9-Mavzu: G’alla o’rish, tozalash va saralash mashinalari



Yüklə 457,86 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü457,86 Kb.
#152125
  1   2   3   4   5   6
Ma\'ruza №9


9-Mavzu: G’alla o’rish, tozalash va saralash mashinalari
Reja:
.

  1. G’allani yig’ishtirib olishning o’ziga xos xususiyatlari va usullari;

  2. G’alla o’rish mashinalarituzilishi va ish jarayoni; va ularni ishga tayyorlash.

  3. Donni tozalash texnologiyasi va mashinalari

  4. Mahsulotlarni tozalash, saralash



Tayanch iboralar: boshoqli don hosilini yig’ishtirib olish usullari,agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar
9.1. G’allani yig’ishtirib olishning o’ziga xos xususiyatlari va usullari
Boshoqli don hosilini bir, ikki va uch fazali o’rib-yig’ib olish usullari mavjud.
Bir fazali yig’ishda poyalarni qirqish, yanchish va donni ajratish jarayonlari bir paytda amalga oshiriladi.
Ikki fazali yig’ishda esa don poyasi bilan o’rib olish va dala yuzasiga qator uyumlar ko’rinishida tashlab ketish, bu massa qurigandan so’ng qator uyumini yerdan ko’tarib olish, yanchish va donni ajratish ishlari bajariladi.
Uch fazali o’rib-yig’ib olish usulida poyalarni qirqish, qirqilgan poyalarni maxsus quritish maydonchalariga tashish, ularni quritish, yanchish va donni ajratib olish jarayonlari amalga oshiriladi.
Respublikamizning turoq-iqlim sharoiti yetishtirilgan boshoqli don hosilini qisqa muddatlarda g’alla kombaynlari bilan bir fazali usulda, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri yig’ishtirib olish imkonini beradi.
Agrotexnik talablar: Kombayn jatkasidagi don nobudgarchiligi, ko’pi bilan 0,5%, kombayn orqasidagi yerga to’kilgan don miqdori, ko’pi bilan 1,5%, bunkerdagi donning shikastlanganlik darajasi,ko’pi bilan 2%, bunkerdagi donning tozaligi, eng kamida 95% ni tashkil etishi kerak.
9.2. G’alla o’rish mashinalari va ularni ishga tayyorlash
Kombaynlar asosiy ishchi qismlarining tasniflanishi. Kombaynlar yanchish apparatlarini tuzilishiga qarab baraban-taglikli, barabanli va rotorli turlarga bo’linadi.
Baraban-taglikli apparatlar aylanuvchi baraban va ko’zg’almas taglikdan iborat. Barabanlar shtiftli va savagichli turlarga bo’linadi.
SHtiftli baraban o’rnatilgan yanchish apparati aylanuvchan barabanga shaxmat tartibida joylashtirilgan shtiftlar va qo’zg’almas panjarasimon taglikdan tashkil topgan. Savagichli baraban o’rnatilgan yanchish apparati baraban sirti bo’ylab, uning o’kiga parallel kertikli savagichlar o’rnatilgan.
G’alla hosilini yig’ishtirib olishda jahonning yetakchi “Keys” va “Klass” firmalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori unumli kombaynlaridan foydalanilmoqda.
“Keys” firmasining rotorli kombaynlari begona o’simliklardan, ayniqsa, g’alla poyalariga o’ralib o’suvchi (pechak) va yo’g’on poyali (qamish, g’umay, ko’k sho’ra) kabi bir va ko’p yillik begona o’tlardan tozalangan maydonlarda, “Klaas” firmasining barabanli kombaynlari esa turli darajada o’t bosgan maydonlardagi g’allani o’rib olishda yuqori samaradorlik bilan ishlash imkoniyatiga ega.

Yüklə 457,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə