Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya ta’limi metodikasi” kafedrasi



Yüklə 95,01 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü95,01 Kb.
#163525
1   2   3   4   5   6
badiiy modellashtirish (3)

Kurs ishining maqsadi: Ijodkorlik va dizayin yoshlarni ijodkorlikka, yaratuvchanlikka intilish kabi tuyg‘ularni tarkib toptirish kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Vazifalari:
• modellashtirish tushunchasi haqida ma`lumot berish;
• badiiy modellashtirish tushunchasi;
Kurs ishi ob`yekti: modellashtirish tushunchasi.
Kurs ishining predmeti: badiiy modellashtirish va uning mohiyati
Kurs ishining strukturaviy tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


I Bob. Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida

    1. Loyihalash ishlarining xususiyatlari

Sanoat - texnik maxsulotlarning badiiy jixatdan maqsadga muofiqligi, ularga estetik tus berish- olimlar, injenerlar ishlab chiqarish xodimlarining muhim vazifasidir. qo‘lay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstruksiyalash (dizain)ning diqqat markazida xamisha odam, uning ijtimoiy va individual ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asarida farqli o‘laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyalariga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o‘zini go‘zal buyumlar bilan o‘rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni -foyda va go‘zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo‘lib, u hamisha muhim bo‘lmaydi va tarixan almashib turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o‘laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyaga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o‘zini go‘zal buyular o‘rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosini foyda va guzallikni qamarab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo‘lib, u hamisha muhim bo‘lmaydi va tarixan almashib turadi.
Bo‘lajak texnologiya ta’lim o‘qituvchilari pedagogik va muhandislik bilimlariga ega bo‘lishlari kerakligi malaka talablari va davlat ta’lim standartlarida belgilab qo‘yilgan.
Bir tomondan tayanch kompetensiyalarni belgilash bo‘yicha nazariy tushunchalarni tahlil etish, taqqoslash va umumlashtirish va, ikkinchi tomondan, texnologik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish orqali kompetensiyalarning belgilangan barqaror guruhlarini quyidagicha birlashtirishga erishildi.
• Ijtimoiy kompetensiya:
− ijtimoiy­fuqarolik sohasidagi kompetensiya;
− ijtimoiy aloqalar sohasidagi kompetensiya;
− axborot sohasidagi kompetensiya;
− ijtimoiy­individual sohadagi kompetensiya.
• Kasbiy­mehnat kompetensiyasi:
− mehnat bozori va texnologiya ta’limi sohasida vaziyatni tahlil qilish va baholay olish ko‘nikmasi, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‘rsata olish, huquqiy me’yorlar va mehnat munosabatlari etikasini bilish kabilarni ta’minlaydigan umumkasbiy kompetensiya;
− psixologik­pedagogik kompetensiya;
− texnologiya ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlari darajasiga mos keladigan sohaga oid kompetensiya.
• Tizimli kompetensiya, mazkur kompetensiyani egallash natijasida insonning ham kasbiy jihatdan, ham shaxsiy va ijtimoiy hayotda mustaqil ravishda bilim olish faoliyatiga, refleksiyaga, ijodkorlikka, jismoniy va psixik jihatlardan o‘z­o‘zini boshqarishga, rivojlantirishga va takomillashtirib borishga qodirligi va tayyorligi shakllantiriladi.
Tizim bu – ma’lum bir tashqi shart-sharoitda muammoli vaziyatlarni echish maqsadiga qaratilgan funksiya tuzilmasi. Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv ob’ektning tuzilish xususiyatlarini yaxlit, tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oralig‘i bo‘yicha bo‘laklangan holatda qarab chiqishni ko‘zda tutadi.
Ijodkorlikni tadqiq qilish mustaqil ta’lim olish va ijodiy individuallikni rivojlantirish maqsadida ijodkorlik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishning ijodiy jarayonni innovatsion amaliyotda modellashtirish (aynan yaratuvchanlik faoliyatida shaxsning kreativ potensiali rivoj topadi) bilan bog‘liq maqbul shakllarini aniqlash imkonini berdi. Bu o‘rinda yuzaga keladigan murakkablik ijodiy hamkorlik faoliyatini yaxshiroq tashkil qilish hamda boshqarish bilan belgilanadi, zero, bunda ongli ijodiy individuallikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglanmaydigan jarayonlari ham shakllanadi
Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko’zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari "Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar" ko’rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o’rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo’yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.
Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko’rinishlarda bo’ladi, buni quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin.
1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatasion sarf xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinasiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati- berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A, - ] ko’rinishdagi to’liq bo’lmagan masala.
Muammo - bu murakkab, to’liq bo’lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [ -, H ]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.
2 - misol.Masalaning qo’yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg’i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo- yonilg’ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo’nalishi belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayoni bo‘lajak o‘qituvchi individualligini, ya’ni ayni sharoitda ijtimoiy ta’sir ob’ekti bo‘lgan psixologik xislat va sifatlarni rivojlantirish uchun imkoniyat beradi. Bunga birinchi navbatda bo‘lajak o‘qituvchining maqsadni qo‘ya olish, bilim olish motivatsiyasi, erishgan yutuqlari va boshqa motivatsiyalari, bilish qobiliyatlari, o‘quv-pedagogik vazifalarni hal qila olish usul va yo‘llarini egallaganlik darajasini qamrab oluvchi o‘quv jarayoni kiradi. SHu bilan birga atrofdagilar ta’sirida boshqa kasbiy va hayotiy jihatdan muhim jarayonlar (o‘zligini anglash, o‘z-o‘zini baholash) ham rivoj topishi mumkin.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari kasbiy-pedagogik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi – talabalar ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanlik, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan; ikkinchisi – o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.
Ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarning izchilligini va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini o‘zlashtirishi, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqilgan model o‘quvchilar kasbiy ahamiyatli shaxsiy sifatlarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsad bo‘lajak mutaxassis shaxsi tuzilmasining motivatsion-maqsadli darajasini, umuminsoniy va kasbiy ahamiyatli maxsus sifatlarini shakllantirish, individual-tipologik xususiyat, layoqat va xarakter xislatlarini rivojlantirish orqali amalga oshirishni nazarda tutadi
Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari. Ixtirochilarda quyidagi shaxsiy xislatlar shakllangan bo’lishi lozim:
- ijtimoiy xislatlar turkumi - dunyoqarashi, ma’naviy, mehnat va estetik fazilatlar;
- tajriba xislatlar turkumi - anglanganligi, ilmiyligi, mahorativahajmi;
- aqliy xislatlar turkumi - tasavvur bir butunligi, diqqati jamlanganligi, fikrlash kengligi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, xotirasi mustahkamligi;
- irsiy xislatlar turkumi - topqirlik, zehnlilik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, sog’lom fikrlilik.
Oliy o’quv yurti talabalarida ixtirochilikni shakllantirish. Ixtirochilar tarixiga nazar tashlar ekanmiz fan–texnika taraqqiyoti hozirgi darajaga erishguncha turli el–elatlarda behisob olimlar zahmat chekishganligi va butun hayotlarini ilmga baxshida etganliklarining guvohi bo’lamiz.
Ma’lumki, hech bir tuzumda alohida ixtirochi degan kasb yoki mutaxassislik mavjud bo’lmagan, aksincha ixtirochilik hyech kimning xizmat vazifasiga kirmasligi, avvalo u ichki tug’yon, chaqiriq (da’vat), burch ekanligining guvohi bo’lamiz.
Ixtirochilar tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan tasodif, nuqson va kamchiliklarni tezda ilg’ab oladigan, uni bartaraf etishga o’zini bag’ishlagan sinchkov, tinib tinchimas, jonkuyar kishilardir.
Ixtirochi bo’lishning birinchi sharti atrof-muhitimizda mavjud nuqson va kamchiliklarga sinchkovlik bilan nazar tashlash va nega shunday? Nima qilish kerak? – degan savollarga javob izlashdir. Hayotimizda, atrof-muhitdagi muammolarga loqayd kishilar hyech qachon ixtirochi bo’la olmaydi.
Quyidagi holatni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Respublikamizda paxta terish mashinasiga 1936 yilda asos solingan deb hisoblansa, hozirgacha uning shpindellarini yuvish jarayoni takomillashtirilmaganligi sababli har yili necha millionlab ortiqcha harajat mehnat sarflanayotganini ko’rish mumkin. Taxminiy hisob kitoblarga qaraganda shu ishni to’liq mexanizasiyalashtirib, kabinadan tushmasdan yuvadigan qilinsa, mexanik haydovchining mashinani bir marta yuvish uchun o’rindiqdan olti marta tushib chiqishi, og’ir qo’l mehnati va ortiqcha vaqt sarflashiga mutlaqo chek qo’yiladigan birgina o’sha samarasiz ketgan vaqtda sarflangan yonilg’ining o’zidan bir mavsumda respublikamiz bo’yicha millionlab mablag’ tejaladi.
Ixtirochi bo’lishning ikkinchi sharti mazkur kuzatilgan kamchiliklarning sababini aniqlash va bartaraf qilish bilan bog’liq, kishida chuqur bilim, fikr ustunligi, yuqori malaka va ko’plab boshqa sifatlarning bo’lishi zarurligidir.
Xo’sh, bizda respublikamiz jamoasi miqyosida ana shunday sifatlar yetarlimi? Yo’q albatta! Nega shunday? Nega shundayligining bosh sababi maktabdan tortib oliy ilm maskanlarigacha ixtirochilik faoliyatini o’rgatish tizimining qoniqarsiz ahvolda ekanligidadir. O’quvchi va talabalarning aksariyat qismi ixtiro haqidagi to’g’ri tushunchaga ega emaslar, ixtironi rasmiylashtirish va uni qanday manzilga jo’natish to’g’risidagi savolga bo’lsa oliy ma’lumotli mutaxassislarning ham ko’pchiligi javob bera olmaydi. Shuningdek talaba va o’quvchilar ixtironing davlatimiz ravnaqi va fan–texnika riaojida tutgan o’rni haqida yetarli tushunchaga ega emaslar.
Davrning xolisona tahlili ham rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o’z mavqyeiga faqatgina ilm–fan nufuzi, ixtiro va kashfiyotlar ahamiyatini yuksaltirish yo’li bilan erishganligini ko’rsatadi. Buni hozirgi dunyoda eng nufuzli Nobel mukofotining 186 tadan ko’prog’i AQShga, 87 tasi Angliyaga, 67 tasi Olmoniyaga, 43 tasi Fransiyaga to’g’ri kelayotganligi bilan izohlash mumkin. Insoniyat tarixida eng ko’p 1098 ta ixtiro qilgan Edison ham Amerika fuqarosi.
Mazkur mamlakatlarda ixtirochilik bilimlari ma’lum dasturda va hajmda asosiy fanlar qatori maktablardan boshlab o’qitiladi. Hozirgi bizning yoshlarimizning va umuman fuqarolarimizning ixtirochilik sirlaridan bexabarligi sababini ham bunday tizimning bizda yo’lga qo’yilmaganligi bilan izohlanadi. Mustaqil davlatimiz ta’lim tizimida tub o’zgarishlar, islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda o’quv yurtlarida ixtirochilik bilimlarini shakllantirish maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilib, shu asosda mashg’ulotlarning tashkil etilishi, bu ishga malakali o’qituvchilarni yetkazib berish maqsadida oliy o’quv yurtlarida sohani chuqurroq o’rganadigan bo’limlar ochish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi respublikamizning zamonaviy texnologiyalarga bo’lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, uni xorijiy davlatlarga sotish imkoniyatini ham yaratgan bo’lar edi.
Ixtirochi bo’lishning uchinchi sharti tegishli axborotlarning yetarli bo’lishidir. Tarixda allaqachon amalga oshirilgan ixtirolardan bexabar bo’lgan insonlarning zahmat chekib, yana o’sha narsani ixtiro qilganliklarini ko’plab uchratish mumkin. Masalan, mashhur Amerika yozuvchisi Edgar Po «Havo sharidan fantastik maktublar» fantastik asarida okeandan telegraf simini o’tkazish g’oyasini 2848 yilga keyinga suradi, ammo shu asar yozilishidan yetti yil oldin Yevropada dastlabki suv osti kabeli bor edi. Ming yillik kelajakni qurishga uringan Edgar Po aksincha yetti yil orqada qolib ketdi.
Biron sohada ixtiro qilishdan oldin ixtirochi takrorlash bo’lmasligi uchun, avvalo olg’a surayotgan g’oyasiga taaluqli jahondagi barcha ishlarni tahlil qilib chiqishi lozim bo’ladi. Chunki, g’oya ixtiro sifatida e’tirof etilishi uchun uning jahon miqyosidagi yangi yechimga ega bo’lishi talab etiladi.
Ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirishning shartlari asosida bo’lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga erishish uchun biz quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif etamiz:
1. Umumiy o’rta maktablarida texnologik ta’lim mazmunida, o’rta maxsus va oliy ta’limda patentshunoslik va ixtirochilikka oid maxsus o’quv dasturlari asosida ixtirochilikka oid bilim va ko’nikmalarni yanada rivojlantirishga erishish.
2. Viloyatlarda ixtirochilik uylari va ularning qoshida patent fondlari tashkil qilinishi lozim.
3. Respublikamizda ixtirochilik g’oyalarini targ’ib qilish va ommalashtirishga xizmat qiluvchi maxsus gazeta va jurnallar ishini yo’lga qo’yish, chop etilayotgan nashrlar mazmunida sohaga oid bilimlar berib borish.
4. Ma’lum sanani «Ixtirochilar kuni» sifatida belgilash. Ushbu sanada ixtirochilik, soha olimlari hamda novator ishchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish, boshqa ommaviy tadbirlar tashkillashtirish, yangi g’oya va texnik yechimlar mualliflarini rag’batlantirishni tashkil etish kerak.
Ta’kidlanganidek, barcha rivojlangan davlatlar o’z taraqqiyoti pog’onalariga erishish uchun avvalo yangi texnologiyalar, ilg’or g’oyalarni ishlab chiqarishga, amaliyotga tadbiq etish maqsadida ta’lim sohasiga o’z e’tiborlarini qaratganlar. Biz ham o’z davlatimizning buyuk kelajagini yaratishda ushbu davlatlar tajribasidan ijodiy foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Jumladan, respublikamizda yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishi, INTERNET tarmog’ining rivojlanib borishi yoshlarimizning butun jahon miqyosida to’plangan axborotlar jamg’armasidan keng foydalanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Yuqori saviyadagi texnik-texnologik bilimlarni egallagan, barcha zaruriy axborot tezkor topish va qayta ishlash imkoniga ega bo’lgan yosh mutaxassilarimiz orasida olamshumul ixtirolarni amalga oshiruvchi ko’plab olimlar yetishib chiqishi uchun yetarli asoslar mavjud.
Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida. Sanoat - texnik maxsulotlarning badiiy jixatdan maqsadga muvofiqligi, ularga estetik tus berish-olimlar, injenerlar ishlab chiqarish xodimlarining muhim vazifasidir. Qulay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstruksiyalash (dizain)ning diqqat markazida xamisha odam, uning ijtimoiy va individual ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o’laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyalariga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o’zini go’zal buyumlar bilan o’rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni -foyda va go’zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo’lib, u hamisha muhim bo’lmaydi va tarixan almashib turadi.
O‘quvchining rivojlanishida harakatli-o‘zgaruvchi sifatli bilimlar tizimi muhim rol o‘ynaydi. Bu bilimning muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, unda voqelikni sub’ektivlik mezoni asosida bo‘limlarga bo‘lib qaraladi. Bu jarayon, o‘z navbatida, qaralayotgan modellarning orasida muqobillarini qidirishga, bir modelni boshqa model bilan taqqoslash va taqqoslanadigan komponentlarning nafaqat o‘ziga, balki dizayniga ham ahamiyat berishga, harakat qilishga o‘rgatadi. Ma’lumki, taqqoslash bir jinsli predmetlar ustida olib borilib, ularga taqqoslanuvchi komponentlarning sifatlari, xossalari haqida umumiy xulosalar chiqaruvchi, yakuniy natijaga olib keluvchi faktlar majmuasi yaratiladi.
O‘quvchilarda kasbiy ahamiyatli sifatlari hamda kreativlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan dizayn loyihalar, individual ta’lim texnologiyalarini hamda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish kerak bo‘ladi.
Texnik ijodkorlik kompetentligini amalga oshirish uchun, psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Texnik ijodkorlik faoliyati pedagogik shart-sharoitlar yaratishni tasniflash negizida shaxs faoliyatining tarkibiy komponentlari: bilish, ijodiy, kommunikativ, badiiy faoliyatlar yotishi mumkin. Shunga ko‘ra, besh xil psixologik holatni ajratish mumkin:
1. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos uslubini va texnik ijodkorlikni rivojlantirish jarayonini loyihalashning mohiyatini, tamoyillarini va jarayonlarini bilish.
2. Texnik ijodkorlikda faoliyatga hissiy va qadriyatli munosabat, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish zarurligiga ishonch hosil qilish.
3. O‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kreativ darajada amalga oshirish qobiliyati.
4. Jamoaviy faoliyat jarayonida boshqa odamlar bilan o‘zaro kommunikativ kompetensiyaga yo‘naltirilgan aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
5. Texnik ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni loyihasini mantiqiy va uyg‘unlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyat.
Sanoat - texnik mahsulotlarining badiiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, ularga estetik tus berish - olimlar, muhandislar ishlab chiqarish xodimlarning muhim vazifasidir. Qulay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstruksiyalashning diqqat markazida hamisha odam, uning ijtimoiy va individual ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o‘laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyaga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o‘zini go‘zal buyumlar bilan o‘rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni - foyda va go‘zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo‘lib, u hamisha muhim bo‘lmaydi va tarixan almashinib turadi.
Inson va mashinalarning o‘zaro munosabatini ifodalovchi texnika atamasi grek tilidan kirib kelgan bo‘lib, texnikaviy san’at ma’nosini bildiradi.
Tarixiy texnika so‘zining ma’nosi, ishlab chiqarish usuli o‘zgarishiga muvofiq yangilanib kelgan.
Quldorlik davrida texnika atamasi yakka ustalik, mutaxassislikni egallash ma’nosini bildirgan.
O‘rta asrda, hunarmandchilik ishlab chiqarish hukmronligi davrida u texnologiya, usul, qolipni (retseptni) bildirgan. Masalan, temirchilik texnikasi va hokazo.
Hozirgi sharoitda texnika atamasi mehnat vositalarini anglatadi. Ular yordamida inson nafaqat mehnat mahsulotlariga, balki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy shart-sharoitlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Texnikaning to‘rt fazilati va o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
Birinchi xususiyat - ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzum taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari bilan texnikaning o‘zaro bog‘liqligi.
Tarixiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida hayotga tatbiq etilmagan kashfiyotlar bunga misol bo‘la oladi (parashyut, vertolyot va boshqa mashinalar).
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning texnika rivojlanishida iqtisodiy qonunlarning roli, uning taraqqiyoti ayniqsa, yaqqol ko‘rinmoqda. G‘arbning ilg‘or olimlaridan biri S.Lilli, hozirgi va ertangi kunimiz ilg‘or texnikasidan bahra olib foydalanadigan munosib iqtisodiy tuzumgina emas, oqibat natijasida butun jahon iqtisodiy tuzumni o‘zgartirishdan yangi jamiyat qurilishidan boshqa yo‘l yo‘q, deb yozgan edi.
Ikkinchi xususiyat - ma’lum ijtimoiy shakllantirish paydo bo‘lib, uning iqtisodiy qonunlari bilan o‘zaro bog‘langan holda texnika ijtimoiy tuzum boshqasi bilan almashganida saqlanib qoladi va yangi sinfga xizmat qiladi.
Olimlarimiz shu xususiyatlarni hisobga olib yozgan edilar: “yirik kapitalizm erishgan texnika va madaniyat yutuqlaridan foydalanmasdan yangi jamiyat qurish mumkin emas”.
Uchinchi xususiyat - shundan iboratki, texnika doimo tabiat qonunlariga to‘la muvofiq ravishda rivojlanadi.
Agar yaqin vaqtlargacha texnikada takomillashtirish paypaslash bilan, ongsiz o‘tib, so‘ngra ilmiy bilimlarda tasdiqlangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda har qanday mexanizmni loyihalash va muhandislik hisob-kitoblar, eng ilg‘or ilmiy-texnik kashfiyotlardan kelib chiqdi.
To‘rtinchi xususiyat - texnika taraqqiyoti sakrash yo‘li bilan bo‘layotganini ko‘rsatadi. Bu keskin o‘zgarishlar bilan amalga oshirilayotgan texnika taraqqiyot qonuniyatlaridan biridir. Olov, bug‘, elektr quvvati, kashfiyoti, avtomatika, kibernetika, atom energiyasi sohalaridagi kashfiyotlar buning yorqin dalilidir. Texnikaning saqlash yo‘li bilan taraqqiyotini oddiy tarzda qayd etib o‘tish yetarli emas. Rassom loyihasi, muhandis, mexanik, texnolog oldingi loyiha eskirganligi aniq dalilga aylanganida emas, balki eskira boshlagan paytda uning oldini olishlari lozim.
Asrlar davomida texnika takomillashib, inson mehnatini yengillashtirib keldi. Har bir tarixiy bosqichda inson va texnika o‘rtasida muayyan munosabatlar shakllangan. Shu asosda, turli munosabatlarni ta’riflab beruvchi quyidagi tarixiy bosqichlar ajralib turdi:
Inson mehnat vositasiga bevosita ta’sir etib, oddiy qurollar yordamida ishlaydi.
Inson ancha murakkabroq mehnat qurollari yasaydi, ammo ularni avvalgiday o‘zi ishga soladi.
Inson mashina-dvigatellarni ixtiro etadi (suv parragi, bug‘ dvigateli), ammo qurollar, asboblar yordamida ishni avvalgiday inson qo‘llari bajaradi.
Inson mashina xizmatini qilar, anchagina qo‘l ishlarini bajarar, mahsulot yetkazib berar, tayyor buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilib olar va turli xil vazifalarni bajarar edi.
Inson mashinani boshqarishda. Boshqaruv bir pultda joylashtirilgan, u yerda ishlab chiqarish texnologik jarayonini to‘la aks ettiruvchi asboblar mavjud. Inson mashinalar boshqaruvchisiga aylandi, mahsulotlarni olib berish, yarim tayyor mahsulotlarni bir mashinadan ikkinchisiga olib berish uzluksiz mashina yordamida amalga oshiriladi.
Oxirgi tarixiy bosqich-maxsus dastur va moslama yordamida mashinalarni avtomatik boshqarishni joriy etishni o‘z ichiga oladi.
Bu bosqichda endi ishlab chiqarishda uchraydigan barcha texnologik jarayonlarni dastur bo‘yicha bajaradigan texnik moslamalar (qurilmalar) ishlab chiqildi. Avtomatikaning bunday yuksak darajasida odam go‘yo mashinani boshqarishdan chetlashtiriladi. Ammo bunday emas. Uskunalarni tekshiruvdan o‘tkazish va ta’mirlashdan tashqari inson dasturlar tuzadi va ularni maxsus qurilmalarga o‘tkazib qo‘yadi.
Inson va mashina o‘zaro munosabatlarining tarixiy bosqichlarini tahlil qilgan vaqtda shuni hisobga olish kerakki, birinchi to‘rtta bosqich vaqt o‘tishi bilan barham topishi kamdan-kam uchraydi, oxirgi ikkita bosqich esa hozirgi vaqtda keng tarqalgan.


    1. Yüklə 95,01 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə