Oila psixologiyasi. Reja



Yüklə 258,58 Kb.
səhifə1/5
tarix24.05.2023
ölçüsü258,58 Kb.
#112533
  1   2   3   4   5
11-Ma\'ruza


Oila psixologiyasi.


Reja:
1.Oilaviy hayotga psixologik tayorlikning mohiyati.
2.Oilaviy tarbiya uslublari
3.Oilaviy shaxslararo munosabatlarning mummolari, oilaviy nizolar.
4.Shaxs psixik taraqqiyotida oilaviy muhitning roli.


Tayanch so`z va iboralar: oila, nikoh, nikohga yetuklik, psixologik yetuklik, kasbiy yetuklik, felitsitologik funksiya, kommunikativ funksiya, iqtisodiy funksiya, nikoh qurish motivlari, konstruktiv va distruktiv nizolar.
Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo‘lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi.
Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo‘lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o‘ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillaridir.
Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, ahloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo‘lmish psixologik omillarni o‘zida mujassamlashtirgan, ko‘p qirrali omillar kompleksidan iborat bo‘lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o‘zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga qay darajada «etilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qay darajada javob bera olishi nazarda tutiladi.
Nikohga yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida o‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy va ahloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho‘qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga «to‘la yyetukligi» haqida gapirilsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yyetukligi haqda gapirilganda «yetuklik» tushunchasi tom ma’noda o‘rinli bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «yetukligi», ayniqsa nikohga, oilaviy hayotga «yetukligi» haqida gapirilganda bu tushunchadan ma’lum bir umumqabul qilingan standart, o‘rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o‘lchov birligi», ko‘rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi.
Masalan, barcha o‘quv yurtlari (maktab, litsey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat imtihonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo‘ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rtacha bilimlar va malaka yig‘indisini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu esa ularga keyinchalik yana o‘qishni davom ettirish yoki ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha ishlashi mumkinligi haqida ma’lum bir huquq beradi. Shu nuqtai-nazardan olinganda, «yetuklik» — rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristikasini ma’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga yyetukligi masalasi esa o‘ta murakkab biron-bir qat’iy me’yor bilan o‘lchab bo‘lmaydigan individual xarakterga ega bo‘lgan ko‘rsatkichdir.
Shu keltirib o‘tilganlarning o‘ziyoq nikoh oldi omillari qay darajada murakkab xarakterga ega bo‘lgan muammolardan ekanligini ko‘rsatib turibdi.Oida qurish motivlari: ularning oila qurgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari: ularni o‘zlarining bo‘lg‘usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Masalan, nikohga yetuklik deyilganda, oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik ko‘rsatkichlari yetarlicha aniq, alomatlarga, belgilarga ega bo‘lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko‘plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo‘lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik jihatlar bir oz murakkabroq, qat’iy bir ko‘rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Gap shaxsning psixologik yetukligi haqida borgudek bo‘lsa, bunda dastavval uning turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay olishi nazarda tutiladi. Bu hushyorlik amaliylik, voqelikni to‘g‘ri baholay olish shaxsda o‘zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatlarini yetarlicha ob’yektiv baholay olishda ham namoyon bo‘lishi kerak. Afsuski, ko‘pincha yoshlar o‘z qobiliyatlariga ortiqcha baho berib, o‘z oldilariga erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘yib olishi hollariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy hayotni tasavvur qilish, unda o‘z o‘rnini baholash masalasida yoshlarimiz ko‘proq xatoga, o‘zlariga haddan ortiq baho berishga, oilaviy hayotdan mumkin bo‘lganidan ko‘proq narsani kutishga yo‘l qo‘yish hollari ko‘proq kuzatiladi. Natijada muvaffaqiyatsizliklar, pushaymon bo‘lishlar, asabbuzarliklar yuzaga keladi. Psixologik yetuk shaxs esa aksincha, o‘z oldiga erishishi muqarrar bo‘lgan, bunga imkoniyatlari yetarli bo‘lgan maqsadlarni qo‘yadi, o‘z hayot yo‘lini va unga erishish vositalari va usullarini to‘g‘ri belgilaydi. Bunday shaxs o‘z hissiyoti, kechinmalarini yetarlicha yaxshi nazorat qila bilishi, ya’ni ichki intizomining yuqori rivojlanganligi bilan xarakterlanib turadi. Psixologik yetuklik boshqa odamlarning xohish, istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum darajada bog‘liq. Bu o‘z navbatida muloqotning, hamkorlikning yaxshi yo‘lga qo‘yilishiga, oilada, turli guruhlarda gormonik munosabatlarning o‘rganilishiga imkon beradi. Turli yoshdagi, mansab, lavozim, toifadagi odamlar bilan qiziqishi, odati, ta’bi, turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo‘lgan odamlar bilan o‘rinli munosabatda bo‘la olish — shaxsning psixologik yetukligining asosiy xususiyatlaridan biridir. . Psixologik yetuklik, shaxs xulqini turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik yetuklik shaxsning boshqa odamlarga nisbatan bo‘lgan ijobiy munosabatlari: hamdardlik, hamfikrlik, g‘am-tashvishga sherik bo‘la olish, o‘zaro yordam kabilar tarzida namoyon bo‘la oladigan ma’naviy sifatlarning tarkibiy jihatlarini o‘zida biriktiradi. Psixologik yetuklikning muhim mezonlaridan biri shaxsda oilaviy muammolarni adolatli hal etishga xizmat qiluvchi o‘z mustaqil fikri, qarashi, pozitsiyasining bo‘lishi, zarur bo‘lganda oila manfaatida o‘z qarashlarini ota-onalari oldida himoya qila olishidir.Bundan tashqari yuqorida keltirib o‘tilganidek, yana bir nechta ijtimoiy yetuklik turlarini farqlash mumkin. Bular: jinsiy, fuqarolik, kasb-xunar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, ahloqiy va psixologik yetukliklardir. Bu yetuklik jihatlari orasida shaxsning ma’naviy va ahloqiy yetukligi haqida gapirish eng murakkabidir. Chunki bu jihat haqida aniq bir mezon va tavsif hozircha ishlab chiqilmagan.
Shunday qilib, «yetuklik» tushunchasi o‘zicha ko‘plab jihatlarni mujassamlashtiradi. Shuni aytib o‘tish joizki, «yetuklik» tushunchasi, albatta ma’lum bir hayotiy tajriba bilan, ya’ni «hayotiy bilimlar» bilan uzviy bog‘liqdir. «Hayotiy bilimlarni o‘zlashtirish», «Hayot universitetlaridan» o‘tishning ham o‘ziga xos individual xususiyatlari mavjud. Kimdir 20 yoshidayoq «hayotni yaxshi bilib oladi», kimdir 30 yoshida ham bolaligicha qolaveradi. Bunga mavjud ijtimoiy sharoit, jamoatchilik va ijtimoiy tartibning ta’siri katta. Ma’lumki oldingi vaqtlarda, ayniqsa, urush yillari bolalar kattalar ham hamma vaqt uddalay olavermagan hayotiy qiyinchiliklarni boshidan kechirganlar. U vaqtlarda 12—14 yoshdanoq, bolalar onalariga oilani ta’minlashda yordam berganlar. Shuningdek shahar va qishloq joylarida istiqomat qiladigan, kam farzandli va ko‘p farzandli oilalarda, nuklear yoki ko‘p tabaqali oilalarda o‘sayotgan bolalarning ham oilaning moddiy, ijtimoiy ta’minotiga hissa qo‘shish, bu ishlar bilan shug‘ullanish muddatlari va miqdori turlichadir. Hayotni bilish, hayotiy tajribalar turli individlarda turlicha jadallikda amalga oshishi mumkin va bu o‘rinda qandaydir bir yosh, vaqt oralig‘ini ko‘rsatishi mutlaqo mumkin emas. Buning ustiga hayotni, bizni o‘rab turgan atrof olamni bilish o‘z navbatida cheksizdir.
Fuqarolik. Huquqiy yetuklik bu odamning huquqiy jihatdan balog‘atga yetish yoshi bilan, u huquqiy jihatdan oila qurish, farzand ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lib hisoblanishi bilan belgilanadi. Bizning mamlakatimizda bu 18 yosh deb ko‘rsatilgan. Bu vaqtda u konstitutsiyada belgilangan barcha huquq va majburiyatlardan foydalana oladigan bo‘ladi. 18 yoshni shaxsning huquqiy yetuklik yoshi deb hisoblash mumkin.
Kasb-hunar yetukligi — bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan u qandaydir bilim yurtini,o‘quv kurslarini bitirish, ya’ni ma’lum bir ish turini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Biroq, odam u yoki bu bilim yurtini (kollej, litsey, texnikum, institutni) bitirganidan keyin o‘zi tanlagan kasbi bo‘yicha bir necha yil ishlab ko‘rishi kerak bo‘ladi va shundan keyingina uning kasb-hunar yetukligi haqida gapirish mumkin.
Shu bilan birga ba’zi bir kasblar bo‘yicha 19—20 yoshlardayoq kasb-hunar yetukligiga erishish mumkin bo‘lsa, boshqalarda, masalan xirurg-vrachlikda kechroq 29—30 yoshga yetganda bunga erishish mumkin.
Shaxs yetukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy yetuklikdir. Bunda odamning o‘zini va o‘z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta’minlay ola bilishi nazarda tutiladi. Yoshlarni oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alohida ahamiyatga ega. Bu o‘rinda ham turlicha yosh chegaralari mavjud, yoshlarning ayrimlari 18—19 yoshidayoq ota-onasi oilasidan iqtisodiy mustaqillikka erishishi mumkin, boshqalari esa 25—30 yoshlarida ham ota-onalarining moddiy yordamidan foydalanadilar.
Shunga qaramay ijtimoiy va iqtisodiy yetuklikning ma’lum bir minimum chegaralarini belgilab olish mumkin, ya’ni shunday hayotiy tajriba, bilimlar «minimumi» mavjudki, ularsiz biron bir yoshni, yigit-qizni tom ma’noda yetuk deb hisoblab bo‘lmaydi.
Mana yuqorida keltirib o‘tilganlarning o‘ziyoq «yetuklik» tushunchasi naqadar keng tushuncha ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shunga qaramay, biz undan foydalanishga majburmiz. Chunki u nikohning mustahkamligini belgilab beruvchi muhim shart-sharoitlarni, vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Yoshlar oila qurayotganlarida bu xususiyatlar hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi. Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda shakllanmaydi. Ular oldingi hayoti davomida unga berilgan tarbiya ta’sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi
Nikoh oldi omillari orasida eng xarakterlilaridan yana biri oila qurayotgan yoshlarning yosh xususiyatlaridir. Chunki, bu ko‘rsatkichlar ham nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Demografik nuqtai-nazardan olinganda, oila qurish deganda ma’lum bir kishilarning emas, balki butun bir. avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o‘rinda to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo‘lsa (uning yoshi qanchalik yuqori bo‘lsa), u biz ko‘rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo‘yicha ko‘proq yetuk bo‘ladi. 20—24 yoshdagi guruh, 20 yoshdan kichik bo‘lgan avlodga qaraganda ko‘proq, hayotiy tajribaga ega bo‘ladi. Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy yetuklik darajasi yuqoriroq bo‘ladi, chunki aynan shu yoshda ko‘pchilik yoshlar o‘rta yoki oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb- hunarni egallagan bo‘ladilar. 25—29 yoshlarda esa, 20—24 yoshdagilarga qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar yetukligi bo‘yicha yanada yuqoriroq darajaga ega bo‘ladilar. Hozirgi zamon demografiyasida keng foydalaniladigan ushbu ko‘rsatib o‘tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlarning ijtimoiy yetukligining turli jihatlarini ijtimoiy psixologik tahlil qilish uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi, voyaga yetishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko‘ra bir demografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29 yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga yetadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo‘lgan va hatto farzandli bo‘lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagilar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko‘ra ham va boshqa asosiy komponentlarga ko‘ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18 yosh ko‘rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko‘ra, alohida istisnoli holatlarni hisobga olib ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin.
Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga bog‘liq ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) — 21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo‘lgan davr orasiga to‘g‘ri keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb, yoki ulardan bir necha yosh kichik deb belgilanadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, yoshlarni voyaga yetish masalasi, ularning nikohga yetukligi ko‘rsatkichlari ayrim hollarda bir-biriga qarama-qarshi va noturg‘undir. Odamning axloqiy va ma’naviy qiyofasi, uning shaxsiy ta’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o‘zgarishi mumkin. Hozirgi davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig‘ish g‘oyat yuqori jadallikda amalga oshib bormoqda. Shunga ko‘ra, 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan davrni oila qurish uchun garmonik davr deb hisoblash qiyin. Chunki, bu davrda yoshlarning o‘ziga bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab ob’yektiv sharoitlarni, qarama-qarshi holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy yetilish 14—16 yoshlarda, huquqiy yetuklik — 18 yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy yetuklik ko‘p hollarda 28—30 yoshlarda yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqimanda bo‘lmaslik darajasida iqtisodiy mustaqillikka erishish esa, odatda,20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshadi.
Ko‘pincha, katta avlod vakillari, yoshlarni yetuk emaslikda, hayotga tayyor emaslikda ayblaydilar, lekin ayni paytda bunday yetilmaslikning ob’yektiv sabablari va shart-sharoitlari e’tibordan chetda koladi. Yoshlarni ijtimoiy va iqtisodiy hayotga to‘liq kirishib ketishlari uchun ularga keng ko‘lamdagi raqobatbardosh bilimlarni kasb-hunar ko‘nikmalarini berish zarur bo‘ladi. Yoshlar egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar hajmi har o‘n yilda ikki martaga ortib bormoqda. Ijtimoiy, ma’naviy ishlab chiqarish va ilmiy texnik tajribani kelgusi avlodga uzatish jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga to‘la iqtisodiy tayyorlash uchun kamida 12—15 yil o‘qishini taqozo qiladi.

Yüklə 258,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə