SAMARQAND ZAFARVA KULFAT
Boburning qo‘shini Samarqandni butun yoz va kuz bo‘yi qamal
qildi. Boysunqur mirzo yetti oy shahar darvozalarini berkitib yotdi-
yu, axiri ochlik va tanqislikka bardosh berolmay, sovuq qish kecha-
laridan birida yaqin odamlari bilan Samarqanddan yashirincha chi-
qib, Hisor tomonga qochdi.
Shaharda qolgan beklar bundan xabar topganlaridan keyin qal’a
darvozalarini ochtirdilar.
Boburning uch mingga yaqin qurolli kishilari zafar kuyini chalib,
qo‘sh naqoralar va karnaylar sadosi ostida shaharga kira boshladilar.
Bobur besh yasharligida ko‘rganlari yaxshi esida qolmagan ekan.
Samarqandning har yer-har yeridan moviy tog‘lar kabi ko‘kka bo‘y
cho‘zib turgan ulug‘vor gumbazlarning qaysisi Ulug‘bek madrasasi-
niki ekanini, qaysisi Bibixonim madrasasiga mansubligini yonida bo-
rayotgan Qosimbekdan so‘rab bildi. Faqat arkka yaqinlashganda chap
tomonda ko‘ringan ulkan obidaning Amir Temur maqbarasi ekanini
jangchining dubulg‘asiga o‘xshash gumbazning afsonaviy go‘zal
taram-taramlaridan tanidi. Qancha davrlar o‘tsa ham, bo‘yoqlari
xuddi bugun surilganday yap-yangi turgan bu ajoyib binolar, ularn-
ing tantanavor ko‘rinishi va oftobda g‘alati tovlanishi Boburning qal-
bidagi zafar zavqiga yana zavq qo‘shardi.
Ark joylashgan balandlikka ko‘tarilayotganlarida Bobur o‘ngu
so‘lda ko‘ringan ayvonli uylar va hovlilarga ko‘z tashladi-yu, birdan
o‘zining asira qallig‘i Oyisha begimni esladi.
Ajab emaski, begim mana shu uylardan birida darcha tirqishidan
g‘oliblarga qarab turgan bo‘lsa. U bechora endi barcha azob-uqubat-
lardan qutulib, Samarqand qizlari orasida eng mo
‘
’tabari bo‘lishini,
hamma uni «yosh podshohimizning qallig‘i», deb e’zozlashini bilar-
mikin?
Bobur otini Qosimbekning otiga yaqinlashtirib, past ovoz bilan
so‘radi:
– Asirlardan xabar olishga odam tayinlandimi?
Qosimbek bu savolning yashirin ma’nosiga tezda tushunolmadi:
– Amirzodam, qaysi asirlarni aytursiz?
Bobur otasi tengli Qosimbekning oldida qallig‘ini tilga olishdan
uyalar edi. U allanechuk iymanib qovog‘ini solganidan Qosimbek gap
nimadaligini fahmladi-yu:– Ha, asiralarmi? – deb, Bobur aytolmagan
so‘zni o‘zi aytdi. – Bu ishga No‘yon Ko‘kaldoshni tayin etganmen. Av-
99
valo Sulton Ahmad mirzoning farzandlaridan xabar olinur. Qulingiz
aytganmen. Kechqurun No‘yon sizga axborot berur.Ark ichiga kirdi-
lar. Bu yerdagi eng ulkan va salobatli bino – to‘rt qavatli Ko‘ksaroy
edi. Ko‘ksaroyda juda ko‘p fojialar bo‘lgan, talay shahzodalar shu
yerda o‘ldirilgan. Shuning uchun Samarqandning so‘nggi tojdorlari
Ko‘ksaroyda turmas edilar, faqat mashhur Ko‘ktosh ustiga chiqib,
tantana bilan taxtga o‘tirish marosimini o‘tkazar edilar. Bobur ham
arkning o‘ng tomonida joylashgan Bo‘stonsaroyga tushdi.
Oqshom Bo‘stonsaroyda qandillar yondirilganda Bobur o‘tirgan
xonai xosga No‘yon Ko‘kaldosh kirib keldi. Zar bilan naqshlangan
bu xona juda sovuq edi. Ular ikkovi po‘stinlarini va telpaklarini
yechmasdan ko‘rpacha ustida o‘tirib gaplasha boshladilar. No‘yon
Ko‘kaldoshning ovozida iliq bir hayajon sezildi. Bobur podshoh
bo‘lganidan beri ulug‘ beklar atrofini o‘rab olib, No‘yon Ko‘kaldoshday
tengdoshlari ancha chetga chiqib qolgan edi. Bugun oralari yana
ilgarigiday yaqin bo‘lib qolganidan quvongan No‘yon to‘lqinlanib
so‘zlay boshladi:
– Amirzodamning nomlaridan oltin bilaguzuklar, asl matolar,
subhoni o‘riklar, lavzinalar olib bordik. Ulug‘ xolangiz Mehr Nigor
xonim peshvoz chiqdilar...
Bobur o‘z onasini esladi. Mehr Nigor xonim – Qutlug‘ Nigor xon-
imning tug‘ishgan opasi va Sulton Ahmad mirzoning katta xotini
edi. Oyisha begimning onasi yoshligida o‘lib ketgan, uni farzandsiz
Mehr Nigor xonim tarbiyalab o‘stirgan, hozir ham unga ona o‘rnida
g‘amxo‘rlik qilar edi. Shuning uchun Mehr Nigor xonim Boburga ham
xola-yu, ham bo‘lajak qaynona edi.
–
Ozib ketibdilar, – deb davom etdi No‘yon. – Oshliqdan* juda qi-
ynalmishlar. «Qahatchilik bo‘lib, pulga oshliq topilmay qoldi», dey-
dilar. «Zog‘ora nonga ham zor» bo‘ldik, deb yig‘lab yubordilar. O‘tin-
cho‘plari ham yo‘q ekan. «Sovuqda diydirab o‘ltiribmiz» deydilar.
–
Boysunqur mirzo shu qadar noinsoflik qilibdirmi, a?
–
Mirzoning o‘zi ham oxirgi paytlarda qorni to‘yib taom yem-
agan bo‘lsa kerak, amirzodam. Yetti oy qamalda yotish osonmi?
Ko‘chalarda ochdan o‘lgan odamlarning o‘liklari yotibdi. Faqiru be-
choralar ochdan o‘lmaslik uchun eshak go‘shtini, it go‘shtini yeyish-
gacha yetib bormishlar... Biz bundan bexabar ekanmiz. Dar-hol qay-
tib kelib, Qosimbek qavchinga uchradim. Bir arava un, guruch, bir
arava o‘tin, o‘nta qo‘y oldik. Ke-yin hammasini yana o‘zim eltib top-
shirdim. Shunda meni ichkari uyga taklif qildilar. No‘yon Ko‘kaldosh
100
sirli kulimsirab, bir lahza taraddudlanib turdi. Bobur uning hozir Oyi-
sha begim haqida gapirmoqchi ekanini sezib, sabrsizlandi:
–
So‘zlang, No‘yon, so‘zlang!
–
Tillakori uyda Oyisha begim yuzlariga oq ipak parda yopib
qarshimdan chiqdilar... – No‘yon bir to‘xtab oldi. Oyisha begim un-
ing ko‘ziga juda kichkina, norasida o‘smir qizchadek ko‘ringan edi. U
buni Boburga aytishga jur’at etmadi. – Juda nozik ko‘rindilar. «Xush
kelibsiz», dedilar. Ovozlari shunday mayin, shunday sof.
Bobur Andijondan Oyisha begimni o‘ylab kelib, endi ko‘rishol-
masligi, balki sabrsizlik qilgan kabi qiz tomonni ham ranjitishi unga
bedavo bir dard bo‘lib tuyuldi. No‘yon Ko‘kaldosh bu dardga dori top-
moqchiga o‘xshab qo‘yniga qo‘l soldi-yu, jajjigina oq ipak xaltacha oldi.
–
Oyisha begimning nomidan sizga buni Mehr Nigor xonim berib
yubordilar. Bobur xaltachani qo‘liga olganda ichida hech narsa
yo‘qday tuyuldi. Bog‘ichini ochib xaltachani kaftiga sekin ag‘dargan
edi, ikki dona gavhar tushdi. Har biri guruchdan sal kattaroq, ammo
xiyla salmog‘i bor. Jilosi nafis va ulug‘vor.
–
Sirtiga ham qarang, – dedi No‘yon.
Nozik munchoqlar bilan bezatilgan xaltachaning sirtiga kashtaga
o‘xshatib tikilgan chiroyli ipakyozuvni Bobur endi ko‘rdi. «Najot-
korimizga» degan birgina so‘z unga butun bir muhabbatnomadek
shirin tuyuldi. Oyisha begim bu ipak yozuvni oldindan tika boshlagan
bo‘lsa kerak. Aks holda, No‘yon borgan zahoti tikib ulgurmas edi. De-
mak, u Boburning najot keltirishiga ishongan!
–
Amirzodam, qo‘lingizdagi gavharlarning tarixini eshiting, –
deb davom etdi No‘yon. – Bular Sulton Ahmad mirzoning sallalariga
qadalgan asl gavharlardan ekan. Uning mungliqlari tilak bildirdilarki,
Sulton Ahmad mirzoning shu gavharlari siz bilan birga yana Samar-
qand taxtiga chiqsinu, sizning aziz boshingizda yuz yil bezavol por-
lab tursin! Sulton Ahmad mirzo tilga olinganda Boburning ko‘ngli bir
xira tortdi. Ammo uning qo‘lidagi gavharlar shunday musaffo tovla-
nar ediki, ularda porlagan go‘zal nur qallig‘ining ko‘zlaridan nishona
berib turganga o‘xshardi.
–
Mayli, mungliqlar tilagandek bo‘lsin! – dedi Bobur No‘yonga.
So‘ng sekin qarsak chalib, dastorpechni chaqirtirdi.
Dastorpech bu gavharlarni Boburning tantanali marosimlarda
o‘raydigan sallasiga qadab qo‘ydi.
Shu oqshom Bobur g‘oyibona mehr qo‘ygan qallig‘ini ko‘rgisi ke-
lib, g‘azal yoza boshladi:
101
Jamoling vasfini, ey oy, necha eldan eshitgaymen Ne kun bo‘lg‘ay
visolingga meni dil xasta yetgaymen?
Qish chillasi avjida. Izg‘irinli yellar esadi. Qo‘l-oyoqlariga kishan
solingan, kiyimlari yirtiq mahbuslar Samarqandning Registon may-
donida sovuqdan qaltirab, shahar qozisining hukmini tinglaydilar.
Ishonchli amaldorlarning aniqlashlariga qaraganda, bular Bobur
mirzoga xiyonat qilganlar – qamal paytida unga maxfiy odam yu
-
borib, «kechasi kelinglar, darvozani ochib berurmiz», deganlar. Bo-
burning bir dasta botir navkarlari G‘ori Oshiqon oldidan qal’aga os-
hib o‘tganda, xiyonatchilar ularni dushmanlariga tutib berganlar.
– Biz emas! Tutib berganlar qochib ketmishlar! – yig‘lamsirab
qichqirdi mahbuslardan biri.
Ammo uning so‘ziga hech kim e’tibor bermadi. Farmoni oliyga
binoan jallod ularning qo‘llarini or-qalariga bog‘lab, maxsus chuqur
oldiga cho‘kkalatib qo‘ydi-da, bo‘g‘izlariga xanjar tortdi. Qatl etilgan-
larning issiq qoni maydonning toshlariga sachrab, sovuqda hovur
chiqarib bug‘lanar edi.
Kechasi bo‘ralab yoqqan qor buning hammasini bekitib, borliqni
oppoq qilib ketdi. Ertasi kuni tushdan havo yumshab, gumbazlarning
qorlari erib tusha boshladi.
Peshin namozidan keyin Bobur mirzo otlanib Samarqand rasta-
larini aylanishga chiqdi.
Yonida eshik og‘a Qosimbek, Ahmad Tanbal va Xonquli degan
yana bir bek orqaroqda navkarlar bilan kelishmoqda. Shaharning
qayerida nima borligini yaxshi biladigan samarqandlik keksa shoir
Javhariy ularga yo‘l ko‘rsatib, oldinda boryapti.
Ulug‘bek qurdirgan ulkan gumbazli xonaqodan o‘tganlaridan
keyin Javhariy kunchiqish tomondagi ko‘chani ko‘rsatdi.
–
Amir Alisher Samarqandga kelganlarida mana shu ko‘chadan
ko‘p o‘tar edilar. Mazkur ko‘chaning oxirida Alisherbekning ustozlari
faqih Abdullays istiqomat qilur edi. Uylari hali ham bor.
–
Siz Mir Alisherning suhbatlarida bo‘lganmisiz? – so‘radi Bobur.
– Ha, yoshimiz Alisherbek bilan teng edi, ammo faqir u zotni us-
toz o‘rnida ko‘rur edim, mudom ash’orlarimni o‘qib berib, maslahat
olur edim. Unutmagan ekanlar, «Majolisun nafois» nomli kitoblarida
faqirni ham tilga olmishlar.
Soqollari oppoq, qoshlariga ham oq tushgan Javhariy hozir Bo-
burning havasini keltirdi. Qani u ham Navoiyning nazari tushgan
shoirlardan bo‘lsa! Ammo Bobur hali mashq she’rlar yozishdan nar-
102
iga o‘tgan emas, ularni birovga ko‘rsatishga uyaladi. Shunday bo‘lsa
ham katta shoir bo‘lish orzusini hech tark etmaydi. Mana shu orzun-
ing ta’sirida bugun Bobur o‘ziga yo‘l ko‘rsatuvchilikka Samarqandn-
ing mashhur beklarini emas, Navoiyni ko‘rgan mo
‘
’tabar shoirni tak-
lif qilgan edi.
Javhariy ularni novvoylar mahallasiga boshladi. Ko‘chalar allane-
chuk huvillagan. Bosilmagan qor otlarning tizzasiga chiqadi. Soya
joylarda izg‘irin yuzni yalab o‘tsa ham, oftob tushib turgan paxsa de-
vorlar va tom bo‘g‘otlari erigan qordan ho‘l bo‘lib borar edi. Bobur
tomlarga qaradi. Birortasi kuralmagan. Tom kurayotgan bironta
odam ko‘rinmaydi. Novvoylik rastasiga kelsalar, qator do‘konlarning
hammasi yopiq. Boburning taajjubi ortib, Javhariyga qaradi:
–
Mavlono, novvoylar ko‘chib ketganmilar?
–
Mirzo hazratlari uch oydirki, rastaga non chiqmaydi. Chunki
un yo‘q. Qamalda ko‘p novvoylar ochdan o‘lib ketdi. Odamlar holdan
toygan. Tomga chiqib qor kurashga ham madorlari yo‘q.
Bobur bunga sababchi bo‘lgan odamdek o‘ng‘aysizlanib Qosim-
bekka qaradi. Qosimbek esa shoirga kesatibroq gapirdi:
–
Novvoylarning tirik qolganlari ham bordir, mavlono?
–
Albatta, bor. Lekin yordamga muhtoj. Qani, endi amirzodam
buyursalaru novvoylarga un berilsa. Rastalar yana ochilsa, Samar-
qandning mashhur nonlaridan odamlar to‘yib yesa.
Bobur Javhariyning aytganini qilmoqchi bo‘layotganini sezib, Qo-
simbek buning oldini olishga intildi:
– Amirzodam, bizda ham oshliq oz qoldi. Qo‘shinga zaxira kerak.
Rastalarga hozir un berolmasmiz. Balki keyinroq...
Keksa shoir Boburga umid bilan qarab turibdi... Shu payt uning
qora movut chakmonimi, xiyol egik yelkasimi, kalta qirqilgan soqoli-
mi, nimasidir Boburga Navoiyning Behzod chizgan rasmini eslatdi.
Bobur mavlononi noumid qilsa, Navoiyning umidini ham oqlolmay-
diganday bo‘ldi. U Qosimbekka buyruq ohangida gapirdi:
–
Biz unni rastalarga emas, novvoylarga bermog‘imiz kerak. Is-
honchli bir kishi nazorat qilsin, novvoylar non yopib, bizning nomim-
izdan ochlarga tarqatsinlar. Besh-olti qop un bilan qo‘shin zaxirasiz
qolmas. Jizzaxga yuborilgan karvon erta-indin oshliq olib qaytgusi!
–
Saxovatingizga ofarin, Mirzo hazratlari! – deb Boburning
so‘zlariga faqat Javhariy quvonch bildirdi.
Semiz to‘riq ayg‘irning jilovidan tortib turgan Ahmad Tanbal ma-
vlonoga qarab po‘ng‘illadi:
103
– Amirzodam Boysunqurdan qolgan ochlarning qaysi biriga osh-
liq yetkazsinlar? Biz bularni boqishga keldikmi?
Ahmad Tanbal, «amirzodam» deb, go‘yo Boburga jon kuydirib
gapirgan bo‘lsa ham, aslida Boburning hozirgi buyrug‘idan noroziligi
sezilib turardi. Ahmad Tanbal O‘shda Xonzoda begimga odam qo‘yib
niyatiga yetolmaganidan beri Boburga qarshi adovati avvalgidan o‘n
hissa ortiq bir kuch bilan xuruj qilmoqda edi.
– Janob Ahmadbek, – dedi Bobur. – Biz Samarqandni boqish
uchun kelmagan bo‘lsak, talash uchun ham kelgan emasmiz!
Tanbal kecha zargarlarni talatganini eslab, ko‘zlari bir bejo bo‘ldi.
Ammo o‘zini osoyishta ko‘rsatib:
– So‘zingiz to‘g‘ri, Mirzo hazratlari, – dedi. Biroq shuncha jangu
jadal bilan olgan shahrimizdan ozgina o‘ljador bo‘lishga nahotki haq-
qimiz yo‘q? Axir g‘oliblarning o‘lja olishi ota-bobolarimizdan qolgan
rusum-ku!
Tanbalning gapi navkarlar orasida turgan Xonqulibekka juda yo-
qib tushgani uning kulimsirab bosh irg‘aganidan bilindi. Ko‘pchilik
navkarlar ham Ahmad Tanbalni haq deb bilar edi. Samarqanddan
durust o‘lja ololmagan beklarning barchasi norozi bo‘lib yurgani
ma’lum edi.
Shu topda Bobur o‘zini ikki o‘t orasida qolganday sezdi. Beklaru
navkarlarning ko‘ngliga qaray desa, bu yoqda raiyyat ocharchilik-
dan o‘lyapti. Raiyyatni ochlik changalidan qutqazay desa, beklaru
navkarlar: «Bular nega bizning nasibamizga sherik bo‘ladi?» – deb
dod soladi.
Bobur Qosimbekka umid bilan ko‘z tikdi-yu:
– Ocharchilikka faqat Boysunqur mirzo sababchimi?– dedi. –
Agar biz shaharni yetti oy qamal qilmasak, bu baxtsizlik bo‘lmasligi
mumkin edi-ku!
Qosimbek Boburning Tanbal qarshisida yakkalanib qolishini is-
tamadi-yu, munozarani tezroq tugatishga tirishdi:
– Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq
novvoylarga un berib, ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z zim-
mamga olurmen!
Bobur Qosimbekka minnatdorona ko‘z tashlab:
– Gap tamom, – dedi. So‘ng Javhariyga yuzlandi.– Qani endi sah-
hoflar* rastasiga o‘taylik.
Javhariy ularni qing‘ir-qiyshiq bir ko‘chaga boshlar ekan, Ahmad
Tanbal, qovoq-tumshug‘i osilib, Boburning ketidan ergashdi. Keng
104
bir sahnga chiqdilar. Yopiq turgan sahhoflik do‘konlari ko‘rindi. Ikki
do‘kon oralig‘idagi ikki tavaqalik darvoza ichidan avval qandaydir
shovqin eshitildi, so‘ng oyoq yalang, bosh yalang bir kampir dod solib
chiqdi:
–
Voy bolamni o‘ldirgan xudoning o‘zi o‘lsin! Och qolib shishib
o‘lsin! Kampirning ketidan o‘rta yashar ozg‘in bir erkakyugurib chiq-
di-yu, otliqlarni ko‘rib, qo‘rqqanidan bir lahza ag‘rayib turib qoldi.
Kampir hamon bor ovozi bilan baqirib xudoni qarg‘ardi:
–
Xudoning o‘zi qamalda qolib o‘lsin! Iloyo mening bolamday och-
dan o‘lsin! O‘lsin!!! Javhariy otini erkak kishi tomonga burib:
–
Mulla Qutbiddin, nima bo‘ldi? – deb so‘radi.
Mulla Qutbiddin endi hushini yig‘ib, kampirga qarab chopdi.
Ozg‘ingina, madorsiz kampirni sudrab hovliga olib kirib ketdi-da, en-
tikib qaytib chiqdi. Qo‘l qovushtirib otliqlar tomonga kelar ekan:
– Afv etgaysizlar, – dedi. – Og‘amning zaifasi farzand dog‘idan tel-
ba bo‘lib qoldi. Bechoraning o‘g‘ilchasi ochlikdan kunjara yegan ekan,
shishib o‘ldi.
Og‘ir sukunatda Boburning:
– Yana bu sho‘rliklardan o‘lja olmoqchi bo‘lurlar!– degan kinoyali
so‘zlari eshitildi-yu, Ahmad Tanbal bilan Xonqulibekka o‘qday tegdi.
Mulla Qutbiddin Samarqandning taniqli sahhoflaridan edi. Ma
-
vlono kim kelganini sahhofga sekin aytdi. Mulla Qutbiddin ko‘pdan
beri ochilmagan do‘konini shosha-pisha ochdi. Bobur otdan tush-
ib, mavlono bilan birga do‘konga kirdi. Mulla Qutbiddin bisotida
bor eng nodir kitoblarni bir-bir olib, changlarini artib, Boburga
ko‘rsata boshladi. Qimmatbaho zarhal muqovalar ichida Mahmud
Koshg‘ariy, Abdurahmon Jomiy... Sharafid-din Ali Yazdiyning Be
-
hzod suratlari bilan bezangan «Zafarnomasi»... Abdurazzoq Samar
-
qandiy... Ha, mana. Navoiyning «Mezonul avzoni». Bu kitobni Bobur
ko‘pdan beri so‘roqlab yurgan edi. U oltinga topilmaydigan ajoyib
kitoblarning ko‘pligini ko‘rib, afsonaviy xazinaga kirib qolganday
hayajonlanar, nuqul:
– Yana ne bor? Yana? – deb so‘rardi.
Mulla Qutbiddin ham biri-biridan noyob kitoblarni uning ol-
diga qalashtirib tashladi. Mashhur xattotlar katta pullar evaziga
ko‘chirgan, har bir varag‘iga nafis bezaklar ishlangan bu qo‘lyozma
kitoblarning har biri bir necha ming dinor turishini Boburning yo-
nida turgan Qosimbek ham bilar edi. U Samarqand xazinasi ship-
shiydam ekanini, Andijondan olib kelingan oltinlar esa ko‘pga bor-
105
masligini o‘ylab qarab turardi. Nihoyat, Bobur ajratib olgan kitoblar
o‘ndan oshganda, Qosimbek sekin shipshidi:
– Amirzodam, hozir xizonachi yo‘q...
Kitoblardan boshqa narsani unutgan Bobur Qosimbekning sha-
masini tushunmadi.
–
Xizonachini yuborurmiz, – dedi va tanlagan kitoblarini sahhof-
ga ko‘rsatdi: – Hammasini hisoblab qo‘ying. Kitobdor bilan xizonachi
pulini to‘lab olib keturlar. Mulla Qutbiddin qo‘l qovushtirib:
–
Bosh ustiga! – dedi-yu, ammo uning nimanidir aytolmay tarad-
dudlanayotgani Boburga sezildi.
–
Ne tilagingiz bor, mullo? Ayting, tortinmang. Kitoblaringiz be-
baho!
Bobur bu kitoblar uchun mol-dunyosini ayamaydiganday
ko‘rindi. Sahhof dadillanib:
– Mirzo hazratlari, – dedi. – Hozir pulga oshliq topilmaydi. Bolala-
rim, «non» deb yig‘lab, har kuni yurak-bag‘rimizni ezurlar. Agar iloji
bo‘lsa, ozgina un...
Boburning ko‘z oldiga boyagi telba kampir keldi-yu, sahhofning
muhtojligini oldinroq sezmagani uchun o‘zidan koyindi. Qosimbekn-
ing novvoylik rastasidagi e’tirozlari esiga tushib, unga hech nima de-
madi. Yana beklarning jinini qo‘zg‘amaslik uchun sahhofga kerakli
narsani saroy oshpazidan berib yuborishni ko‘ngliga tugdi. Sahhofga
past tovush bilan:
– G‘am chekmang, – dedi. – Tilagingiz amalga oshur. Xayr!
Bobur tashqariga chiqdi. Ahmad Tanbal hamon otidan tushmay
o‘shshayib turar edi. Shu kuni shomda kitoblarni olib ketishga kelgan
kitobdor va savdarlar sahhofga so‘ragan pulini berishdi-yu, uning
uyiga bir qop un va bitta semiz qo‘y tushirib ketishdi. Ertasi kuni nov-
voylik rastasiga Qosimbekning navkarlari bir arava un olib kelgan-
liklari, qor tagida sovib yotgan tandirlarga o‘t qalanib, issiq non hidi
atrofga taral-gani, otliq jarchilar podsho nomidan ochlarga non ul-
ashilishini e’lon qilgani hammaning qulog‘iga borib yetdi. Novvoylik
rastasiga kelib, xushbo‘y bug‘doy nonining ta’midan ko‘zi charaqlab
ochilayotgan ochlar Boburdan nechog‘liq mamnun bo‘lsalar, tama-
gir bek va navkarlar: «Bizning og‘zimizdan olib, avboshlarga berdi!»
– deb, yosh podshohdan shunchalik norozi edilar. Samarqanddagi
ochlik va tanqislikdan bezgan bir qism jangchilar Andijonga qaytib
ketishga intila boshladilar.
106
Tandirdan uzilgan nonlarni qopga solib chiqib ochlarga ulash-
ayotgan navkarlardan biri – Tohir edi. Avval u ham: «Menga nayza
sanchib, onamning o‘limiga sabab bo‘lgan yog‘iylarga xizmat qil-
gani kelganmi men?!» deb achchiqlandi-yu, lekin uvada kiyingan,
bo‘yinlari qiltiriqday bo‘lib qolgan och o‘smirlarga, chollarga, ayol-
larga ko‘zi tushganidan keyin hovuri bosildi. Ichkaridan ola qopda
issiq non ko‘tarib chiqar ekan: «Balki bu ayollarning orasida Robiya
ham bordir?– deb o‘ylandi. – Yoki Robiyani ko‘rgan-bilganlar
uchrab
qolar?»
Tohirning boshida tulki telpak, egnida pochapo‘stin, so‘nggi oy-
larda mudom otliq yurib, qadam olishi xiyla o‘zgargan. Uzangiga
o‘rganib ketgan oyoqlari yerda avvalgiday ravon odimlay olmaydi.
Ammo qo‘llari chavandozcha bir chaqqonlik bilan qopga tez tushib
chiqadi.
Ko‘zlari lo‘q ochlar Tohirning o‘zini emas, non ulashayotgan
qo‘llarini ko‘rishadi, xolos.
Ularning ko‘pi imillab, kichik-kichik qadam tashlab juda sekin
harakat qilishadi. Yo‘llarida kichkina ariq yoki do‘nglik uchrab qol-
sa, o‘tolmay to‘xtab qolishadi. Baquvvatroqlari suyab, ko‘maklashib
o‘tkazib qo‘yishadi.
Tohir odamlarning har birini sinchiklab ko‘zdan kechiradi. Nahot-
ki ularning orasida Robiyani ko‘rgan-bilgan birorta odam bo‘lmasa?
Ana, bir ayol to‘n yopinib, yarim o‘girilib turibdi. Tohir uning yo-
nidagi kampirga qarab:
–
Xolalar, oralaringda andijonlik yoki quvalik ayollar bormi? –
deb so‘radi. Kampir tojikcha talaffuz bilan:
–
Undoqlar yo‘q, aylanay, – dedi.
Tohir yuzlab marta aytgan so‘zlarini takrorlab:
–
Singlimni izlab yuribman, – dedi. – Sulton Ahmad mirzoning
askarlari Quvadan olib qochib ketganiga to‘rt yil bo‘ldi.
–
Bechora! – deb qo‘ydi kampirning yonidagi ayol.
Nariroqda nonga ko‘z tikib turgan bir kishi sabr-sizlanib yo‘taldi.
Tohir non ulashishda davom etar ekan, o‘ttiz besh yoshlardagi, siyrak
malla mo‘ylovli novcha bir kishining qarshisida to‘xtadi.
– Siz ilgari navkar bo‘lganmisiz?
Yuzi shishinqiragan bu odam xavotirli tovush bilan:
–
Ha, – dedi.
–
Qachon?
–
Ko‘p jil
bo‘ldi.
107
–
Andijonga borganmisiz?
–
Jo‘q... berirog‘idan qaytkanmiz.
Bu odamning talaffuzi o‘shanda Robiyani qopga solib olib ketgan
«jo‘q»chi yigitlarni eslatdi-yu, Tohirning vujudi qaltirab ketdi. Ehtimol,
bu o‘sha bosqinchilarning biridir? Tohir orqasiga o‘girilib, novvoyxona
tomonda turgan sherigini chaqirdi. Qopning tagida qolgan nonlarni
unga berdi-yu, malla mo‘ylovli kishini bilagidan olib bir chetga bosh-
ladi. U odam qo‘rquvdan bo‘shashib, kalovlanib, to‘xtab qoldi:
– Ukajon, men bir bechora odamman! Meni qo‘yib jubaring!
Nong‘a kelib edim... Nong‘a!...
Tohir kalavaning uchini shu odam topib berishi mumkinligini
sezib, muloyimroq gapirishga tirishdi.
–
Non olasiz. Sizga ko‘proq non beramen. Menga rostini ayting.
Sulton Ahmad mirzoga navkar bo‘lganmisiz?
–
Bo‘g‘anmen.
–
Andijondan beridagi Quvaning ko‘prigidan o‘tganmisiz?
–
Qaysi ko‘prik? Sinib ketib, bizni xarob qilg‘an ko‘prikma?
–
Xuddi o‘zi! – dedi Tohir g‘azab aralash quvonch bilan. Mana,
o‘sha bosqinchi! Tohir unga hozir xanjar ursa bir alamdan chiqar edi.
Ammo Robiya nima bo‘ladi? Buni o‘ldirsa, Robiyani kimdan so‘roqlab
topadi?
Tohir malla mo‘ylovli yigitni yoqasidan olib qahr bilan silkitdi:
– Robiya qani? Ayt tezroq!
Ochlikdan darmoni ketib, zo‘rg‘a yurgan yigit Tohirning silta-
lashidan to‘kilib, parchalanib ketadiganga o‘xshardi. U nafasi ichiga
tushib:
–
Qa-qaysi Rokiya? – dedi.
–
Rokiya emas, Robiya? U qizni Quvadan olib qochib qayoqqa olib
bordilaring? Hozir qayerda? Rostini aytmasang, kallangni olamen! Ayt!
–
Uka! Ukajon! Men Robiya degan qizni ko‘rganim jo‘q. O‘ldirsang,
mayli, o‘ldir, lekin mendan bekorga gumonsirama, o‘shanda men qiz
obqochadigan ahvolda emas edim. Tug‘ushgan ukam ko‘prikdan
jig‘ilib, suvg‘a og‘ib o‘ldi. Qamishlarning orasidan uch kun qidirib
o‘ligini topolmadim. Balchiq jutib ketgan ekan.
Tohir o‘sha ko‘prikni o‘zi buzganini esladi, malla mo‘ylovli yigit-
ning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rdi-yu, uning yoqasini qo‘yib yubordi.
Robiyani qopga solayotgan «jo‘q»chi yigitlardan biri ikkinchisi-
ni «Juman» deb atagani Tohirning yodida qolgan edi. U qarshisida
ko‘zlari mo‘ltirab turgan odamga tikilib:
108
–
Oting nima? – dedi.
–
Otim Mamat.
–
Mamatmi yo Jumanmi?
–
Uka, ishonmasangiz, mana shu mahallaning odamlarini chaqir-
ib so‘rang. Otim Mamatligini hamma biladi. O‘zim ko‘nchi kosibman.
Tohir o‘zicha o‘ylandi: «Agar ukasi Quvada balchiqqa botib o‘lgan
bo‘lsa, bu ham mening giribonimdan olishga haqqi bor!» Shu o‘y
ta’sirida Tohir jahlidan tushdi. Mamatga yana «siz»lab gapira boshladi:
– Jumanni bilarmidingiz?
Mamat peshonasini ushlab, nimanidir eslashga tirishdi:
–
To‘xtang, to‘xtang, Juman maymoq deganimiz bo‘lar edi.
Sheriklari bilan o‘sha yoqdan ikkita qiz obqochib kelgan, deb eshitib
edim.
–
Samarqandga olib kelganmi?
–
Qizlarnimi? Bunisini bilmadim. O‘ratepaning naryog‘ida Oqsuv
degan soy bor. Oqsuvga jetganimizda podshomiz o‘lib qoldi. O‘shanda
bir alg‘ov-dalg‘ov boshlandi, mana haligacha bosilmaydi. Navkarlik
ham jonimga tegdi, bo‘shab ketdim.
–
Juman maymoq hozir qayerda?
–
Bilmadim-ov. Uch-to‘rt jildan beri ko‘rgan emasmen. Battarin
jigit edi, o‘lib ketdima yo boshqa podshoning xizmatiga o‘tib ketdima.
Podsho ham ko‘p-ku. Toshkentda Mahmudxon degani, Turkistonda
Shayboniyxon degani, Hisorda yana birovi.
–
Bu podsholarning urush-janjallari boshlaridan qolsin! – dedi
Tohir kuyunib. – Siz bir kosib bo‘lsangiz. Men bir dehqon edim. Kelib-
kelib bizday zahmatkashlarni bir-birimizga dushman qilib qo‘ygan
zamonaning uyi kuysin!
Mamat Tohirning xanjar izi qolgan yuziga endi botinibroq qaradi:
–
U qiz kimingiz bo‘lar edi, uka? Singlingizmidi?
–
Ko‘zimning oqu qorasi edi!
Mamat gap nimadaligini fahmlab, Tohirga xiyol hayratlanib tikil-
di. So‘ng uning armon to‘la ko‘zlarini ko‘rib, bu yigitga o‘zini allane-
chuk yaqin sezdi va unga tasalli bergisi keldi:
– Xudo xohlasa, toviladi! Mening tanish-bilishlarim ko‘p, uka.
So‘roqlayman. Xotinimga aytaman. Ayollardan surishtiradi.
Mamatning astoydil yordam bermoqchi ekanini sezgan Tohir uni
yengidan oldi-yu:
–
Bu yoqqa yuring, – dedi. Mamatni novvoyxonaning yo‘lagiga
olib kirdida, ichkaridan to‘rtta non olib chiqdi.
109
–
Oling! Siz bu yerga nonga kelgan edingiz.
Mamat nonlarni titroq qo‘llari bilan olib, qo‘yniga tiqdi. Issiq
bug‘doy nonning hidi va taftidan og‘ir-og‘ir nafas olib, ustma-ust
yutindi. U har qancha och bo‘lsa ham Tohirning oldida darhol non
kavshashdan o‘zini tutdi. Faqat nonning hididan mast bo‘lganday
ezma-lanib gapira boshladi:
–
Nonday aziz bo‘ling, uka. Biz ko‘rgan kunlarni hech ko‘rmang.
Qo‘ldan berganga qush to‘ymas. Jotib jesang bu non ikki kunga ham
jetmaydi. Lekin men shuning kuchi bilan qishlog‘imga jetib olaman.
Ana u tovning orqasida og‘a-inilarim bor. Biz o‘zbekning qo‘yanquloq
urug‘idanmiz. Qishlog‘imga jetib borsam, bir-ikki qop g‘alla tovib
kelaman. Lekin bo‘sh qop tik turmas ekan, uka. Bitta cho‘bir otim bor
edi, kuzda so‘yib jeb qo‘ydik. Piyoda ketay desam, och odam tovda
jig‘ilib sovuqda qotib o‘laman, deb qo‘rqdim. Mana en-di qo‘rqmasam
bo‘ladi...
–
Men sizni qayerdan topamen? – dedi Tohir unga avvalgi
va’dasini eslatib.
–
Ko‘nchilik guzarida uyim bor. Mamat polvon desangiz, hamma
biladi. Bir vaqtlar polvon edik, uka. Mana endi gavdamizni zo‘rg‘a
ko‘tarib juribmiz.
–
Esingizda bo‘lsin, qizning oti Robiya.
Mamat polvon bu nomni bir-ikki takrorlab xotirasiga joylagach:
–
Agar xabari chiqsa, sizni qayerdan tovaman? – dedi.
–
Qosimbekning navkarimen. Otim Tohir.
–
Xo‘p, Tohirbek, men sizni qidirib tovamen. Bizning odam-
lar sizga jamanliq qilgan bo‘lsa, siz menga jaxshiliq qildingiz. Bu
jaxshilig‘izni albatta qaytaraman. Xayr! Tohir uning orqasidan qarab
qoldi. «Quvada ukasining balchiqqa botib o‘lganiga men sababchi
bo‘lganimni bilsa nima qilarkin?» deb o‘ylandi.
Mamat esa nariroqqa borib shosha-pisha qo‘yniga qo‘l tiqdi-yu,
issiq nondan bir burda uzib olib, tez og‘ziga soldi.
Andijonlik bek va navkarlar «Samarqandni olsak hamma mush-
kullarimiz oson bo‘ladi», deb o‘ylagan edilar. Biroq eng katta ishkal-
liklar Samarqand olingandan keyin boshlandi. Uch ming kishilik
qo‘shinning besh-olti ming ot-ulovi bor. Qahraton qishda qamaldan
abgor bo‘lib chiqqan shaharda na ochlarni to‘ydirib bo‘ladi, na
qo‘shinga oziq-ovqat yetkazib bo‘ladi, na otlarni yem-xashak bilan
ta’minlab bo‘ladi. Shahar darvozalari ochilgan, bu yog‘i O‘ratepagacha,
bu yog‘i Qarshigacha barcha tomonlarga tuya karvonlari jo‘natilgan,
110
bozor va rastalarni tiriltirish uchun turli choralar ko‘rilayotgan bo‘lsa
ham poytaxtda hayot hali-beri izga tushadiganga o‘xshamas edi. Sa-
marqand so‘nggi yillarda ko‘p marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, dahshatli
talon-torojlardan qashshoqlanib qolgan edi.
– Bu mushkulotlar ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketgay,– deb,
mashvaratlarda Boburning ustozi Xo‘ja Abdulla andijonlik beklarni
sabr-qanoatga chaqirar edi:– Bahor yaqin, pishiqchilikka yetsak, og‘ir
kunlarni ko‘rmagandek bo‘lib keturmiz. Tanqisliklar o‘tur, ammo bu
yog‘i Qarshiyu Shahrisabzgacha, u yog‘i O‘shu O‘zgangacha – shun-
day ulug‘ mamlakat qolur. Tangrim bizga shunday katta kishvarni in-
oyat qilgani uchun, biz Samarqandday olamshumul dorussaltanaga
muyassar bo‘lganimiz uchun shukronalar aytmog‘imiz kerak. Bobur
mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek davridagi
kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihatu
obod bo‘lsa. Amirzodamning bu orzulari sizu bizning muqaddas
maqsadimizdir. Ilohi omin, parvardigori olam bizni bu maqsadimiz-
ga ham yetkazsin!
Bu gaplar Xonqulibek va Ahmad Tanbalga o‘xshagan beklarning
g‘ashiga tegsa ham, ular mashvaratga to‘plangan boshqa beklar qa-
tori:
– Ilohim omin! – deyishib, yuzlariga fotiha tortadilar. Chetdan
qaragan odam buni yakdillik belgisi deb o‘ylaydi.
Ammo beklar mashvaratdan yangi bir vazifani zimmalariga olib,
uy-uylariga
tarqalganlaridan keyin xilvatda ikkita-uchtadan bo‘lib olib,
g‘iybatga tushib ketishadi:
– Xullasi kalom. Bobur mirzongiz Ulug‘bekdek ulug‘ odam
bo‘lmoqchi ekanlar-da, Ahmadbek? – so‘raydi Xonqulibek istehzo
qilib.
Ular baxmal ko‘rpa yopilgan issiq sandalning ikki chetida o‘tirib
kechki taomni birga yemoqda edilar. Ahmad Tanbal qazidan bir par-
ra olib, kinoya bilan kuldi:
–
Ha, Bobur mirzoingiz ulug‘ odam bo‘lishlari uchun yana birgina
narsa yetmay turganmish...
–
Xo‘sh?
–
Bugun mashvaratda aytdilar-ku! Samarqand dehqonlari
ocharchilikda urug‘lik donlarini yeb qo‘ygan emishlar. Biz Qarshiga
karvon yuborib olib kelgan donlarimizni dehqonlarga qarz berur em-
ishmiz.
111
–
Dard ustiga chipqon!
–
Iloj qancha, Xonqulibek! Yosh podshohimiz ulug‘ bo‘lishlari
uchun hammasiga chidaysiz. Yana bu kishim Samarqandga kuyovlar,
qalliqlari bor. Domod raiyyatga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatmoqlari zarur.
Bu ham yetmaganday, yosh podshohimiz har haftada shoirlarni
to‘plab mushoira o‘tkazmoqdalar.
–
Shoir ham bo‘lmoqchilar shekilli-da!
–
Ha, bizning nasibamizga qayoqdagi shoirlarni ham sherik qil-
ganlari ana shu sababdan! Xazinadagi oltinlarni sovurib, qator-qator
qimmatbaho kitoblar olishlari ham ana shundan!
Xonqulibek soqolini g‘ijimlab:
– Etak silkib Andijonga ketay desam, ruxsat bermaydir, – dedi. –
Tangri haqqi, Boburingizdan to‘ydim, Ahmadbek!
Ahmad Tanbal zaharxanda qilib kuldi-da, o‘rnidan turib eshikni
zichlab yopdi. Joyiga kelib o‘tirgach:
–
Xonqulibek, – deb tovushini pasaytirib gapira boshladi, – beklar
bo‘masa, podshohlarning ilkidan hech ish kelmaydir. Navkarning
ko‘pchiligi bizniki. Jangni biz qildik. Azobni biz tortdik. Endi bunday
mute bo‘lib, yosh yigitchadan ruxsat so‘rab o‘tirmog‘imiz ne kerak?
–
Gapingiz rost! – shivirladi Xonqulibek. – Podsho bo‘lsa o‘ziga!
Ruxsat bermasa bermasin, men baribir keturmen!
–
Men ham bu yerda xor bo‘lib yurmoqchi emasmen. Omon
bo‘lsam, podshoh topilur. Axsida Jahongir mirzo bor. Buxoroda Sul-
ton Ali mirzo bor. Bularning urug‘i ko‘p. Hammasiga sizu bizdek
beklar kerak. Sizga mening maslahatim – Andijonda ko‘p turmang.
Ilikka tushib qolursiz.
–
Axsiga boraymi?
–
Ha, Axsida Uzun Hasanga uchrang. Sizni Jahongir mirzoning
xizmatiga olur.
–
Olurmikin? Balki Jahongir mirzo Boburga qarshi borolmas?
–
Sizu bizday beklari ko‘paysa borur! Jahongir mirzo Andijon tax-
tiga ishqiboz...
... Ikki bek shu kuni gapni bir joyga qo‘ydilaru ertasi kuni kechasi
Ahmad Tanbalning ishonchli odamlari Feruza darvozasida soqchi-
lik qilayotgan paytda Xonqulibek elliktacha navkari bilan sekin shu
darvozadan chiqib qochdi. Oradan bir hafta o‘tgach, Ahmad Tanbal-
ning o‘zi Zominga karvonni kuzatib borish bahonasi bilan navkar
-
larini ergashtirib ketdi-da, Samarqandga qaytmay, to‘g‘ri Axsiga yo‘l
oldi. Shundan keyin shahardan tashqariga zarur ish bilan yuboril-
112
gan bek va navkarlarning qaytib kelmaslik hollari tobora ko‘paya
boshladi. Kechalari qal’a devorlaridan oshib tushib qochayotganlar
buning ustiga qo‘shildi. Qishning oxiriga borib, Samarqandga Bobur
bilan kelgan bek va navkarlarning yarmi ham qolmadi. Odami juda
siyraklashib qolgan Bobur ketganlarni qaytarib kelish uchun eng
sodiq beklardan birini Andijonga yubordi. Biroq oradan yigirma kun
o‘tgach, bu bekni Ahmad Tanbal va uning tarafdorlari Andijon bilan
Axsi oralig‘ida tutib olib o‘ldirganligi haqida xabar keldi. Farg‘ona
vodiysida yomon bir fitna boshlanganiga endi shubha yo‘q edi.
Fitnachi beklarning bir qanchasi Xo‘ja Abdullaga qo‘l berib, unga
murid bo‘lganliklari ma’lum edi. Bobur Qosimbek bilan maslahat-
lashib, oxiri Xo‘ja Abdullani Andijonga yubordi. Bobur taxtga o‘tirgan
kezlarda Xo‘ja Abdullaning gapiga kirgan Uzun Hasan va boshqa
fitnachi beklar bu gal uning nasihatlariyu va’dalariga mutlaqo quloq
solmadilar. Nihoyat, fitnachilar Andijonga hujum qildilar. Xo‘ja Ab
-
dulla boshliq sodiq beklar shahar darvozalarini berkitib, qamalda
qoldilar.
Bu mudhish xabar Samarqandga yetib kelganda Bobur qattiq be-
tob bo‘lib, Bo‘stonsaroyning ikkinchi qavatidagi xobgohda isitmalab
yotgan edi. Andijondan kelgan chopar o‘ram qilib so‘rg‘ichlangan
maktubni yasovulga ko‘rsatdi-yu, ammo bermadi:
– Hazrati xonim «amirzodaning o‘z iliklariga bering», deb buyur-
ganlar!
Bobur har kuni necha qayta: «Andijondan chopar bormi?» – deb
so‘rar edi. Yasovul choparni darhol yuqoriga boshladi.
Xobgoh eshigi oldida ularni Boburning shaxsiy tabibi bo‘lgan ki-
chik jussali mo‘ysafid to‘xtatdi:
–
Bu kitobatni avval Qosimbek o‘qimoqlari kerak. Agar xushxa-
bar bo‘lsa, keyin amirzodamga berursiz.
–
Onalari, buyurganlar, ustodlari Xo‘ja Abdulla ham tayinlagan-
lar, amirzodamning o‘zlari o‘qimoqlari kerak.
–
Yomon xabar Mirzo hazratlarini xarob qilishi mumkin! – dedi
tabib kuyunib. – Asli o‘zlari tumovlab tuzalish arafasida edilar. Tash-
vish ustiga iztirob, iztirob ustiga kulfat, hammasi qo‘shildi-yu, muo-
lajani oxiriga yetkazmay turib ketdilar. Mana bugun uzlikib ahvollari
og‘irlashib yotibdilar!
–
Andijon xavf ostida. Agar tezroq bildirmasak, keyin kech bo‘lur,
bizdan norozi bo‘lurlar!
–
Yo‘q, men hozir ijozat bermaydirmen!
113
–
Janobi tabib... -Yo‘q,yo‘q!
Bu bahs ichkarida yotgan Boburning qulog‘iga chalindi. U baland
tovush bilan:
– Chopar bo‘lsa kirsin! – deb buyurgandan keyin, tabib choparga
yo‘l berdi. Bobur katta tanobiy xonaning to‘rida yerdan bir gazcha
baland qilib solingan parqu to‘shakda yotgan edi. Chopar to‘shakdan
ancha berida yukundi-da, tizzasida sirg‘alib borib, maktubni Boburga
ikki qo‘llab uzatdi.
Isitmaning zo‘ridan bo‘g‘riqib yotgan Bobur yonboshga turib,
maktubni titroq qo‘llari bilan ochdi. Ichma-ich ikkita xat. Birida Xo‘ja
Abdullaning imzosi. Birini Qutlug‘ Nigor xonim yozgan. Ular ikkovi
ham Andijonning dahshatli ahvoli, qamal tafsilotlari haqida yozish-
gan. Boburdan boshqa najotkorlari yo‘qligini aytishib, tezroq yetib
kelishini iltijo qilishgan edi.
Andijon qurshovda! Fitnachi beklar Andijon taxtiga Jahongir
mirzoni o‘tkazmoqchilar. Ahmad Tanbalni lashkarboshi qilishib,
Boburdan ota yurtini tortib ol-moqchilar! Bobur ularni bunchalikka
boradi, deb hech o‘ylamagan edi. To‘satdan uning ustidan bir chelak
sovuq suv quyilganday bo‘ldi-yu, a’zoyi badani muzlab, bo‘shashib,
boshi yostiqqa «shilq» etib tushdi. Tamom!
Tanbal bilan Jahongir g‘alaba qilsa, ularning tomoniga qochib
o‘tuvchilar yana ko‘payadi. Bobur kim bilan qoladi? Balki hozir ham
Tanbal tomonga qochib o‘tayotganlar bordir? Balki Qosimbekning
o‘zi ham... Kutilmaganda xayoliga kelgan bu o‘ydan Bobur shunday
dahshatga tushdiki, butun kuchini to‘plab, o‘rnidan sapchib turdi:
–
Qosimbek qani??!
–
Hozir kelurlar, odam yubordik, – dedi tabib muloyim tovush bi-
lan. – Amirzodam, yoting, sizga orom kerak!
Boburning xasta xayolida birdan qilich tutgan Tanbal gavda-
landi. Bobur bu qilichni tanidi. O‘shda Tanbal shu qilichni o‘pib, «to
o‘lgunimcha sodiq qulingizman», degan edi. Tanbal o‘sha qilichni
hozir go‘yo Boburning boshi ustida o‘ynata boshladi... Tanbalning
oyog‘i os-tida tog‘dan xurjunga solib kelingan kallalar yumalab yotip-
di. Ularning biri tanishga o‘xshadi. Qutlug‘ Nigor xonimning boshi...
Bobur alahsirab ko‘z oldiga keltirgan bu qo‘rqinchli xayol uni go‘yo
to‘shakdan otib yubordi. U gilam ustida ichki kiyimda oyoq yalang
turganicha:
–
Shamshirni bering! – deb qichqirdi. – Menga shamshirni bering!
Tabib uni mahkam quchoqlab oldi:
114
–
Amirzodam, xastasiz, yotmog‘ingiz kerak... Amirzodam! – Tabib
Boburni go‘yo Tanbalning qilichiga tutib bermoqda edi. Bobur uning
quchog‘idan yulqinib chiqib eshikka intildi:
–
Ot keltiring! Men Andijonga boramen! Shamshir qani? Beklarga
xabar bering! Tezroq tayyorlansinlar!
Tabib uning ketidan yugurdi. Dastorpech Boburning kimxob
to‘nini olib borib yelkasiga yopdi, oyog‘iga kavushini berdi. Bobur
kavushning bir poyini kiydi-yu, ikkinchisini kiyishga toqati yetmadi.
Uning boshi gir-gir aylanar, havo yetishmay, nafasi qisilar edi. Ko‘z
oldida hamon o‘sha qonli qilich va kesik kallalar.
– Xoin! – dedi u Tanbalga qarata. – Qonxo‘r!
Bobur ayvon eshigiga qarab chopdi. Lekin eshik oldida gandirak-
lab yiqildi. Tabib bilan dastorpech uni behush ahvolda to‘shakka
ko‘tarib kelib yotqizishdi. So‘ng u yarim kechaga borib sal hush-
iga keldi. Ko‘zini ochib, og‘ziga paxtadan suv tomizayotgan tabibni
ko‘rdi. Nazarida, tili shishib, shunday katta bo‘lib ketgan ediki, butun
tanasini tog‘day bosib yotardi. Bobur ko‘zini ochganini sezib, Qosim-
bek uning tepasiga keldi:
– Xayriyat-e!.. Amirzodam, bizni muncha qo‘rqitdingiz?
Bobur ko‘zlari mo‘ltirab nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo behad
og‘irlashib ketgan tilini qimirlatolmadi.
– Endi yaxshimisiz, amirzodam?
Bobur jim. Qaraydi-yu, gapirolmaydi. Uning tildan qolganini sez-
gan Qosimbek ko‘zidan tirqirab chiqqan yoshni ko‘rsatmaslik uchun
yuzini chetga burdi.
Dostları ilə paylaş: |