Преподавание зыка и литературы anguage and literature


tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
uzb-2019 4-son

tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining Abdulla Qodiriy tavalludining 125 
yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi farmoyishiga 
muvofiq, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi 
madaniyat va istirohat bog‘i Ichki ishlar vazirligidan 
Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqaruv huquqi 
asosida bepul o‘tkazilishi, istirohat bog‘ida Abdulla 
Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan adabiy muzey, ijodiy 
maktab, kutubxona barpo etilishi, adibning mahobatli 
haykali o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan edi. Shuningdek, 
yozuvchi yashab ijod qilgan uyda uy-muzeyi tashkil 
etilishi, Respublika teatrlarida adib asarlari asosida 
spektakllar sahnalashtirilishi, “O‘zbekkino” milliy 
agentligi tomonidan Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyati 
haqida badiiy film, asarlari asosida qisqa metrajli film 
yaratilishi belgilangan edi. 
Kuni kecha adibning tavallud kuni munosabati bilan 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, yozuvchi 
va shoirlar dastlab Kamolon qabristonidagi adib qabrini 
ziyorat qildilar. 
So‘ngra tadbir atoqli shoir va yozuvchilar, 
adabiyotshunos olimlar va talaba-yoshlar ishtirokida 
A.Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 
ko‘tarinki ruhda davom etdi. Mehr va ehtirom ramzi 
sifatida ulug‘ adib haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. 
M.DO‘STMUHAMEDOVA tayyorladi.
N
ew

Y
ang
iliklar 
Нов
ос
ти


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
3
Surxon vohasi – qadimdan o‘z san’ati va madaniya-
tiga ega yurt. Xalq udumlari ham o‘zgacha. Sayqal top-
gan san’ati o‘zining nozik qirralari, serjilo ohanglari va 
noyob jihatlari bilan boshqa xalqlar san’ati va madani-
yatidan ajralib turadi. Ayniqsa, baxshichilik san’atining 
betakror jihatlari ko‘p. Ilk bor O‘zbekiston xalq baxshisi 
unvoniga ham Surxon vohasi vakili sazovor bo‘lgan edi. 
Bugun esa butun dunyo ahli juda katta e’tibor va hur-
mat bilan yana bir bor Surxon vohasiga o‘zining hayra-
tomuz nigohini tikdi. Zero, aynan shu yerda qadimiy 
san’at vakillari bugun o‘z iqtidor va iste’dodlarini jonli 
ovozda namoyish etish uchun yig‘ilishdi. Dunyo-
ning 74 mamlakatidan tashrif buyurgan meh-
monlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning tabrigidan yurtimizda 
folklor – xalq san’atiga qaratilayotgan 
e’tiborning yana bir bor guvohi bo‘lish-
di. Prezident tashab 
busi bilan quril-
gan muhtasham San’at saroyi atrofida 
tiklangan barcha viloyatlarning ko‘rkam 
ko‘rinishlari, tari xi, madaniyati va san’ati aks etgan 
ko‘rgazmalar, jonli ijrolar – bularning hamma-hammasi 
tantana shukuhiga shukuh qo‘shdi.
Buxoro zardo‘zlarining ishlari, Qashqadaryo voha-
sining qadim Oqsaroyi, Jizzaxning tog‘ tizmalari ko‘rini
-
shi-yu Samarqand nonlarining muattar hidi, Namangan-
ning xushbo‘y gullari, Qoraqalpoqning yangi Oroli va 
Xorazmning qadim navolari-yu hayratomuz chugirmasi, 
Marg‘ilon atlaslari jilosi-yu Toshkent qo‘g‘irchoqlarining 
ijrosi, xullas, barcha viloyatlarning til ojiz mo‘jizalari yur-
timiz mehmonlarini lol qoldirdi. 
Bu katta tantananing bosh maqsadi baxshichilik 
san’atining ona yurti – so‘lim Surxon zamini ekanini 
dunyoga ayon qilish edi. Haqiqatan ham, o‘sha olis 
tarix manzaralari bir zum hammani o‘tmishga qaytardi
o‘lmas navolarga oshno qildi, betakror ovoz sohiblarini 
elga namoyish etdi, do‘stlik rishtalarini mustahkamladi. 
Tarixning ayovsiz sinovlarida sinmagan baxshichilik 
san’ati o‘zbek milliy musiqa san’atining yuksak mum-
toz namunalarini o‘zida aks ettiradi. Unga yo‘l xalq 
musiqiy-she’riy ijodiyoti, baxshilar tomonidan tildan-til-
ga ko‘chuvchi dostonlar va epik rivoyatlar asoslarini 
chuqur anglashdan boshlanadi.
Tadbir dasturi izchil rivojlanib boradigan yago-
na yaxlit kompozitsiya uchta asosiy bo‘g‘indan iborat 
o‘ziga xos zamonaviy “Doston” asosida qurildi. Bular: 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə