida uyasimon shaklda bo‘lib, odatda 3 km gacha,ba’zan 10 km va undan uzun 
ham bo‘lishi mumkin. Ular asosan nam gumid iqlim sharoitida gilli nurash 
qobig‘ining yuvilishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Allyuvial sochmalar daryo cho‘kmalarining ma’lum fatsiyalari
bilan bog‘liqdir. 
Toshqin suvlar hosil qilgan, yoz paytida o‘t bosib yotadigan adoqlar hamda 
qirg‘oq bo‘yidagi qiya qatlamlar hosil qiluvchi cho‘kmalar sochma hosil 
qilmaydigan fatsiyalar hisoblanadi. 


Allyuvial cho‘kindilarning saralanish jarayonida faqat zarralarning 
kattakichikligi va solishtirma og‘irligi emas, ularning ishqalanishidagi mexanik 
chidamliligi ham katta ahamiyatga ega. Zarralarning yeyilish darajasi ularning 
qattiqligi, ishqalanish kuchi va harakat tezligiga bog‘liq bo‘lib, zarra diametrining 
kubiga, harakat tezligining kvadratiga, zarra moddasining zichligiga va yo‘lning 
uzunligiga to‘g‘ri proporsional, qattiqligiga esa teskari proporsional. 
Zarra hajmi yarmiga kamayishi uchun mergel bo‘laklari 30 km,
ohaktosh 50 km, 
dolomit 60 km, granit 100–150 km, kvars 150 km yo‘l bosishi kerakligi aniqlangan. 
Mineral zarralarining yoyilishida ularning ho‘llanish xossalari 
ham muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, monatsit, olmos, sulfidlar kabi suvni o‘ziga olmaydigan 
minerallar harakat paytida tezroq yemiriladi. 
Minerallarning ana shunday abraziv chidamliligi ularning tarqalish
imkoniyatini belgilab beradi. Minerallarni ularning tarqalish imkoniyatiga qarab uch 
guruhga bo‘lish mumkin:
1) past darajada tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan kinovar, 
volframit, sheelit, barit va boshqalar
2) o‘rtacha tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan magnetit, 
granat,monatsit, kassiterit, oltin va boshqalar; 
3) 
yuqori 
darajada 
tarqalish 
imkoniyatiga 
ega bo‘lgan 
xromshpinelidlar, ilmenit, platina, rutil, sirkon, korund, olmos va 
boshqalar. 
Minerallarning bu xususiyati qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega. 
Daryo yotqiziqlarining eng tagida yotuvchi xarsang va g‘o‘la toshlardan 
tuzilgan perlyuvial cho‘kmalar, botiq qirg‘oq yaqinidagi daryo tubi cho‘kmalari va 
daryoning o‘rta qismidagi yotqiziqlar sochma hosil qiluvchi asosiy 
fatsiyalardir.Daryo o‘zining rivojlanishi tarixida ma’lum bosqichlarni bosib o‘tadi. 
Bu bosqichlarning har biri sochma konlar hosil bo‘lishida turlicha ahamiyatga ega. 
Dastavval boshlang‘ich yoki yoshlik stadiyasi vaqtida daryo o‘zani vertikal 
yo‘nalishda chuqurlashadi. U zinapoya va shovvalardan tuzilgan tor va tik nishabli 


o‘zan bo‘yicha tez oqadi va maydalangan jinslarni oqizib, pastga tushirish bo‘yicha 
katta ish bajaradi. O‘rta yoki yetuklik bosqichida daryo qirg‘oqni yuvib kengayadi; 
ilon izi holiga kelib, cho‘kmalarni saralaydi. Og‘ir minerallar cho‘kindining tagiga 
o‘tirib, foydali qazilma sochmalarini hosil qiladi. Kechki yoki qarilik bosqichida 
eroziya deyarli to‘xtaydi, faqat toshqin suvlarigina biroz cho‘kmalar keltiradi. 


Daryo o‘zining turli joylarida bu bosqichlardan turli vaqtda o‘tadi. Bir siklli
vodiylarda daryoning quyi oqimi qarilik, o‘rta oqimi yetuklik va yuqori qismi 
yoshlik bosqichiga to‘g‘ri keladi. Yaxshi taraqqiy etgan daryo vodiylarida yangidan 
eroziya boshlanib, yangi siklga yo‘l ochib beradi. Natijada terrasalar vujudga 
keladi. Har bir
terrasa bir sikl tarixini aks ettiradi. Ular bilan bog‘liq bo‘lgan qadimgi vodiy 
yoki o‘zan sochmalari esa endi terrasa sochmalariga aylanadi.Shunday qilib katta 
daryolarda bir necha terrasa sochmalari hosil bo‘lishi mumkin. Eng pastki, daryoga 
yondoshgan terrasaning tagida vodiy sochmalari, daryo suvining tagida o‘zan 
sochmalari, qirg‘oq bo‘yida esa qirg‘oq bo‘yi sochmalari hosil bo‘lishi mumkin. 
Allyuvial sochmalar baland tog‘ va past tekislik sharoitlarida hosil bo‘lmaydi. 
Ular uchun qulay sharoit yassi tog‘lik va o‘rtacha tog‘lik (mutlaq balandlik 650–950 
m) relyeflaridir. 
Ba’zi allyuvial sochmalarning hosil bo‘lishida tektonika ham katta ahamiyatga 
ega. Yer qobig‘i bo‘laklarining cho‘kishi yoki ko‘tarilishi natijasida eroziya bazisi 
o‘zgarib, sochma konlar hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit tug‘iladi. Eski sochmalar 
esa yangidan yuvilib yana ham boyroq konlar hosil qilishi mumkin. 
Allyuvial sochmalar ichida o‘zan, vodiy, terrasa, qirg‘oq bo‘yi va delta 
sochmalari hosil bo‘lishi sharoitlari miqdor va sifat jixatidan bir-biridan ajralib 
turadi. 
O‘zan, vodiy va terrasa sochmalari allyuviyning tubiga intiladi va foydali 
mineral sochmasining bir necha qavatidan iborat bo‘ladi.Vodiy va terrasa 
sochmalari pastdan yuqoriga qarab:1) zamin, 2) shag‘al, 3) gil va 4) tuproq 
qatlamlaridan tuzilgan bo‘ladi. Zamin daryo o‘zanining tub jinslaridan iborat bo‘lib, 
tekis, qirrali va to‘lqinsimon 
bo‘lishi mumkin. Tekis zamin massiv jinslarining ustida hosil bo‘lib,sochma 
to‘planishi uchun noqulaydir. Qirrali zamin slanes kabi qavatqavat jinslarga xos va 
ayniqsa, qirrali suvning oqimiga ko‘ndalang bo‘lsa, uzun va boy sochmalar hosil 
qiladi. To‘lqinli yoki o‘nqircho‘nqir zamin karstlashgan karbonat jinslari va shu 


kabilarga xos bo‘lib, sochma hosil bo‘lishi uchun eng qulay hisoblanadi. 
Sochmalar bir necha qavatdan iborat bo‘lgan murakkab konlarda yuqoridagi 
zaminlar soxta zamin deb ataladi. 
Shag‘al qatlami umuman xarsang, tosh, qum va qisman gil mahsulotlarining 
arashmasidan iborat bo‘lib, foydali qazilma qatlamini tashkil qiladi. 
Gil qatlami – gil, qisman qum va shag‘aldan iborat bo‘lgan ma’dansiz 
qatlamdir. 
Bu xildagi sochma oltin konlariga misol qilib G‘arbiy O‘zbekistondagi Ustuk, 
Otquloq va boshqa o‘zan sochmalarini, Temirqobiq, Keskansoy va boshqa vodiy 
sochmalarini, Kattaich, Oqcho‘p va boshqa terrasa sochmalarini keltirish mumkin. 


 Qirg‘oqbo‘yi sochmalari daryolarning burilish joyidagi suv o‘rab turadigan 
yassi qirg‘oqlarda, orolchalarda suvning yuqori qismi hisobiga hosil bo‘lib, kichik-
kichik linzasimon to‘plamlardan iborat bo‘ladi. Ular mayda va yupqa 
minerallarning qum va shag‘al ustidagi sochmalari bo‘lib, bir mavsumning o‘zidan 
yo‘qdan bor va bordan yo‘q bo‘lishi mumkin. Amaliy ahamiyati kam.Delta 
sochmalari daryo deltasida minerallarning juda mayda zarralaridan hosil bo‘ladi. 
Allyuvial sochmalar mayda konlardan tortib katta va ulkan konlargacha hosil 
qiladi. Hozirgi zamon sochma konlaridagi oltin zaxiralari bir necha o‘n tonnagacha 
boradi. Ularda bir kub metr qumdagi oltin miqdori bir necha o‘n milligramdan bir 
necha grammgacha bo‘lish mumkin. JARdagi Vitvatersrand koni kubometriga 
taxminan 
o‘n grammdan oltin beradi. Hozirgacha bir necha o‘n ming tonna zaxirasi 
aniqlangan. Shuningdek platina, olmos, qalay va volframning ham ancha yirik 
sochmalari mavjud. 

Yüklə 65,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə