Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi. 
Axloqiy va ij­
timoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular
404


odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatda 
boladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni anglab yetish ma- 
horati ham rivojlanadi.
Do‘stlik — ilk o‘spirinlik davridagi shaxslararo munosa­
bat va hissiy boglanishning muhim turidir. 0 ‘spirinlik yoshida 
o‘quvchilarda o‘rtoqlik hissining rivoj topishi xarakterlidir. Rossi- 
ya psixologlari I.V.Straxov bilan A.L.Shnirman tadqiqotlarining 
kolsatishicha, o‘spirinlik yoshidagi do'stlik, o‘smirlik yoshidagi 
do‘stlikdan ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.
Birinchidan, o‘spirinlarda do‘stlik motivlari ancha chuqurroq 
boladi. Do‘stlikning o'ziga yuqori talablar qo'yiladi, bular: osh- 
koralik, o‘zaro ishonch, talabchanlik, sadoqat, birgalikda doimiy 
yordam kolsatish, kamchiliklarni tugatish, do'stiga yordam be­
rish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish va hokazo.
Ikkinchidan, do‘stlik hislari ancha sermazmun bo‘lib, qiziqish­
lar faoliyatning keng doirasini qamrab oladi.
Uchinchidan, do'stlik emotsional bolib, do‘sti kechirayotgan 
hislarga javob bera olish qobiliyatiga ega boladi.
0
‘spirinlik yoshidagi do‘stlik ko‘pincha butun umr bo‘yi da­
vom etadi. Ilk o‘spirinlik davridagi do'stlikning psixologik 
qonuniyatlari o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi. Har xil 
insonlarning do‘stligi bir xil bolmaydi, yosh, jins va individu- 
al-tipologik xususiyatlarga ega boladi. 0 ‘rtoqlik munosabatlari 
jamoani jipslashtirishga yordam beradi, uning hayotiy faoliyati- 
ni oshiradi. Yoningda o‘rtog‘ing borligini his qilishning o‘ziyoq 
qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. 0 ‘spirinlar do‘stlik, 
samimiylik, emotsional sofdillik kabi xislatlarni birinchi o‘rin- 
ga qo'yishadi. Do‘stlar bir-birlari bilan yuraklarini bo‘shatadilar. 
Do'stlarga samimiy mehribonlik shaxsining reflektivlik darajasiga 
hamda uning emotsional hayot xususiyatlariga bogliqdir. 0 ‘spi- 
rin hamma vaqt rostgo‘y, samimiy bolishni istaydi.
Ilk 
0
‘spirinlik davridagi do'stlikning mezonlarini aniqlash 
uchun ularga quyidagi bir necha tugallanmagan gaplar taklif eti­
ladi: «Do‘st — bu...», «Do'stim bilan men ko'pincha....», «Do‘st va
405


o‘rtoq bir emas, chunki ular ...». Bunda do'stlikning ikkita bosh 
mezoni aniqlandi: birinchisi o‘zaro yordam ko‘rsatish va sodiqlik; 
ikkinchisi — psixologik yaqinlik («...meni tushunadigan»; « ...meni 
yaxshi ko‘radigan», «...hamma narsa haqida gaplashish mumkin» 
va h.k.). Birinchi tipdagi javoblar ko‘p uchrasa-da, yosh ulg‘ayishi 
bilan, ayniqsa 18—19 yoshlilarda psixologik yaqinlik ehtiyoji or- 
tadi. Bu ehtiyoj qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan, shahardagi ilk 
o‘spirinlarda qishloqdagi tengdoshlariga nisabatn kuchli namo­
yon bo‘ladi.
Ilk o‘spirinlarning do‘stlashishi o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p funk- 
siyalidir, bu esa uning ko‘p shakllari mavjudligini: oddiy birgalik- 
da vaqt o'tkazishdan, to bir-birlariga sirlarini ochiq aytishgacha 
kuzatish mumkin. Aslida birgalikdagi faoliyat yotadigan guru­
hiy munosabatlardan farqli ravishda do‘stlik bu eng avvalo hissiy 
boglanishdir. Do‘st uchun shaxsiy yaqinlik muhimdir.
Ilk o‘spirinlik davridagi do'stlikning psixologik ahamiya­
ti shundaki, u bir vaqtning o‘zida o‘z-o‘zini ochish maktabi va 
boshqa insonni tushunish maktabidir. Shuning uchun ilk 
0
‘spi­
rinlar alter ego (ikkinchi «Men»)ning qanday tipini tanlashlari 
qiziqish uyg‘otadi. 15—16 yoshli yigit va qizlar o‘zlaridan katta- 
larni do‘st sifatida tanlashadi, ularning gaplarini jon deb eshi- 
tishadi, ularning xulq-atvorini kuzatishadi. Kattalar bilan do‘st- 
lashish ular uchun qadrlidir. Kattalar bilan emotsional aloqaga 
kirish ehtiyoji ba’zan o‘z hayotiy ideallarini topgandek, ularga 
berilib ketishga ham olib kelishi mumkin.
Lekin tengdoshlari bilan do‘stlashish ehtiyoji undan-da kuch­
li namoyon bo‘ladi. «Kim bilan do‘stlashishni xohlarding, 
0
‘zing- 
dan kattalar bilanmi, tengdoshlaring bilanmi, yoki o‘zingdan ki- 
chiklar bilanmi?» degan savolga ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi 
(75—85%) tengdoshlarini tanlashgan, kattalarni (11—20%), ham­
da kichiklarni juda kam (1—4%) tanlashgan. Qizlar ham ko‘pin- 
cha tengdoshlarini tanlashgan, lekin ko‘pincha kattalarni ham 
tanlashgan (39-50%), o‘zlaridan kichiklarni hech tanlashmagan 
(I.S.Kon va V.A.Losenkov tadqiqotlari natijalari).
406


Do‘st tanlashdagi bunday farqlarning psixologik mohiyati ni- 
mada? Fransuz psixologi B.Zazzo ham o‘z tadqiqotlarida yuqo- 
ridagidek natijalarni qo‘lga kiritgan. «Ideal do‘st» yoshi ba’zi 
har doim anglanmaydigan psixologik ehtiyojlarni ochadi. Bu- 
ning uchun tengdoshlarni tanlash teng munosabatlarga intilishni 
bildiradi. Tengdoshi bilan do‘stlashish o‘xshashlik va tenglik ta- 
moyillariga asoslanadi: «Men bilan teng yigit bilan muloqot qilish 
oson», «Ustimdan kuladi, deb qo‘rqmasdan unga hamma narsani 
aytish mumkin», « 0 ‘zimni aqlli ko‘rsatishga intilmasdan, qanday 
bo‘lsa shunday o‘zimni ko‘rsatishim mumkin, u bilan o‘zimni er­
kin tutaman». 0 ‘zidan kattaroq do‘stni tanlash g‘amxo‘rlik, rah- 
barlik ehtiyojini bildiradi: «Men bilmaydigan narsalarni aytib be- 
rishi mumkin».
Do‘stlarcha yaqinlik ba’zi do‘stlarning o‘xshashligini bildiradi. 
Lekin bunday o‘xshashlik har doim hamma narsada ko‘rinmay- 
di. Amerikalik psixolog D.Kendel 1900 nafar do‘stlarni o‘rganib, 
ba’zi obyektiv xarakteristikalarida (ijtimoiy kelib chiqish, jins, 
yosh va boshqalarda) o‘xshashlikni aniqlagan; do‘stlarning psi­
xologik xususiyatlarida va ijtimoiy ustanovkalaridagi o‘xshashlik 
ahamiyatsiz bo‘lgan.
Ilk o‘spirinlik davridagi do‘stlik psixologiyasi shaxs xususiyat­
lari bilan chambarchas bog‘liq. Bunda avvalo jins farqlari kuza­
tiladi. Qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 1,5—2 yil oldin yaqin 
do‘stlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi, ularda do‘stlik hissiyotlarga boy. 
Qizlarda do‘stlikning mezonlari yigitlarga nisbatan psixologik 
motivlarga boy bo‘lib, ular yozilib gaplashib, bir-birlariga sirlarini 
aytishga ehtiyoj sezishadi.
Do‘stlikning individual-psixologik xususiyatlari kam o‘rganil- 
gan. 0 ‘spirinning emotsional hayotida yangi bir holat sevgi pay­
do bo‘ladi. 0 ‘spirinlik sevgisi sof, pokiza, beg‘ubor, xilma-xil 
kechinmalarga boy, yoqimli, xayolga berilish va samimiyat belgi- 
lariga ega bo‘ladi. Yigit va qizlarning sevgini boshdan kechirishi- 
da bir-birlarini hurmat qilish, do‘stlik, o‘zaro yordam, bir-birini 
tushunish kabi xislatlar xarakterli bo‘lib, ular bir-birlaridagi yuk-
407


sak ma’naviy sifatlarni qadrlaydilar. Yigit va qiz bolalar o‘rtasidagi 
munosabatlar o‘spirinlik yoshida faollashgan bo‘ladi. 0 ‘rtoqlariga 
nisbatan munosabatlar doirasi kengayadi, Ayniqsa, qizlarda ara- 
lash do£stlik ehtiyojlari kengayadi. Bolalarga xos 16—17 yoshlarda 
birinchi jinsiy moyillik va sevgi ehtiyojlari ko‘rina boshlaydi. Ikki 
jins oltasidagi o£zaro munosabat masalasi asosiy muammolardan 
biri bo£lib hisoblanadi.
Ilk o£spirinlarda kuchli va chuqur his bo£lgan sevgi hissi aks et- 
tirilgan, kishiga yaxshi ta’sir ko£rsatadigan badiiy adabiyot, kino- 
film va teatrlarga zo£r qiziqish paydo bo‘ladi. 0 £z hissiyotlarini 
o£zi ham qog£ozda bayon qilish, ko£pincha she’riy shaklda izhor 
etish ehtiyoji tug£iladi.
Mabodo ana shunday hislar akademik litsey va kasb-hu- 
nar kolleji o£quvchilarida paydo bolsa, unga qanday munosa­
batda bo'lish kerak? Ayrim o£qituvchilar o£quvchilarda ana shu 
hisning paydo bolishidan ko£pincha cho£chiydilar va asabiyla- 
shadilar. Ular bu tuyg£uda «yomon berilib ketishlik»ni, «bemavrid 
va zararli sevgini» ko£radilar, bu o£qishga va jamoat faoliyatiga 
salbiy ta’sir ko£rsatadi, deb hisoblaydilar. Ta’nalar, boshqacha na­
zar bilan qarash va masxara qilishlar, «baloning oldini olish», «ta- 
qiq etilgan munosabatlarga chek qo£yish», «yol qo£ymaslik» kabi 
nojo£ya urinishlar boshlanadi. Bu hisga ko£pincha salbiy muno­
sabatda boladilar.
Vaholanki, 16—17 yoshda boshqa jinsdagi kishiga mayl qo'yish 
va qiziqish bilan qarash normal hodisadir. 18 yoshda yigit va qiz­
lar nikohdan olish huquqiga ega boladilar. 0 £spirin sevgisi o£z 
asos e’tibori bilan soglom sevgi b o la oladi. Samimiy kechin- 
malar olamiga qo£pollik bilan bostirib kirish sira ham mumkin 
emas, buning ustiga yigit yoki qizning ana shu tuyg‘uga berilgani 
uchun uning ustidan kulish, haqorat qilish va koyishga yol qo£yib 
bolmaydi. Birinchi sevgi alomatlarini avaylash, ularga sezgirlik 
va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak. Lekin bu ana 
shu tuyg£ularga beparvo va befarq qarash kerak, degan ma’noni 
bildirmaydi.
408


Bu tuyg‘ularning qanday xarakter kasb etishi, yigit va qiz 
o‘rtasida qanday munosabatlarni keltirib chiqarishi o'quvchi­
lar shaxsining ma’naviy darajasiga bog‘liq. Ko‘p hollarda sevgi 
tuyg‘usi yigit va qizlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. U yigit va qizlar- 
ga o‘z kamchiliklariga barham berishga, shaxsning ijobiy fazi- 
latlarini hosil qilishga intilishni vujudga keltiradi, o‘qib-o‘rga- 
nishga, qiyinchiliklarga qarshi kurashga o‘rgatadi. Bu tuyg‘u ilk 
o'spirinlarni pokiza, muloyim qiladi, ularda oliyjanob tuyg‘ular 
va intilishlarni tarbiyalaydi. Unday bolsa, nega bu tuyg‘uga chek 
qo‘yish kerak? Aksincha, tarbiyachi bunday tuyg‘uni qadrlashi 
va hurmat qilishi, uning vujudga kelishidagi soflikni avaylashi, 
bu tuyg‘uning kelgusida ham har ikkala tomonga yaxshi ta’sir 
kolsatishi uchun qolidan kelgan hamma chorani ko‘rishi (hech 
bolmaganda, xalaqit bermasligi) kerak.
0 ‘spirinlarda sevgi hissi bir qancha holatlarga bogliq. Bi- 
rinchidan — jinsiy yetilish; ikkinchidan — ishonadigan, suyana- 
digan va har qanday nozik masalalar bo‘yicha gaplashish mum­
kin bolgan do‘stga ehtiyoj; uchinchidan — bu tabiiy insoniy 
ehtiyoj hisoblanib, inson ko‘pincha o‘zini yolglz his qilganida 
kuchli emotsional bogliqlikka intiladi. Tadqiqotlarning kolsa- 
tishicha bunday tuyg‘u kuchaygan shaklda birinchi bor ilk o'spi- 
rinlik davrida yuzaga keladi. Ilk o‘spirinlar yolglz bolishni is- 
tamaganliklari uchun o‘zlari faol ravishda o‘zaro yaqin muloqot, 
bir-birlari bilan intim munosabatni izlaydilar. Ba’zan 
0
‘spirinlar 
bu hislarga shunchalik berilib ketadilarki, boshqa narsalar mav- 
judligi haqida mutlaqo unutib qo‘yadilar. Bu davrda 
0
‘spirinlar- 
da sevish mumkin bolgan qiz yoki yigit ideali paydo boladi va 
ko‘p yillar davrida bu ideal saqlanib turadi. 0 ‘spirinlar tasavvu- 
ridagi ideal kimnidir yoqtirishiga, sevishiga turtki boladi. 0 ‘spi- 
rinlarning ideal obrazlari ba’zan real bolmaydi, ya’ni ular hech 
kimni «unga» o‘xshatmaydilar. Bu esa ularda ishonchsizlik ham­
da yolglzlik hissini ham yuzaga keltirishi mumkin. Ilk o‘spirin- 
larga shu mavzuda badiiy adabiyotlar o‘qish, kinofilmlar, teatrlar 
tomosha qilishni tavsiya etish hamda yoshi ulug‘ kishilar bilan
409


suhbatlar o‘tkazish, ularga o‘zlarini kelgusi hayotlarini o‘zlariga 
mos turmush o'rtoqlar topish masalasiga jiddiyroq yondashish- 
lariga yordam beradi.
Respublikamizda ilk o‘spirinlik davrida do‘stlikning psi­
xologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan tadqiqotlarni prof. 
G ‘.B.Shoumarov rahbarligida F.A.Akramova o‘tkazgan. Uning 
tadqiqotlarida ham do‘stlikka doir yuqoridagi natijalar olingan.
Shunday qilib, o‘spirinlik davri 16—23 yoshni o‘z ichiga ola­
di. Bunda 16—18 yosh ilk o‘spirinlik, 18—23 yosh esa o‘spirinlik 
deb ataladi. Bu davrda kasbiy o‘z-o‘zini belgilash yetakchi faoli­
yat hisoblanadi. E’tiqod va dunyoqarash bilan bir qatorda, axloqiy 
ideallar bu davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardir.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə