Преподавание зыка и литературы anguage and literature


SO‘ZDA MOHIR-U MEHRDA TENGSIZ INSON



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
uzb-2019 4-son

SO‘ZDA MOHIR-U MEHRDA TENGSIZ INSON 
– Ijodkor qalbini tushunish, his qilish hammaning 
qo‘lidan kelavermaydi. Ustoz bilan turmush qurgan 
paytingizda shoir qalbini tushunish, xarakteri, o‘ziga 
xos dunyosiga moslashish qanday kechgan? 
– Vaqtning o‘zi insonni hamma narsaga o‘rgatib, 
mos lashtirib boraverarkan. Erkin aka ish stolidagi o‘ziga 
tegishli qalam-qog‘ozlarga qo‘l tegishini xushlamasdi-
lar. Yozganlarini ham odatda ruxsatlarisiz o‘qishga, 
qog‘ozlarni varaqlashga botinmaganman. Bizni hayot 
ko‘p ham erkalamagan. Hech kimning turmushi birdan 
to‘kis bo‘lib qolmaydi. Unda kamchilik ham, yo‘qchilik 
ham, er-xotin o‘rtasida “qovoq-tumshuqli” kunlar ham 
bo‘lib turadi. Ba’zan tunda ko‘zda yosh bilan yostiqqa 
bosh qo‘yib, ertalab tabassum bilan uyg‘onib ketaver-
ganman. Uydagi gapni ko‘chaga olib chiqqandan foyda 
yo‘q. Erkin akaning mehri, iliq so‘zlari meni qaytadan 
“tiklayvergan”. Onam “Eringni ko‘nglini o‘ksitma. Sen 
dardingni menga aytib yengil tortasan. Uning dardini 
eshitadigan kim bor”, – deb ko‘p takrorlardilar. Erkin aka 
bilan bir-birimizga hurmatimizni saqlagan, ahilligimizni 
ushlab turgan narsa bu – bizning o‘zaro hamdardligimiz 
edi. Xafa bo‘lsak, arazlashsak yoki nimadir sabab bo‘lib 
tortishib qolsak, borib dardimizni aytib yengil tortadigan 
inson – o‘zimiz edik. Shuning uchun faqat bir-birimiz-
ga dardkash, yelkadosh bo‘ldik. Bundan tashqari kek 
saqlab yurishni juda yomon ko‘rardim. Xafagarchilikni 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-
mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati 
bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga bino-
an turli sohalarda tashabbus ko‘rsatib, mehnat 
qilayotgan bir guruh ayollar faxriy unvon, orden 
va medallar bilan taqdirlandi. Mukofotlangan-
lar orasida taniqli olima va jamoat arboblari, 
sportchi murabbiylar, tadbirkorlar, shifokorlar
mehnat faxriylari bilan birga atoqli shoir va yo-
zuvchilarimizning umr yo‘ldoshlari ham bor.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohiba-
si Gulchehra Vohidova bilan suhbatimiz ha-
yoti davomida xalq, adabiyot va so‘z xizmatida 
yashagan O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri 
Erkin Vohidovning umr yo‘li va ijod sirlari, o‘ziga 
xos xislatlari, oilada tutgan o‘rni haqida bo‘ldi. 


6
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
tezda esimdan chiqarib yuborardim. Dilxunlik bilan 
o‘tgan kunda na kayfiyat, na ishda unum bo‘ladi, deb 
o‘ylayman. Orada qancha yaxshi-yomon kunlar o‘tdi. 
Ba’zan yo‘qchilik bilan ham, to‘qchilik bilan ham o‘tgan 
kunlar bo‘lgan. Bunday paytlarda ayol kishiga faqat 
sab ri yordam berarkan.
Erkin akaning she’r va oiladan bo‘lak boyliklari 
bo‘lmagan. Nimaki topgan, orttirgan bo‘lsalar, barchasi-
ga peshona teri, halol mehnati, tortgan zahmatlari eva-
ziga erishganlar. Tabiatan bosiq, kamtarin, kechirimli, 
mehribon inson edilar. 
– Ustozning “Yoshlik devoni”, “Ruhlar isyoni”, 
“Nido” kabi bir qator to‘plamlari, saylanma va dostonlari 
milliy adabiyotimiz durdonalariga aylangan. Tarjima so-
hasidagi faoliyatlarini alohida maktab deyish mumkin. 
Ayniqsa, shoirning “So‘z latofati” kitobi o‘zbek tilining 
lisoniy boyligi, imkoniyatlarini yana bir karra namoyon 
etdi. Ustozning badiiy tafakkuri nimadan quvvat olardi? 
U kishining so‘z boyligi manbayi nima bo‘lgan?
– Kitobga oshnolik va mutolaadan, albatta. Ular 
ko‘proq mumtoz adabiyotga yaqin inson bo‘lganlar. 
Ayniqsa, Hazrat Alisher Navoiy ijodiga ko‘pdan ha
-
vasmand edilar. G‘azalga mehrlari ham, balki ulug‘ 
shoirga bo‘lgan yuksak havas natijasidir. Erkin akaning 
ma’naviy-ruhiy olami mumtoz adabiyotimizga singdi-
rilgan go‘zal fazilatlar bilan chambarchas bog‘langan-
di. Navoiyning qaysi asari haqida so‘ralsa, sharhlab 
berardilar. O‘n yillar davomida televideniyada “G‘azal 
oqshomi” ko‘rsatuvini olib bordilar, ko‘pchilikning qal-
bida g‘azalga qiziqish, mumtoz adabiyotga muhabbat 
uyg‘otganlar. Yana rus adabiyotini o‘zgacha mehr bi
-
lan o‘qirdilar. Shaxsiy kutubxonalaridagi kitoblarning
aksariyati rus klassik adabiyotidan iborat edi. Rus 
she’riyatining yorqin shoirlari, ayniqsa, Sergey Yesenin 
she’rlarini ona tilimizga xuddi rus shoiri o‘zbek tilida 
she’r yozganidek mahorat bilan tarjima qilishlarida o‘qi-
gan kitoblarining katta hissasi bor, deb o‘ylayman.
Erkin akaning ijodlari janr jihatidan rang-barang. 
Ular faqat g‘azal yozishga o‘tirib, boshqa janrlarni 
chetga surib qo‘ymaganlar. Aruzdan xoli paytlari “Oltin 
devor”ni yoki “Matmusa”ni yozganlar. Bu asarlar hajviy 
usulda yozilgani bilan kosa tagida nim kosasi ham bor. 
Hazil gapning zilini hamma ham tushunavermaydi. “Do
-
nishqishloq latifalari”ni o‘qigan odam hech bo‘lmaganda 
hayotning kichik bir haqiqatini anglaydi. Bu asarlarning 
hammasida kishi aqlini “yurgizadigan” fikr, ma’no bor. 
G‘azal ijodkor yuragini tirnab dunyoga keladi, deb hi-
soblayman. Undagi mohiyat, uslub shoirdan juda katta 
salohiyat, so‘zga mohirlik, fikran teranlikni talab qiladi. 
Barmoq vaznidagi asarlar aruzga qaraganda birmun-
cha osonroq. Bu bilan barmoqda she’r osongina yozi-
ladi, demoqchi emasman. Aytmoqchi bo‘lganim, Erkin 
aka ijodidagi xilma-xillik u kishining barcha janrlarda 
erkin ijod qila olish mahoratlarini ko‘rsatib turadi. 
– Ustoz o‘z xotiralarida: “1970–1975-yillar ishsiz 
yurdim. Hech qayerda she’rlarim ham chop etilmadi. 
Bu yillar mening ezilgan, tushkun va kayfiyatsiz yillarim 
bo‘ldi”, – deb yozadilar. Bu yillarni siz qanday xotirlay-
siz? 
– “O‘zbegim” qasidasi uchun Erkin akani yaxshigina 
siquvga olishganini ko‘pchilik biladi. Shu sabab o‘zlari-
dan ko‘ra ko‘proq ish joylaridagi muharrirlarni o‘ylab o‘z 
xohishlari bilan ishdan bo‘shaganlar. O‘sha paytlarni 
“tushkun va kayfiyatsiz yillar” deb yozganlariga qara
-
may, bu yillar ular uchun ijodiy tanaffus bo‘ldi. Lekin 
shunda ham bo‘sh o‘tirmay, vaqtni bekor o‘tkazmay 
“Faust”ni o‘zbek tiliga o‘girdilar. Ijodlaridagi tanaffusni 
ana shu yirik tarjima bilan to‘ldirdilar. Bu yillar tushkun-
lik yoki xafagarchilik bilan o‘tib ketmadi, balki qizg‘in 
ijod, mehnat va mashaqqat bilan kechdi. Shoir dunyo 
adabiyotidagi yirik asarning ona tilimizdagi tarjimasini
o‘zbek adabiyoti o‘quvchilariga taqdim etdi.
– “Oltin devor” pyesasi yoki “Matmusa” turkumiga 
kiruvchi hajviy she’rlarda o‘tkir hajv ruhi yetakchilik qila-
di. Ustoz ijodidagi yumorga moyillik kundalik turmushda 
ham ko‘zga tashlanarmidi?
– Erkin aka tashqi ko‘rinishlari jihatidan atrofdagilar-
da umuman boshqacha taassurot uyg‘otardilar. Ularda 
salobat, bosiqlik bor edi. Uzoqdan qaraganda xuddi u 
kishining yaqiniga yo‘lab bo‘lmaydigandek fikr uyg‘onar
-
di. Lekin bir marta suhbatlarida bo‘lgan odam yonlari-
dan jilgisi kelmay qolardi. Davralarda, uchrashuv larda 
har bir gaplaridan hajvning hidi kelib turardi. Har qan
-
day noqulay vaziyatdan so‘zga mohirliklari sabab us-
talik bilan chiqib ketardilar. Atrofdagilarga faqat kulgi, 
yaxshi kayfiyat ulashardilar. 
– Davlat ishlari, ijodiy safarlar, ijoddan xoli paytla-
rida ustozga qanday mashg‘ulot va yumushlar huzur 
bag‘ishlagan?
– Yoshlik paytlaridan kitob va shaxmatga do‘st 
tuting anlar. Ayniqsa, sevimli mashg‘ulotlari shaxmatga 
umr bo‘yi sodiq qoldilar. Yozuvchilar bog‘ida bo‘ladi
-
gan shaxmat musobaqalari ijodkorlar o‘rtasida yaxshi 
an’anaga aylanib ulgurgan. Turnirlar tashkil qilishda, 
g‘olib shaxmatchi-yozuvchilarni taqdirlashda ham Er-
kin aka bosh-qosh bo‘lardilar. Shaxmat bo‘lib o‘tadigan 
kun ular uchun haqiqiy bayram edi. Ustozga bayram-
ning bundan ortig‘i yo‘q edi. Shaxmatga berilib ketgan 
paytlarida ba’zan ulardan noroziligimni sezib turardilar. 
Shunday vaqtlarda menga atab “Meni shaxmatdan 
qilma judo, Sen ham shirin, shaxmat ham shirin”, deb 
she’r yozganlar. Musobaqalarni o‘tkazib uyga qaytgan-
laridan keyin boshqatdan shaxmat taxtasiga donalarni 
terib o‘zlari bilan o‘zlari qaytadan o‘ynardilar. Mabodo 
o‘yinda yutqazib qo‘ygan bo‘lsalar, qayerda xato yurish 
qilganlarini aniqlash uchun ham qaytadan dona terar-
dilar. Xotiralari kuchliligidan o‘yindagi har bir yurishni 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
7
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
eslab qolardilar. Gohida hazillashib: “Yarim tungacha 
ushlanib qoldimmi, demak, men qayerdadir shaxmat 
o‘ynayotgan bo‘laman. Shuning uchun mendan xavotir 
olmang!” – derdilar. Taqdir yo‘llarimiz bog‘lanayot-
gan paytlarda ham Erkin aka haqida mahalladagilar 
“Aqlli, yaxshi yigitku-ya, lekin juda zerikarli bola-da!” 
de yishgan ekan. Negaki, ular bo‘sh vaqtlarini ko‘cha-
da bekor o‘tkaz maganlar. Shuning uchunmi atrofdagi 
qo‘ni-qo‘shnilari tortinchoq, zerikarli yigit deb o‘ylash-
gan bo‘lsa kerak. 
– “Gulchehralar” she’rini o‘qigan o‘quvchida dastlab 
shoir ushbu she’rni o‘z rafiqasiga atab yozgan degan 
tasavvur uyg‘onadi? Aslida-chi? 
– “Gulchehralar” she’ri tanishishimizdan avval yozil-
gan. Kitobga kiritilganda ham sarlavha tagida “Shoira 
qizlarga”, deb yozib qo‘yganlar. Toshkent davlat uni-
versiteti (hozirgi O‘zMU)da o‘qib yurgan paytlarim 
amaliyotimni gazetadan boshlaganman. Xotin-qizlar 
bayrami sonida kichik lavham gazetada bosilgan. Ma-
qolam e’lon qilingan o‘sha sahifaning o‘rtasida Erkin 
Vohidovning “Gulchehralar” nomli she’ri ham bosilgan 
edi. Bu she’r o‘sha davrda tanilib borayotgan shoira 
ayollarga bag‘ishlangandi. Bosh muharrir gazetaning 
yangi sonini sharhlayotgan paytda Erkin Vohidovga 
qarab: “Erkinjon, bizda ham Gulchehra ismli qiz bor. 
Shu qizimizni ham she’ringizga qo‘shmabsiz-da”, – deb 
hazil lashgandi. Bu gapdan “duv” qizarib ketgandim. 
U paytlarda Erkin aka ishlayotgan nashriyot bilan 
men amaliyot o‘tayotgan gazeta tahririyatlari bitta bino-
da joylashgan edi. Erkin aka gazetaga ba’zan she’r 
olib kelib turardilar. Shu tariqa gohida yo‘l-yo‘lakay 
uchrashib qolardik... 
Tog‘asining qo‘lida kat-
ta bo‘lgan shoirning sovchi-
lariga dastlab uydagilar 
rad javobini berishgan. 
Sovchilik ishlariga diniy va 
dunyoviy bilimlar allomasi 
Alixonto‘ra Sog‘uniy ara-
lashganlaridan so‘ng ro-
zilik berishgan. 1963-yilda 
to‘yimiz bo‘ldi. To‘yimizda 
G‘afur G‘ulom, Mirtemir, 
Chustiy domla, G‘ayratiy 
va yana bir qancha taniqli 
shoirlar ishtirok etishgan.
– Farzand tarbiyasida 
nimalarga ko‘proq e’tibor 
berganlar?
– Xizmat vazifalaridan 
ta’til olgan vaqtlari, albatta, 
vaqtlarini oilaga, farzand-
lariga ajratardilar. Bolalar 
shamollamasin, deb Issiqko‘lga olib borardilar. Yonlari
-
da bo‘lib men ham yurt kezdim, turli davralarni ko‘rdim. 
Bolalar ko‘proq meni qo‘limda bo‘ldi. Qizlar tarbiyasida, 
baribir, onaning o‘rni ko‘proq bilinadi. Lekin har doim 
ishdan qaytganlarida bolalarni yonlariga olib, nima ish 
qildi, qanday kitob o‘qidi, albatta, qiziqib gaplashardilar. 
Xizmat safari bilan xorijga ketayotgan bo‘lsalar, albatta, 
Xurshidjonga maxsus vazifa berib ketardilar. Borayot-
gan davlatlarini xaritadan topib, geografiyasi, tarixini 
o‘rganib, kelganimdan so‘ng aytib berasan, deb tayin-
lardilar. Qizlarga faqat yumshoq ohangda gapirardilar. 
Ro‘zg‘orning kam-ko‘stini ham vaqtida to‘ldirib qo‘yardi-
lar. O‘g‘limning xarakteri, fazilatlari, gohida ovozi ham 
otasiga juda o‘xshab ketadi. O‘zi boshqa ishning boshi-
dan tutgan bo‘lsa ham, adabiyot muhitida katta bo‘ldi, 
shu muhitga moslashdi. Ijodkorlar orasidan do‘st, aka-
uka orttirdi. O‘rni kelganda ulardan yo‘l-yo‘riq, maslahat 
so‘raydi. Biror yig‘in, tadbir o‘tkazilsa, darvoza qoqib 
yo‘qlab kelishadi. Bundan, albatta, xursand bo‘laman. 
– So‘zga mohir, qalbi mehrga to‘liq Ustozning ijodiy 
maktabi hali ko‘p avlodlar yuragida so‘zga muhab-
bat, she’rga shaydolik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shoirga 
xos kamtarinlik, donishmandlik, kitob va mutolaaga 
mehr barcha uchun ibrat bo‘lishga arzigulik xislatlardir. 
Gulchehra opa, ustoz shoirimiz yashagan xonadonni 
yanada fayz va mehrga to‘ldirib, hamisha sog‘-u sa-
lomatlikda yurishingizni tilaymiz. Suhbatingiz uchun 
tashakkur!

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə