Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya ta’limi metodikasi” kafedrasi


II BOB. Badiiy modellashtirishni konstruksiyalash



Yüklə 95,01 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü95,01 Kb.
#163525
1   2   3   4   5   6
badiiy modellashtirish (3)

II BOB. Badiiy modellashtirishni konstruksiyalash.
2.1. Badiiy modellashtirishning mazmuni.
Buyumning tashqi formasi geometrik shakllar paralelepiped, prizma, silind, konussimon.
Nisbatlar-bu tushuncha kontrasli va farqi nisbatlar bir biri bilan mustahkam bog‘liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarini, ranglarini) Hajmi fazoviy tuzilish(frontal, fazoviy). Ma’lumki har qanday buyum uch o‘lchovga ega bo‘lib, bu o‘lchovlar nisbatini biz hamisha xis qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristikalarni uning asosiy o‘lchovlariga bog‘liq bo‘ladi.
Material obyekt qanday materildan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik forma go‘zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yahlit qismlari proporsional va ritmik bo‘lib, u odamga va atrofdagi bo‘limlarga mos plastik bo‘ladi., rangi ko‘zni quvontiradi. Dizainda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan obyektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Dizain nazariyasi xozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o‘z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi. Yaratilayotgan har qanday obyekt ma’lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Obyektning shakli, o‘lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashqi qiyofasiga mos kelishi kerak.
Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo‘lsa, u holda bunday tuzilishni faoviy tuzilish deyiladi.
Tarixga nazar (Germaniya misolida)
Germaniya dizayn sohasida eng ilg’or mamlakatlar sirasiga kiradi. Bu mamlakat dizaynida funksionalizm milliy meros sifatida tilga olinadi. Texnika, ishlab chiqarishda dizaynni tatbiq etishga alohida e’tibor, xavfsizlik, ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi, sanoat tejamkorligi, qo’llashning qulayligi ana shular jumlasidan. Nemis dizayni tarixini saqlanib qolgan plakat uslublaridan ham yaqqol sezish mumkin. Plakatstil – Germaniyadagi dastlabki modernism namunasidan tortib to birinchi buyumlar aks etgan Sachplakat, muallif dizayner Lyusyen Bernxard (Lucian Bernhard) tomonidan yaratilgan quvnoq reklama qiyofalari va ideallashtirilgan iste’molchilar obrazi Lyudvig Xolvayn (Ludwig Hohlwein) tomonidan chizilgan suratlarda o’z aksini topgan. “Plakat” (Das Plakat) jurnali va Yevropa mamlakatlariga plakat uslubini keng yoygan. Texnika buyumlariga bo’lgan alohida munosabatni XIX-XX asrlarda yashab ijod qilgan G.Zemper, F.Relo, G.Mutezius asarlarida ham uchratish mumkin. Odamlar ongida yangi texnikaviy buyum nafis ko’rinishi bilan o’z funksiyasi va ashyosini namoyon qiladi, degan tushuncha paydo bo’lgan edi. “Bauxauz” uslubini meros qilib olgan nemis dizayni shakl yaratish borasida modernizmning minimalizmga yo’naltirilgan an’anasiga amal qilar edi. Ulmansdagi shakl yaratish oliy maktabini “qayta tiklangan “Bauxauz” deb nomlashgan.
Ulmans maktabida to’rtta fakultet mavjud edi:
- sanoat-loyihalash;
- qurilish;
- vizual aloqalar (bosmaxona, grafika, fotografiya, ko’rgazmalar,
upakovkalar, film va televideniye);
- so’z aloqalari ( bu yerda radio, kino, televideniye – matbuot uchun so’z
axboroti bo’yicha mutaxassisliklar).
O’qish muddati to’rt yil qilib belgilangan. O’quv dasturlari loyihalash uchun muhim bo’lgan fan va texnikaning yangi yutuqlari asosida tuzilgan edi. Barcha fakultetlarda kombinatorlik tahlili, statistika, tizimli dasturlash, fiziologiya va psixologiya hamda tarixiy va sotsiologiya fanlaridan bilimlar berilgan”.Har tomonlama chuqur ta’lim, nazariy fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, ilmiy metodlarni bilish Ulmans maktabida loyihalashning asosiy shartlari sifatida belgilangan edi. Talaba o’z fikrini nafaqat tasvirlarda, balki chizmalarda, suratlarda, modellarda hamda og’zaki va yozma tarzda aks ettira olishi lozim edi.
Germaniyani avtomobilsozlik vatani deb ataydilar. Hammasi ikki muhandis– Karl Bens va Gottleb Daymler o’rtasidagi raqobatdan boshlangan edi. 1886 yilda har ikkala ixtirochi ham benzin bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini bir-biridan mustaqil tarzda yaratdi va patent oldi. Daymlerning birinchi avtomobili benzinda ishlaydigan 1,5 l.s quvvatga ega bo’lgandvigatelli kareta-aravani eslatar edi. U to’rtta g’ildirakni rement yordamida aylantirib, soatiga 16 kilometr tezlikda yurardi. Ammo bu mashina faqat ishlab chiqarishga tatbiq etilmagan namuna sifatida tarixda qoldi. 1889-yili Gottleb Daymler o’z yordamchisi Vilgelm Maybax bilan hamkorlikda yangi avtomobilni yaratishga muvaffaq bo’ldi va Parij ko’rgazmasida namoyish qildi.
Bugungi kunda mamlakat avtomobil sanoati dunyoda eng yuqori o’rinda turadi. Die Welt e’lon qilgan ro’yxatga ko’ra, Germaniya Federativ Respublikasidagi 500 ta katta daromad olgan firmalar ichida 5 ta ulkan konserndan uchtasi avtomobilsozlik korxonalaridir. Yetti yildan buyon birinchi o’rinni Volkswagen, uchinchi o’rinni Daimler, BMW esa bir yil ichida 6 o’rindan 4 o’ringa ko’tarildi. BMW esa 5 yil ichida yetti pog’onaga ko’tarildi, u hozir 5 o’rinda kelayotgan Siemens, korxonasidan ko’proq daromad qilmoqda. Ammo uning ishchi xizmatchilari bu elektrotexnika gigantining dunyodagi 336 ming ishchisidan uch marotaba kamdir. Undan tashqari mamlakatdagi eng kattaish beruvchilardan biri Deutsche Post DHL pochta-logistik konserni(mazkur ro’yxatda 11-o’rinda, ishchi xizmatchilar soni 480 ming nafar)sanaladi. Volkswagen ham ana shunday ulkan kompaniyadir. Yevropadagi eng ulkan avtomobilsozlik konsernining yillik daromadi 200 milliard yevroni tashkil etadi, ishchilar soni esa 573 ming nafar atrofida. Ulardan 260,5 ming nafari mamlakat ichkarisida va 312,5 minggi xorijiy mamlakatlarda ishlaydi. Volkswagen kompaniyasi guruhiga kiruvchi Audi, MAN va Porsche umumiy reytingda 15-, 45- va 55-o’rinlarni egallagan. Oltmishinchi yillarning oxirlariga kelib, davlatning sezilarli e’tibori natijasida dizaynerlik faoliyati tizimi umum millat miqyosida tashkiliy jihatdan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mavjud “Shakl yaratish markazlari” bilan birgalikda 1969 yili IKSID xalqaro axborot markazi tashkil etilib, uning maqsadi zamonaviy dizaynning dolzarb muammolari bo’yicha xalqaro axborotlarni jamlash va qayta ishlashdan iborat edi. Undan tashqari dizaynni zarur axborotlar bilan ta’minlovchi bir qator davlat institutlari tashkil etildi. Ular orasida bozor va reklama instituti, uy xo’jaligi instituti, mahsulot sifati instituti, rang psixologiyasi instituti va boshqalar bor.
1970-yili Frankfurt-na-Mayne va Darmshtadt shaharlarida muhitini loyihalash bo’yicha ilmiy institutlar tashkil etildi. Ularning vazifasi atrof muhitni muhofaza qilish sohasini tadqiq etish va rejalashtirish hamda uning yangi modellarini ishlab chiqishdan iborat edi. Endilikda nemis dizaynini moliyalashtirish borasida boshqa davlatlarga qaraganda kam e’tibor berilmoqda. Eng ko’p tarqalgan dizayn faoliyati sanoat korxonalarida tashkil etiladigan dizayn xizmatlaridir. Gannover xalqaro dizayn forumi – Germaniyadagi eng keksa dizaynerlik institutlaridan va xalqaro ahamiyatga molik eng nufuzli dizayn markazlaridan biri hisoblanadi. Uning xalqaro maydondagi nufuzi 1954-yildan buyon har yili tashkil etilib kelinayotgan dizayn bo’yicha ko’rik tanlov tufaylidir. Ko’plab sanoat firmalari va dunyodagi bir qator mamlakatlarning dizaynerlari uchun ushbu tashkilot ta’sis etgan sovrin eng nufuzli mukofot sanaladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, texnika taraqqiyoti dizaynning ayrim namunalari umrini qisqartiradi, joylashtirishning ba’zi tamoyillari esa goho asrlar, hatto ming yillar davomida foydalaniladi. Dizayn tomonidan qo‘yilgan maqsad ikki xil tabiatga ega bo‘lib, u ham konkret-utilitar, ham ijtimoiy xarakterga molikdir. Stixiyali dizaynerlik faoliyati XIX asrning oxiriga kelib o‘z oldiga utilitar maqsadlarni qo‘ydi. Faqat XX asr boshiga kelib dizayn stixiyali faoliyat maqomiga ega bo‘la olgach, uning komplekslarga bo‘lgan munosabati aniqlashdi. Buyumlar guruhining ijtimoiy oqibatlari ham aniq ajralib chiqdi. Buyumlar ishlab chiqaruvchilar bilan dizaynerlar o‘rtasida aloqa mustahkamlandi. Keyinchalik dizayn maqsadi ham progressiv, ham konservativ, ham reaksion bo‘lishi mumkinligini dizaynerlar birinchi bo‘lib belgilab berdilar. Keyinchalik amaliyot ularning dunyoqarashi to‘g‘ri ekanligini isbotladi.
Dizaynning kundalik loyihadan farqi shundaki, dizayn ishtirok etishi bilan biz sifat jihatdangina emas, samara jihatidan ham yangi bosqichga ega bo‘lamiz. Texnik loyihalash u yoxud bu buyumga yangi funksiya bag‘ishlay olmaydi yoxud o‘sha buyumni faqat bitta, ixtisoslashgan funksiyasiga moslashtiradi. Hali bu fikrlarning hammasi ham dizayn haqida hamma fikrlarni anglata olmaydi. «Sanoat mohiyatida, - deb yozgan edi K.M. Kantor, - dizayn yetakchi o‘rin tutadi. Dizayn orqali sanoat loyihalashi ijtimoiy-madaniy impulslar kasb etadi, dizayn orqali madaniyat va texnikaning hukmronlik qiluvchi aloqasi hukm suradi».
Rassom-konstruktor loyihalash va ishlab chiqarishning hamma ishtirokchilari bilan birgalikda chiqarilgan mahsulot uchun baravar javobgar bo‘lsa-da, dizaynerlik loyihalashi bari bir loyihalash faoliyatining bir turidan boshqa narsaga da’vo qilolmaydi. Dizaynerni mahsulotlarni loyihalash faoliyatining sohasi bo‘yicha vakili deb atashadi. Xuddi ana shu yerdan uning muhandislik faoliyati farq qilib turuvchi topshiriqlar ajralib chiqadi. Vazifalar bunday sinfining turli obyektlarni loyihalash chog‘ida ularning konkret funksiyasiga umumiy jihatlari bo‘lmasligi mumkin. Bu vazifalar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida «inson omili» bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Agar vazifa texnika talablarining hamma shartlariga javob bersa, u holda ish muvaffaqiyatli bajarilgan deb hisoblanadi. Biroq bunda mahsulot bilan insonning optimal o‘zaro aloqasi muhandislarning e’tiboridan tashqarida qoladi.
Texnik loyihalash doirasiga quyidagilar kiradi: buyumning ishonchli bo‘lishiga, mustahkamligiga, samarador faoliyat ko‘rsatishiga erishish. Bunday taqqoslash muhandisning faoliyatini rassom-konstruktorning mehnati bilan taqqoslash chog‘ida aslo kamsitilmaydi. Shunchaki ularning oldiga qo‘ygan vazifalari turli-tuman bo‘lib, ular bu vazifalarni turli-tuman yo‘llar bilan: ham ijodiy, ham ijodiy bo‘lmagan omillar vositasida bajarishlari mumkin. Hayotda dizaynga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda, chunki ishlab chiqarishda, transportda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda yil sayin an’anaviy loyihalar yaratishda uzilish borgan sari oshib bormoqda. Shu narsa haqiqat bo‘lib qoldiki, keyingi yillarga kelib, samolyotlarning, temir yo‘l poyezdlarining va avtomobillarning tezligi oshishi natijasida mazkur transport vositalarida halokatlarning soni ko‘paydi. Nega? Chunki uchuvchi, mashinist yoki haydovchi tezlikni oshirar ekan, texnikani boshqara olmaydi, vaziyatni to‘g‘ri baholay olmay, boshqarish uchun zarur bo‘lgan operatsiyani boshqara olmay qoladi. Shuningdek, yana bir haqiqat yuzaga qalqib chiqdiki, stanok yoki murakkab texnik kompleks yonida band bo‘lgan xodimning ko‘p vaqti aksariyat hollarda boshqaruv organlari konstruksiyasining, axborot beruvchi priborlarning va hokazolarning yetarli darajada mukammal bo‘lmaganini yengib o‘tish uchun sarflanar ekan.
Bularning natijasi yangi tipdagi dizaynerlik ixtisosining maydonga chiqishiga olib keldi. Mazkur ixtisosning asosiy vazifasi muhandislik yo‘li bilan ishlab chiqilgan u yoki bu texnik qurilma o‘rtasida ana shunday qurilmani boshqarish lozim bo‘lgan operator o‘rtasida kelishuvga erishishdan iborat bo‘ladi. Shunday qilib, dizaynerning oldiga qo‘yilgan inson-operator, inson-haydovchi (qisqasi, iste’molchi) bevosita qaddi-qomati bilan aloqaga kirishadi, obyektni bevosita his etadi. Xullas, dizaynerni loyihalash bo‘yicha muhandislik konstruksiyalari bilan inson-iste’molchi o‘rtasidagi kelishtiruvchi halqa deb atash mumkin ekan.
Mashinalarning xarakteristikasi o‘zgargan chog‘da, inson omili, qat’iy qilib gapirganimizda, antropometriya, ergonomika, psixofiziologiya va hokazo bilan chegaralanadi.
Biroq u haqiqat ham e’tibordan tashqarida qolmasinki, inson tanasining eng yaqin antropometrik parametrlari ifodalanishi ham stereometriya namunalarida yoki differensial tenglamalar tizimida qo‘pol qurilmalarning vujudga kelishiga olib kelgan bo‘lur ediki, buning natijasida bunday qurilmalardan bugungi kunda amalda foydalanish mumkin emasdir.
Insonning mushak faoliyatida shuni aytish mumkin: eng oddiy hatti-harakatlarda bunday mushak juda katta erkinlikka ega. Zamonaviy matematik apparat esa bunday murakkab tizimni moddalashtira olmaydi.
Demak, muhandis inson to‘g‘risidagi tabiiy fanlarni o‘z faoliyatiga jalb etish bilan birga insonning obyekt bilan o‘zaro aloqasini ifodalaydigan muhim parametrlarni va xarakteristikalarni ochib bera olmaydi. Rassom-konstruktor yuqorida nomlari keltirilgan fanlar chiqarib berishga qodir bo‘lmagan fanlarga hukm chiqarib berishga jalb etilgandir.
Dizayn (ing. design - loyiha, chizma, rasm) - narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng iste’mol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va o‘quv materiallari, ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va boshqalar kiradi. Dizayn 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida G‘arbiy Evropa va AQShda shakllandi. 80-yil 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos dizayn bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirig‘ini tuzishdan obyektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va matn shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Biron loyihachi loyiha ishlarining barcha sohalarini to‘liq bilmaydi, shuning uchun ham loyihalashtirish mavzu yig‘ish va tahlil qilishdan boshlanadi.
Ishlarning tayyorgarlik bosqichini ikki tarkibiy qismga bo‘lib chiqsa bo‘ladi: loyihalashtirishga oid dastlabki topshiriqni o‘rganib chiqish va loyiha mavzusi bilan batafsil tanishib chiqadi. Bu o‘rganish quyidagilarni ko‘zda tutadi: belgilangan shartlar asosida maqsad va vazifalarni aniqlash; bo‘lajak mahsulot (yoki muhit) o‘lchamlarini ularning asosiy tafsilotlarini o‘zlashtirish; muhim xizmatga oidlik aloqalarini ochib tashlash; maxsus adabiyotlarni ko‘rib chiqish, o‘rganish; loyiha tarkibi bilan tanishish; nazorat ishining muddatlari; loyihani topshirishning eng oxirgi vaqtini aniqlash. Ish, harakat (ishlab turish) tahlili birinchi darajali ahamiyatga ega, buyum qanday harakat qilayapti yoki harakat qilishi kerakligini, uning xususiyatlarini ulardan foydalanish tajribasini va qaysi amaliy vazifalarini hal qilishi kerakligini ko‘rsatish kerak.Ergonomik tadqiqot mana shu vaziyatga muvofiq mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflanadigan optimal, eng qulay va rejali quvvatni barpo etish uchun zarur asoslarni topa bilishi kerak, (uy jihozi, idish tovoq, boshqaruv pultlari, dastgohlar). Optimal, ergonomik sharoitlar, ma’lum ruhshunoslik muhit insonning samarali mehnati uchun so‘zsiz talablar bo‘lib hisoblanadi.
Mumkin bo‘lgan turli holatlarda loyihani o‘rganish loyihalashtirishning birinchi qadamlaridan boshlab, tajriba va ilg‘or texnologiyani hisobga olgan holda, shu sharoitda aql-idrokka asoslangan yo‘ldan borish uchun dastlabki shart- sharoitlarni yaratib beradi.Haqiqiy, mavjud mavzuni o‘rganish o‘z xususiyatlariga ega. Bu yerda mahsulotni mufassal o‘rganish kerak, uning o‘rniga mahsulotga mahliyo bo‘lib qolish bilan chegaralanish xavfi bor. Estetik jihatdan (g‘ayri ixtiyoriy) qabul qilish tahliliy (analitik) qabul qilish bilan, albatta, birga borishi kerak. Bu ma’noda rasm chizish foydalidir. U, fotoapparatda suratga olishga qaraganda, buyumlarning tashqi qiyofasini faolroq qabul qilib olishga majbur etadi. Aniq bo‘linishlarga ega jadvalni yonma-yon qo‘yib, mahsulot o‘lchamini qayd etish juda muhimdir. Buning uchun aniq bo‘linishlar bilan imkoniyat mavjud bo‘lishi kerak. Agar imkoniyat mavjud bo‘lsa, mahsulotni o‘lchab uning rangini aynan tiklash ma’qulroqdir.
(Analog) o‘xshash, o‘xshashlik yoki (prototip) timsolni badiiy loyihalovchi nuqtai nazaridan tahlil amalga oshirilsa, loyihalashtirish ham timsol asosida olib boriladi. Bu yerda hunarmandchilik ishlab chiqarilishi davridagidek, buyumning o‘zi axborotning asosiy manbaidir.
Ayniqsa, ro‘zg‘or anjomlarining eskirib qolish jarayoni yaqqol ko‘zga tashlanadi (idish – tovoq, oshxona uskunalari, ro‘zg‘or elektr asboblari). Vaqt - vaqti bilan o‘tirg‘ichlar, ko‘rgazmali taxtalar, qutilar, do‘konchalarni yangilab turish kerak.
Timsol tahlili nuqtai nazaridan har xil hodisalarni o‘z ichiga olishi va buyumni estetik tomonidan ham, manfaatdorlik tomonidan ham baholash imkonini beradigan aniq uslubiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Bu shakl ko‘z bilan qilingan tahlili, loyihaning ishga oidlik tahlili, foydalanilayotgan matolarning qabul qilingan ishlov berish usullari iqtisodiy ko‘rsatchiklari tahlili, shuningdek, undan foydalanish masalalarining ham tahlilidir.
Ishga oid tahlili bir tomonlama, allaqachon mavjud bo‘lgan tajribaga mahsulot iste’molchilari tomonidan baholanishiga tayanadi, ammo bu tahlilda asosiy narsa loyihalashtiruvchini zarur paytda mutaxassislarni o‘zi topib mahsulotni chuqur tekshirishi bo‘lib hisoblanadi.Ishga oidlik tahlili odatda bitta emas, balki bir nechta aniq xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosiy va ikkinchi darajali ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi va loyihalashtiruvchini murosa yo‘lini topishga majbur etuvchi bo‘lishi mumkin. Bunday qarama-qarshilik oshxonaga oid idish tovoqlarni loyihalashtirganda uchrab turadi.Masalan, tovani qo‘lda ishonch bilan ko‘tarib turish uchun uning dastagida tishlari yoki yengil bir boshqa turma naqshi bo‘lishi kerak, ammo bu tozalik talablariga to‘g‘ri kelmaydi, chunki bunday tovani tozolash qiyin. Dastak tovaga mahkam ulangan bo‘lsa yaxshi, ammo unday buyumni javonda saqlash qiyin, chunki ko‘p joyni egallaydi.Loyihachi ko‘p hollarda mashina harakatini kuzatishi ham mumkin. Bu yerda mashinani boshqarayotgan ishchi, haydovchi, mashinist bilan muomalada bo‘lishi katta rol o‘ynaydi. Ular mashinaning sifati, darajasi, foydalanish xususiyatlari, nuqsonlari haqida muhim va ishonchli ma’lumot berishlari mumkin.

Yüklə 95,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə