Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya ta’limi metodikasi” kafedrasi



Yüklə 95,01 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü95,01 Kb.
#163525
1   2   3   4   5   6
badiiy modellashtirish (3)

Model va modellashtirish.

Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model haqiqiy obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u harakatlanadigan va o‘z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajaradigan ham bo‘lishi kerak. Masalan, avtomobilning, traktorning modellari kiradi.
Maket - obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasvirdir. Masalan, binolar, inshootlar va hokazolarning maketlari shular jumlasiga kiradi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: texnik maqsadga, texnik talablar qo‘yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig‘ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash.
Texnik modellar klassifikatsiyasi.
Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo‘linadi.
1 tip - geometrik o‘lchamlari o‘xshash. Ko‘rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo‘llaniladi. Jumladan bunday modellar o‘quvchilarni texnika obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo‘nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalardagi va rasmlar orqali tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili, ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular obyekt to‘g‘risida to‘la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. Shu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.
2 tip - fizikaviy o‘xshashligi. Bu faqat tashqi qiyofasini anglatmasdan balki o‘rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatligi va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat obyektlarni tuzilishini o‘rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiqlik uzatilishi bilan va b.
3 tip - funkstional o‘xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o‘xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi: chizmalar eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu o‘zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustahkamlash yo‘llarini belgilash; detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish, joylarga ko‘ra konstruksiyalash; konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Dizayn - ingliz tilidan olingan bo‘lib chiroyli, shinam, yaxshi chiroyli loyiha degan ma’noni anglatadi. Dizayner esa - kuchli rassom - konstruktor odam. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog‘liq. Baho berish funksional, estetik, ijtimoiy nufuzli bo‘lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug‘ullanadigan kishi o‘zining pirovard maqsadiga - chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilish lozim.
Germaniyada dizayn yo’nalishi bo’yicha o’qish dastlab olti smestrni o’zichiga oladi. Talabalarga bir qator fanlardan o’quv mashg’uloti olib boriladi, ulardan ba’zisi o’qish muddati tugaganga qadar talabalarga fan dasturi sifatida yo’ldosh bo’ladi. Misol uchun, dizayn fikrlash kursi ana shunday o’quv mashg’uloti sanaladi. Bunda talabalar dizayner sifatida fikrlashga o’rganadi. Dizayn fikrlashning asosiy prinsiplaridan biri empatiya, ya’ni dunyoga boshqa odamlar nigohi bilan nazar tashlash, ularning ehtiyojlarini his etish, istak va vazifalarini idrok etishni bilish sanaladi. Metodologik nuqtai nazardan dizayn-fikrlash yondashuvlari noaniqlik sharoitidagi muammolarni yechish evristik usullar bilan amalga oshiriladi. Bunda qo’yiladigan vazifalar ijodiy masalalar bo’lmay, favqulodda yuzaga chiqadi.
Talabalar dizayn-fikrlash kursiga diplom olgunga qadar qatnashadi. Boshqa aspekt – bu mahsulotlar, jarayonlar va xizmat ko’rsatishni modellashtirish. An’anaga ko’ra, kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotiga iste’molchilarning munosabatini fokus-guruh yordamida aniqlaydi. Ammo modellashtirish yaratilishi loyihalangan mahsulotni iste’molchi ko’magida sinab ko’radi, so’ngra olingan ma’lumotga qarab, zudlik bilan unga o’zgartirish kiritadi.
Korporatsiyalar uchun dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish ham eng muhim ishlardan biri sanaladi. Amaliy mashg’ulot mebel, interyer buyumlari va aksessuarlar uslublarini yaratishdan iborat bo’ladi. Hozirgi bozor yangilik va o’zgarishlarni ko’p talab qilishi tufayli, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish zarurati yuzaga keladi. Shu bois talabalar zudlik bilan ixtisoslashtirilgan dasturlarni o’zlashtirishga kirishadi hamda malakali mutaxassis bo’lib yetishishga intiladi.
Talabalar amaliy dizayn ko’nikmasi, tajribasiga ega bo’lishi kerak. Bu degani o’qituvchilarning asosiy diqqat e’tibori loyihalash bilan bog’liq mashg’ulotlarga qaratiladi, talabalarni nafaqat rasm chizish, balki parma, tokorlik dastgohi, gaz yordamida payvandlash uskunalari, kompyuterlarni boshqarish kabi ishlarga ham o’rgatiladi. Undan tashqari erkin ravishda tajriba va eksperiment o’tkazishlari uchun ma’lum miqdorda ajratilgan ashyolar bilan sharoitlar yaratib beriladi. Ularning diqqat e’tibori ishlab chiqarish va yangi buyumlar yaratishga safarbar qilinadi. Germaniyada dizaynerlarning kasbiy tayyorgarligi uchun ko’pincha butunbir o’quv semestri ajratiladi, talabalar korxona va firmalarga tajriba oshirish uchun yuboriladi. Natijada bunday mutaxassis-bakalavrlarga mehnat bozorida talab katta bo’ladi. Dizaynerlarni kasbiy tayyorlashning vazifasi, maqsadi, mohiyati, nazariyava metodlari Bauxauz pedagogik tizimi asosiga quriladi. Eng avval sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda turli ashyolar bilan ishlash va ularni o’rganish, yangi texnologiyalarni qo’llash, o’quv jarayonlaridagi faol ijodkorlik, yangi konstruktorlik yechimlarini izlash, narsalarning funksiyasidan kelib chiqqan holda shakl yaratish ana shular jumlasidandir.

Yüklə 95,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə