Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


XVIII BOB. YETUKLIK



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

411


XVIII BOB. YETUKLIK
Reja:
1. Yetuklik psixologik bosqich sifatida.
2. Yetuklikni davrlashtirish muammosi.
3. Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijti­
moiy shart-sharoitlari.
4. Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi.
5. Yetuklik davrining inqirozlari.
6
. Yetuklik davrida psixofiziologik va bilish jarayonlarining 
rivojlanishi.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bolajak psixologlar tomonidan yetuklikni yosh che- 
garalari muammosi, yetuklik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning 
psixologik vazifalari, yetuklik davrida yetakchi faoliyat va rivoj­
lanishning ijtimoiy shart-sharoitlari, yetuklik davrining shaxsiy 
xususiyatlari, yetuklik davrida bilish jarayonlari haqida ma’lu- 
motlar berish.
Tarbiyaviy:
bolajak psixologlar tomonidan yetuklik davrining 
shaxsiy xususiyatlari, yetuklik davrida bilish jarayonlari haqida 
bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengay- 
tirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
yoshlik, o‘rta yetuklik, yetuklik bos- 
qichlari, mezonlari.
18.1. Yetuklik psixologik bosqich sifatida
Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davr- 
lardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajratiladi:
— ilk yetuklik (yoshlik);
— o‘rta yetuklik;
— yetuklik (qarilik va keksayish).
412


Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. 
Rivoj­
lanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuk- 
likning ko‘pgina belgilarini ajratish mumkin1:
— jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko'proq kognitiv takomilla- 
shish bilan boglangan rivojlanishning yangi xarakteri;
— yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qar- 
shilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez mosla­
shish;
— tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o‘zi uchun mas’u- 
liyatni his qilish;
— xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdon- 
lilik, hamdardlik bildirish va boshqalar).
«Kattalik» va «yetuklik» tushunchalari aynan bir xil tu- 
shunchalar emas. Yetuklik — hayot faoliyatining eng ijtimoiy 
faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, un­
da shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga eri- 
shiladi. Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini «акте» deb 
atashgan, «cho‘qqi», oliy bosqich, gullagan davr degan ma’no- 
larni anglatadi.
Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers va 
b.) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta 
ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qi­
ladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegarala- 
nib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlar- 
ga intiladi. Ular o‘z faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga intiladilar. 
0
‘z-o‘zini namoyon qilish uchun o‘z ustida tinmay ishlashni ta­
lab qiladigan jarayondir.
G.Olportning ta’kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyasi- 
ning funksional avtonomligi bilan belgilanadi. Olportning fikri­
cha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega 
bo'ladi:
A) tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan;

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə