Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd


ANDIJON, XO‘JAND UVOL BO‘LGAN ORZULAR



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
yulduzli tunlar 0

ANDIJON, XO‘JAND UVOL BO‘LGAN ORZULAR
Tun qorong‘isi ustiga osmonni quyuq bulut qopladi-yu, qal’a 
ichini zulmat bosib ketdi. 
www.ziyouz.com 
kutubxonasi Andijon 
ko‘chalari tahlikali bir sukutga cho‘mgan. Jimjit kechada ark darvo-
zasining g‘iyqillab ochilgani uzoqlarga eshitildi. Darvozaxonadan 
tushgan xira yorug‘da arkdan chiqib kelayotgan bir to‘p qurolli ot-
liqlar ko‘rindi. Oldinda erkakcha to‘n va bo‘rk kiygan, beliga kamar 
bog‘lab, xanjar osgan Xonzoda begim. Uning navkarlari orasida ke-
layotgan mavlono Fazliddin ham to‘nining ustidan harbiycha kamar 
bog‘lab, beliga qilich taqib olgan.
Samarqanddan qaytgan chopar Boburning hayot bilan o‘lim 
orasida behush bo‘lib yotganini aytib bergandan keyin qal’a himoy-


115
achilarining bir qismi fitnachilar tomonga qochib o‘tib ketdi. Qo‘rg‘on 
devorlarining har bir gazini qo‘riqlab turishga odam yetishmay qoldi. 
Qorong‘i tunda dushmanning devorga narvon qo‘yib, oshib tushish xa-
vfi kuchaydi. O‘n olti yoshida sho‘xlik bilan yigitcha kiyinib, chavgon 
o‘ynab yurgan Xonzoda begim endi chinakamiga qurollanib, hayot-
mamotlari qil ustida turgan qal’a himoyachilariga ko‘makka boryapti.
Quyuq qorong‘ilikda otlarning taqalari ko‘cha toshlariga urilib 
uchqun chiqaradi. Havodan yomg‘ir hidi keladi, mayin shabada esadi. 
Mavlono Fazliddin bahor kirganini, qal’a ichidagi bog‘chalarda o‘rik 
va bodom gullaganini esladi va atrofiga sinchiklab qaradi, ammo bi
-
ronta oqargan narsa ko‘ziga chalinmadi. Tun butun borliqqa qop-qo-
ra parda tortib qo‘ygan edi.
Mavlono Fazliddin mana shu shaharda qurmoqchi bo‘lgan ma-
drasa va saroy tarhini Xonzoda begimga ko‘rsatib, uning maqtovini 
eshitgan yorug‘ kunlarini esladi-yu, yuragini armon g‘ijimlab o‘tdi. 
Bobur Samarqandni olgani haqida xabar kelgandan keyin mavlono 
Fazliddin orzusi endi amalga oshishiga astoydil ishongan edi. Xon-
zoda begim ham uni bir necha marta o‘z huzuriga chaqirib, bo‘lajak 
qurilishlarga qayerdan o‘rin tanlash va tayyorgarlik ishlarini qanday 
boshlash haqida uzoq-uzoq gaplashgan edi. Arkdan chiqqan otliqlar 
qorong‘ida tusmol bilan qal’aning Mirzo darvozasi tomonga borar 
ekanlar, mavlono Fazliddin oldinda xomush ketayotgan Xonzoda be-
gimning o‘sha suhbatlar paytidagi ma’sum va shod qiyofasini eslay 
boshladi.
Odatda Xonzoda begim uni kanizlari bilan istiqomat qiladigan 
olti xonalik sirkor uyning tashqi bo‘lmasida qabul qilar edi. Begim 
erkaklar bilan gaplashganda maxsus ishlangan ipak pardaning ortida 
o‘ltiradi. Loyihaning ba’zi joylarini so‘z bilan izohlash mushkul bo‘lib 
qolsa, Xonzoda begim oradagi pardani ochib:
– Qani, gumbaz bilan minoralar orasida nelar bo‘lur? – deb 
so‘raydi.
Ular ikkovi ikki tomondan qog‘oz ustiga engashganlarida goh 
nafaslari bir-birlarinikiga qo‘shilib ketganday bo‘ladi. Mavlono Fa-
zliddin O‘shda, qoyatosh ustida bi-rinchi marta boshdan kechirgan 
ajoyib tuyg‘u yana borlig‘ini mast qiladi. U ishdan boshqa narsa ha-
qida gap ochishga qo‘rqadi, atroflarida yuradigan kanizlarga haya
-
jonini sezdirmaslikka tirishadi. Qutlug‘ Nigorxonim duch kelib qolsa, 
egilib ta’zim qilish bilan ko‘zini undan yashiradi. Biroq so‘nggi marta 
uchrashganlarida Xonzoda begimning o‘zi to‘satdan:


116
– Mavlono, nechun shu yoshgacha uylanmagansiz?– deb so‘rab 
qoldi.
Qiz asilzodalarga xos bir nazokat bilan o‘zini erkin tutib kulimsir-
ayotgan bo‘lsa ham, ko‘zining hayodan yaltillab ketganini mavlono 
Fazliddin payqadi. Mavlono siri ochilib qolishidan qo‘rqib, hazil bilan 
qutulmoqchi bo‘ldi:

Begim, faqir dunyodan toq o‘tmoqchimen.

Menga o‘xshabmi?

Yo‘q, begimning toq o‘tishlariga aqlim bovar qilmaydir.

Ne sababdan?

Axir siz... bu dunyoda... ne-ne shahzodalar, asilzodalar bor.

Bo‘lsa bordir. Ammo mavlono o‘zlari bilgan shahzodayu asil-
zodalarning qaysi biriga... meni munosib ko‘rurlar? 
Agar bo‘lsa, faqat 
Farhodni sizga munosib ko‘rur edim.

Nechun faqat Farhodni?
Mavlono javob topolmay taraddudlangan edi, Xonzoda begim 
yana savol berdi:

Farhod ham sizdek me’moru binokor bo‘lgani uchundir?

Bunday deyishga faqirning haddim sig‘maydir.
Mavlono ma’yus bo‘lib aytgan bu so‘zlar Xonzoda begimni ham 
ma’yuslantirib qo‘ydi. U og‘ir tin oldi-da:
– Xudoyim meni nega shoh qizi qilib yaratdi ekan?– dedi. – Men 
ham faqir bir qiz bo‘lsam, baxtimni topishim balki osonroq bo‘lur 
edi...
Mavlono Fazliddin begimning bu so‘zlarini har eslaganda ko‘ngli 
bir daraja ko‘tariladi. Demak, Xonzoda begim uning muhabbat dar-
dini biladi. Biladigina emas, balki o‘z qalbida unga hamdardlik ham 
sezadi. Shoh qizi bilan oddiy me’mor orasidagi tog‘day farqlar begim-
ni ham ezadi. Agar Xonzoda begim unga astoydil ko‘ngil bersa, mav-
lono bu to‘siqlarni yengib o‘tishi mumkin emasmikan? O‘shda qur-
gan kichik bir hujrasi uchun Bobur mirzo uni shunchalik e’zozlagan 
edi. Endi agar bu vodiyda katta obidalar qursa, mavlononing obro‘si 
ba’zi asilzodalarnikidan kam bo‘lmasligi mumkin. Bobur tanti yigit, 
opasini yaxshi ko‘radi. Balki ularga marhamat ko‘rsatar. Bundan qat’i 
nazar, mavlononing mehriga Xonzoda begimning qarshi emasligi, u 
bilan uchrashib turishga mayli borligi – mana shuning o‘zi ham mav-
lononing qalbini haroratli, yorug‘ tuyg‘ularga to‘ldirib yurar edi.
Biroq Andijon qamalda qolgandan keyin mavlononing orzu-
umidlarini mana shu tun kabi qorong‘i zulmat o‘z qa’riga tortib 


117
ketdi. Barcha loyihalari keraksiz qog‘ozga aylandi. Mavlono Fazlid-
din urushni ham, navkarlikni ham butun vujudi bilan yomon ko‘rar 
edi. Biroq bugun arkka borib Samarqanddan kelgan yomon xabarni 
eshitdi va Xonzoda begimning qurollanib chiqayotganini ko‘rdi-yu, 
loqayd qarab turolmadi. Bu mushkul vaziyatda titrab-qaltirab, taqdir 
zarbasini kutib o‘tirgandan ko‘ra, qurol bilan himoyaga chiqish yax-
shiroq ekanini sezib, umrida birinchi marta beliga qilich taqdi. Mana, 
hozir vahimali qorong‘ilikda suv quyganday jimib yotgan shaharni 
oralab borar ekan, bir necha qadam oldinda Xonzoda begim ham ket-
ayotgani, mavlono uni shu navkarlar qatori himoya qilishi mumkin-
ligi ko‘ngliga bir qadar taskin berardi. Ular Mirzo darvozasiga yaqin-
lashganlarida qal’a tashqarisida birdan karnay va naqora chalingani, 
yuzlab navkarlarning qichqiriqlari eshitildi. Xonzoda begim orqaga 
o‘girilib:
– Yog‘iy darvozani ochmoqchi! – dedi-yu, otining boshini qo‘ydi. 
Boshqalar uning ketidan ot choptirishdi.
Yovning bir qism kuchlari Mirzo darvozasi qarshisida g‘avg‘o 
ko‘tarib, qal’aga yonib turgan o‘qlar otayot-gan paytda boshqa bir 
guruh navkarlar qal’aning pana tomoniga narvon qo‘yib, sekin chiqib 
kelmoqda edilar. Devor shinaklaridan birida o‘tirgan qorovul yigit 
buni sezib qoldi-yu, darvozaxona tepasida mash’ala yorug‘ida odam-
larga ish buyurib turgan Xo‘ja Abdullaga qichqirdi:
– Pirim, yog‘iylar bu yoqda narvon qo‘yib chiqmoqdalar! Narvon!!
Xonzoda begim navkarlari bilan o‘sha qorovul turgan joyga bo-
rib otdan tushdi. Navkarlardan biri mash’ala yoqdi. Uning yorug‘ida 
devorga chiqiladigan zinapoya ko‘rindi. Mavlono Fazliddin de-
vor tepasidagi xatarga Xonzoda begim hammadan avval ro‘baro‘ 
bo‘lishidan qo‘rqdi-yu, zinapoyaga birinchi bo‘lib qadam qo‘ydi. Shi-
nakka yetganlarida begimning qo‘lidagi mash’alasini oldi:
– Ehtiyot bo‘ling, begim, yog‘iyga ko‘rinmang!
Devorga tashqaridan qo‘yilgan keng narvonlarning uchlari xiyol 
chiqib turar edi. Yordamchilar yetib kelganidan dadillangan boyagi 
qorovul yigit narvonlardan birini ikki qo‘llab itarib, ag‘darib tash-
layotgan paytda pastdan zarb bilan otilgan yoy o‘qi uning ko‘kragiga 
qadaldi. Bechora yigitni ushlab qolishga ulgurolmadilar– narvon bi-
lan birga qal’adan tashqariga uchib ketdi.
Shinak atrofiga qirrali toshlar tayyorlab qo‘yilgan edi. Xonzoda 
begim shu toshlardan birini ikki qo‘llab oldi-yu, pastga otdi. Boshqa 
navkarlar ham narvon qo‘yilgan joyning pastini mo‘ljallab tosh ota 


118
boshladi. Pastda eshitilgan dod-voylar va ingrashlarga qaraganda, bu 
toshlar mo‘ljalga tegmoqda edi.
Shu payt qal’aning narigi chetida – Xakan darvozasi tomonda 
qo‘shkarnaylarning g‘at-g‘ati, tabl va naqora tovushlari, allakimlarn-
ing g‘olibona qichqiriqlari eshitildi. Mavlono Fazliddin shovqin ke-
layotgan tomonga quloq solib turib qo‘rqib ketdi. Bu galgi g‘avg‘o 
shahar ichida ko‘tarilmoqda edi.
– Begim, quloq soling! Yog‘iy qal’aga kirganmi?
Shahar ichidan bu tomonga yopirilib kelayotgan shovqindan 
Xonzoda begim ham seskanib ketdi. Pastdan No‘yon Ko‘kaldosh jon-
jahdi bilan qichqirdi:
– Begim, xiyonatchilar Xakan darvozasini yog‘iyga ochib ber-
mishlar. Tezroq arkka qayting! Arkka!
No‘yon ot choptirgancha Mirzo darvozasi tomonga o‘tib ketdi. 
Xonzoda begim zinapoyadan pastga chopib tushar ekan, mavlono Fa-
zliddin qo‘lidagi mash’ala bilan uning izidan yugurdi. Otga mingan-
laridan keyin Xonzoda begim:
– Mash’alani tashlang! – deb buyurdi.
Mash’ala mavlononi yov o‘qiga nishon qilib berishi mumkin edi. 
Mavlono Fazliddin yonib turgan mash’alani yerga tashladi-yu, be-
gim bilan birga arkka qarab ot choptirib ketdi. Ammo ular arkka ya-
qinlashganlarida bir necha yuz otliqlar oldilaridan qirqib chiqdilar 
va darvoza yo‘lini to‘sib qo‘ydilar. Qurolli otliqlar orasida mash’ala 
ko‘targan navkarlar ham bor edi. Mash’ala yorug‘ida beliga oltin 
kamar bog‘lagan, dubulg‘a va jiba kiygan Ahmad Tanbal ko‘rindi-yu, 
mavlono Fazliddinning borlig‘i muzlab ketganday bo‘ldi. Tanbalning 
qo‘shini Xonzoda begimni va uning navkarlarini darhol qurshovga 
oldi. Ahmad Tanbal yonidagi navkarga sho‘x tovush bilan gapirdi:

Mash’alani yaqinroq tut! Ie, Xonzoda begimmilar? Ko‘zlarimga 
ishonmaymen! Begim, bu ne hol? Nechun mardona kiyim kiyibsiz?

Nomardlar ko‘payib ketgani uchun mardona ki-yindim! Tanbal 
bu istehzoni o‘ziga olgisi kelmay kuldi:

Qo‘rg‘onda mardlar qolmagan bo‘lsa, mana, biz keldik, begim!
Tanbalning ketida turgan Uzun Hasan bu gapni yoqtirib xaxo-
ladi. Mash’ala yorug‘i beklar orasida ayanchli kulimsirab turgan 
ko‘sanamo Ali Do‘stbekka tushdi. Bobur Andijonni mana shu oda-
mga ishonib topshirib ketgan edi. Ali Do‘stbek esa Boburni o‘lim 
to‘shagida yotipti, deb eshitib undan umidini uzgan edi. Boya Tanbal-
ning qo‘shini Mirzo darvozasining oldida jo‘rttaga g‘avg‘o ko‘targan, 


119
devorga narvon qo‘yib chiqmoqchi bo‘lganlar ham himoyachil-
arni ataylab chal-g‘itgan edi. Ahmad Tanbal bilan til biriktirgan Ali 
Do‘stbek bugun mana shu to‘polon paytida qal’aning narigi chetidagi 
Xakan darvozasini yovga sekingina ochib bergan edi. Xonzoda be-
gim buni endi fahmladiyu, Do‘stbek bilan Ahmad Tanbalga nafrati 
oshib, jirkanib ko‘z tashladi:
– Sizlarmi mardlar?! Sizlar uchun mardlik bilan xoinlikning far-
qi qolmadimi?! Kechagina Bobur mirzoga sodiqmiz, deb qasamyod 
etganlar bugun unga shunchalar yomonlik qilmoqdasiz! Men amin-
men: ertaga siz Jahongir mirzoga ham xiyonat qilursiz!
Ahmad Tanbal qilichining sopini changallab:
– Haddingizdan oshmang, begim! – dedi. – Bobur mirzo adolatsi-
zlik qildi. Samarqand olingandan keyin Andijon Jahongir mirzoga 
berilmog‘i kerak edi. Bobur mirzo bermadi! Biz adolat uchun jang 
qilib, mana bugun g‘alabaga erishdik! Ammo siz sharmu hayoni un-
utib, nechun bizni bunchalik haqorat qilmoqdasiz? Shoh qiziga yar-
ashmaydigan bu qiliqni sizga kim o‘rgatdi? Yoningizdagi mullocha 
o‘rgatdimi?!
Ahmad Tanbalning g‘azabli ko‘zlari mavlono Fazliddinga qadaldi. 
Mavlono Fazliddin ham
uning ko‘zlariga ko‘zini qadab gapirdi:

Begim sharmu hayodan sizu bizga saboq berishga qodirlar! Be-
gimning haq so‘zlarini faqat qalloblar haqorat deb tushunurlar!

Kim qallob? – deb Ahmad Tanbal qilichini sug‘urib, mavlonoga 
qarab ot choptirdi. Shunda Xonzoda begim otini niqtab uning yo‘lini 
to‘sib chiqdi:

Ilmu hunar ahliga tig‘ tortish uyat!
Ikkovining otlari bir-biriga urilib, ayqashib ketdi. Ahmad Tanbal 
qilichini havoda o‘ynatar ekan:
– Begim, bu mullochani ma’shuqalardek himoya qilishlari uyat 
emasmi? – dedi. – Biz maxfiylardan eshitgan edik, ammo loyiha 
chizish bahonasi bilan bu mullocha begimni nechog‘lik rom qilganini 
bilmas ekanmiz!
Ko‘pchilik oldida Ahmad Tanbal Xonzoda begimning nomiga dog‘ 
tushirmoqchi bo‘lgani Xonzoda begimni shunchalik g‘azablantirdiki, 
u belidan xanjarini sug‘urdi:
– Meni badnom qilolmaysen, alamzada xoin! – deb, bor kuchi bi-
lan Tanbalning ko‘kragiga tig‘ urdi. Xanjar Ahmad Tanbalning to‘ni 
tagidan kiygan zirhli jibasiga tegdida, jaranglab, sirg‘anib ketdi. Ah-


120
mad Tanbal qilichini Xonzoda begimning tepasida sermadi. Qilich 
zarbidan Xonzoda begimning boshidagi bo‘rki uchib ketdi-yu, uzun 
sochlari yoyilib yelkasiga tushdi.
Shu payt orqadan o‘n to‘rt yoshli Jahongir mirzo bir to‘p muloz-
imlari bilan kelib qoldi. Buni ko‘rgan Do‘stbek Ahmad Tanbalni og-
ohlantirdi:
– Ahmadbek janoblari, bas, bo‘ldi!
Xonzoda begim o‘gay bo‘lsa ham har qalay, Jahongir mirzon-
ing opasi edi, shoh qizini ko‘pchilikning oldida sazoyi qilishga yo‘l 
qo‘ymas edi. Ahmad Tanbal Jahongir mirzo tomonga otini burdi va 
o‘zini oqlamoqchi bo‘lib gapirdi:

Bu qanday hol, amirzodam? Nahotki egachingiz sizga qar-
shi qurol ko‘tarib chiqsa? Yonlaridagi fitnachi me’mor egachingizni 
yo‘ldan urmish, amirzodam!

Mavlono Fazliddin sizdek xiyonatchi bekdan ming hissa sofdil, 
ming hissa olijanob! – dedi Xonzoda begim.– Mavlononing me’morlik 
san’ati Andijonning iftixori bo‘lishi mumkin edi. Ammo sizdek 
qonxo‘rlar uning orzularini uvol qildingiz! Ilohim shu orzularning 
uvoli tutsin sizni!
Xonzoda begim so‘nggi so‘zlarini yig‘lab aytdi-yu, otini qamchilab, 
ark darvozasiga qarab intildi. Biroq darvozani devordek to‘sib turgan 
navkarlar unga yo‘l bermadilar. Begim yoshli ko‘zlar bilan orqaga – 
mavlono Fazliddinga o‘girilib qaradi.
Mavlono Fazliddin belini paypaslab, qilichining sopini topdi-da, 
uni qinidan uquvsizlik bilan sug‘urib olib, Xonzoda begimning yo‘lini 
to‘sgan navkarlarga qarab in-tildi. Ammo Ahmad Tanbalning otliq 
navkarlari mavlono Fazliddinning yo‘lini to‘sib chiqdilar. Ikkitasi ma-
vlono mingan otni jilovidan ushlab to‘xtatdi. Biri og‘ir cho‘qmor bilan 
mavlononing bilagiga urib, qilichini qo‘lidan tushirib yubordi.
Bu orada Jahongir mirzoning ishorasi bilan narigi navkarlar Xon-
zoda begimga yo‘l bergan edilar. Begim yolg‘iz o‘zi ark darvozasidan 
ot qo‘yib o‘tar ekan, yana orqaga o‘girilib qaradi. Navkarlar yana de-
vordek bo‘lib, darvoza yo‘lini to‘sib olgan edilar.
Mavlono Fazliddin yov qo‘lida qolganini sezgan begim o‘kirib 
yig‘ladi.
Uning yig‘isiga faqat darvozaxona shifti bo‘g‘iq bir nido bilan 
javob berdi, xolos.
Tanbalning odamlari mavlono Fazliddinni otdan tortib tushirdi-
lar va qo‘lini orqasiga bog‘lab, piyoda haydab ketdilar.


121
Cho‘qmor zarbidan jarohatlangan bilagi qattiq og‘riyotganini ma
-
vlono Fazliddin qorong‘i bir hibsxonada yolg‘iz o‘zi qolganda sezdi. 
Uni Andijonning Chaqaridagi tosh istehkom ichiga, o‘lim jazosini 
kutadigan mahbuslar hujrasiga qamab, eshigini tashqaridan qulflab 
oldilar. Bu bilan ham qanoat qilmay eshik oldiga ikkita soqchi qo‘yib 
qo‘ydilar. Boya ark darvozasi oldida Ahmad Tanbal bilan Jahongir 
mirzoning o‘zaro gaplaridan mavlono Fazliddin shuni aniq sezdiki, 
uni shoh qiziga tama qilishda va oliy zotlarga beadabona munosabat-
da bo‘lishda ayblab, ertaga toshbo‘ron qilib o‘ldirtirmoqchilar. Shu 
bilan Ahmad Tanbal Xonzoda begimni ham badnom qilib, bir alam-
dan chiqsa kerak. Bobur va uning tarafdorlari xalq orasida yomonot-
liq bo‘lishlaridan Jahongir mirzo va uning onasi Fotima Sulton begim 
ham manfaatdor edilar, bu bilan ular Andijon taxtini narigilardan 
tortib olib to‘g‘ri ish qilganlarini isbotlaganday bo‘lardilar.
Rutubatli zax hujrada qorong‘ilikka tikilib o‘tirgan mavlono 
Fazliddin orqasiga bog‘langan qo‘llarini beliga bosib, bilagining 
og‘rig‘ini to‘xtatmoqchi bo‘lar, lekin og‘riq pasayish o‘rniga tobo-
ra zo‘rayar edi. Bu hali birgina cho‘qmorning zarbi... Ertaga uning 
ustiga do‘lday yog‘iladigan toshlarning og‘rig‘i qanchalik dahshatli 
bo‘larkin? Mavlono buni ko‘z oldiga keltirganda eti junjikib, o‘rnidan 
turib ketdi. Go‘yo u hozir hibsxonada emas, bir-biriga qarab qulayot-
gan ikki tog‘ning oralig‘ida turibdi-yu, endi har ikki tomondan uchib 
tushgan qoyatoshlar uni ezib majaqlashi kerak. Mavlono bu balodan 
qutulmoqchi bo‘lganday eshikka tomon intildi. Yelkasini yopiq eshi-
kka urib, jon-jahdi bilan qichqirdi:
– Oching! Oching deyman! Oching!
Kutilmagan bu qichqiriqdan cho‘chib tushgan bir soqchi qahr bi-
lan so‘radi:

Jin urdimi? Ne gap?

Ilkimni yechinglar! Jonim kerak bo‘lsa ertaga olursiz! Ilkim 
jarohatlangan! Yechib qo‘yinglar!
Soqchilar bu yerda poyloqchi bo‘lib o‘tirganlaridan juda asabiy 
edilar. Chunki hozir boshqa g‘oliblar Bobur tarafdorlarining molu 
mulklarini talon-toroj qilib boyimoqda edi. Tun yarmidan oqqan 
bo‘lsa ham Andijonning ko‘chalari va hovlilaridan otlarning du-puri, 
itlarning vangillashi, ayollarning dod-voyi, bemahal qo‘zg‘atilgan si-
gir va qo‘ylarning ma’rashi eshitilmoqda edi. Bu yerda qolgan soqchi-
lar qanchalik ko‘p o‘ljalardan mahrum bo‘layotganlarini mana shu 
tovushlardan payqab, ich-etlarini yeb o‘tirar edilar. Buning ustiga 


122
mahbusning asabiy gaplari qo‘shilib, ularning jahlini chiqardi. Xiril-
lagan ovozga qaraganda yoshi anchaga borib qolgan bir soqchi:
– Ilki jarohatlangan emish-a! – dedi. – Ertaga asfalasofilinga keta
-
digan haromi, bugun ilkingni o‘ylab nima qilasen?
Eshik ortidagi mahbusning nafrat bilan:
– Jallodlar! – degani eshitildi.
Xirilloq soqchi o‘rnidan sapchib turib do‘q qildi:
– Jim yot, o‘laksa! Hozir kirib, bir jarohatingni o‘nga yetkaza-
men! «Qanday kunlarga qoldim? – dedi mavlono o‘ziga-o‘zi. – Oda-
mzod shunchalik shafqatsizmi?» O‘lim shunchalik naqd ekan, bugun 
mana bu maxluqlardan gap eshitib, ertaga tosh-bo‘ronda xor bo‘lib 
o‘lgandan ko‘ra, Tanbal bilan olishib, qo‘lida qilichi bilan jon bergani 
yaxshi emasmidi? Boya Xonzoda begimning oldida mavlono shunga 
qodir edi-ku! Nega taqdir uni shundan ham mahrum qildi?
Tashqarida ot taqasining hovli toshlariga urilib qarsillagani es-
hitildi.
– Kim keldi?To

xta!
Hovliga kirib kelgan uch otliqdan biri:
– Xo‘ja Abdulla, mavlono qozi yosh podshohning farmoyishi bi-
lan keldilar! – dedi. Kelganlar birin-ketin otdan tushdilar. Ikki soqchi 
uzun nayzalarini ularga to‘g‘riladilar:
– Farmoyishni avval o‘nboshiga ko‘rsatmoq kerak!– dedi xirilloq 
soqchi.
Uning tepasida xiragina fonus yonib turar edi. Malla chakman ki-
ygan Xo‘ja Abdulla soqchilarning nayzasiga qarab kelar ekan:

O‘nboshini topolmadik! – dedi. – Nechun bu yerda sizlardan 
boshqa hech kim yo‘q? Yoshroq soqchi alamli tovush bilan:

Boshqalar o‘ljaning ketidan quvib ketgandir-da, – dedi.
Xo‘ja Abdulla qo‘lida o‘ram qilingan qog‘oz bilan ikki soqchining 
nayzalari qarshisiga kelib:

Unday bo‘lsa farmoyishni siz bajarmog‘ingiz kerak, – dedi. – Ol-
ing, o‘qing! Narigi ikki navkar otlarini devor tagidagi ustunga bog‘lab, 
o‘zlari Xo‘ja Abdullaning ketidan kelmoqda edilar.

Sizlar o‘sha joyda to‘xtangiz! – dedi xirilloq soqchi. Navkarlar 
to‘xtashdi. Xirilloq soqchi nayzasini ko‘tarib, Xo‘ja Abdullaga yo‘l ber-
di, so‘ng uning qo‘lidagi qog‘ozni ochib ko‘rdi. Qimmatbaho qog‘ozdagi 
qisqagina yozuv tagiga shohona muhr bosilgan edi. Xirilloq soqchi 
muhrni chiroq yorug‘iga solib ko‘rdi, ammo o‘qiyolmadi. U chalasa-
vod edi.


123

Qani, sen o‘qi-chi, – deb yoshroq soqchiga berdi. Biroq unisi 
butunlay savodsiz edi. Qog‘ozni qo‘lida aylantirib, Xo‘ja Abdullaga 
qaradi:

Pirim, bu qanaqa farmoyish?

Bu yerda yotgan nobakor juda xatarli mahbus. Uni arkka olib 
ketmog‘imiz kerak. Orqada turgan navkarlardan biri qo‘shimcha 
qildi:

Mavlono qozi arkda u haromini so‘roq qilmoqlari zarur!
Xo‘ja Abdulla Andijonning eng mashhur qozisi va juda ko‘p 
mo

’tabar odamlarning piri ekanini soqchilar ham bilar edilar. Ular 
Xo‘ja Abdullani bir ko‘rishdayoq tanigan edilaru, ammo uning Bobur 
tarafida turib jang qilganini eslab ikkilanar edilar.

Bu o‘zi Jahongir mirzoning farmoyishlarimi?– so‘radi xirilloq 
soqchi.

Shubhalansangiz, o‘qib ko‘ring!

Mahkam saqlanglar, deb buyurgan edilar-da, pirim.

Mahkam saqlaganlaring shumi? Yuzboshi qani? Nechun faqat 
ikkovlon qolmishsiz? Bu nobakorning tarafdorlari ko‘plashib hujum 
qilsa qandoq qilursiz? Yo‘q, buni tezroq arkka olib ketmoq zarur! Es-
hikni oching!
Yosh soqchi keksasiga qarab: «Bu qozi ham endi Jahongir mirzo 
tomoniga o‘tibdi-da, bo‘lmasa bunchalikjon kuydirarmidi?» – demo-
qchi bo‘ldi. Biroq unisi hamon ikkilanar-di:

Biz keyin ne deymiz?

Siz ikkovingiz hozir biz bilan birga ketursiz! – dedi Xo‘ja Abdul-
la. – Buni ko‘plashib qo‘riqlab bormasak, oldirib qo‘yishimiz mumkin!
Shundan keyin xirilloq soqchi ham bo‘shashdi. Nayzasini devorga 
tirab qo‘yib, eshikni ochdi. U ichkariga qadam qo‘yishi bilan Xo‘ja Ab-
dullaning hamrohlaridan biri yosh soqchining boshiga qora bir nar-
sani yopib, o‘zini yerga ag‘anatdi. Ikkinchi navkar xirilloq soqchining 
boshidagi dubulg‘asiga cho‘qmor bilan qarsillatib urib, uni ichkariga 
qulatdi-da, ustidan bosib tushdi. Xo‘ja Abdulla hamrohlariga shivirladi:

O‘ldirmanglar, uvollariga qolmaylik!

O‘ldirmasak keyin bular sizni tutib berurlar! Mavlono Fazliddin 
jiyani Tohirning ovozini tanib:

Jiyanim! Tohirjon! – deb qichqirdi.
Qora parda ichida talvasa qilayotgan yosh yigit esa:
– Pirim, shafqat qiling! – dedi. – Pirim! Sizga zinhor yomonlik qil-
maymiz! Qutqaring, pirim!


124

Bas! –deb shivirladi Xo‘ja Abdulla Tohirga. – Oyoq-qo‘llarini 
bog‘lasalaring bo‘ldi! Mavlono Fazliddin Tohir bilan Xo‘ja Abdullaga 
tomon otildi:

Ustod!... Jiyanim!.. Najotkorlarim!..
Tohir narigilarning qo‘l-oyog‘ini bog‘lash bilan ovora edi.
– Mavlono Fazliddin, qanisiz? – dedi Xo‘ja Abdulla.
Xo‘ja Abdulla mavlononi bag‘riga bosar ekan, uning qo‘li bog‘liq 
ekanini sezdi-yu, quchog‘idan qo‘ymay eshikdan tashqariga olib 
chiqdi. Fonus yorug‘ida belidan xanjarini olib, mavlononing qo‘li 
bog‘langan ola chilvirni kesib tashladi.
Tohir sherigi bilan narigi ikki soqchini ichkariga qamab, eshikni 
qulfladi-da, tog‘asining quchog‘iga otildi.

Jiyanim, xudo seni qaydan yetkazdi?

Boya Samarqanddan chopar bo‘lib keldim!

Bobur mirzo sog‘milar?

Ha, tuzalib qoldilar. Yordamga yetib kelmoqchilar!

Andijon qo‘ldan ketganini bilurlarmi?

Hali bilmaydilar-da!.. Xo‘ja Abdulla ularga shipshidi:

Endi jim!
Tohir tog‘asini otiga mingashtirib oldi. Chaqardan sekin chiqib, 
qal’aning ovloq bir chetiga qarab ketdilar. G‘oliblar hovlilarda hamon 
talon-toroj bilan band edilar. To‘rtovlon uch otda qal’a devorining 
tagiga keldilar. Endi hamma himoyachilar tarqab ketib, devor atrofi 
huvillab qolgan edi.

Mana shu yerda oshib o‘tishga qulayjoy bor, – dedi Xo‘ja Abdul-
la. Hammalari otdan tushdilar. Tohirning sherigi hurjunidan o‘ram 
qilingan arqon oldi. To‘rtovlon maxsus zinapoyadan devor tepasiga 
chiqqanlarida Xo‘ja Abdulla mavlono Fazliddinga yondashdi:

Mavlono sizni darvozadan otliq chiqarish xatarli. Tanib qolurlar.

Minnatdormen, ustod!
Xo‘ja Abdulla qo‘ynidan bir narsa olib, mavlononing qo‘liga 
tutqazdi. Bu – ichi oltinga to‘la og‘irgina charm hamyon edi.

Buni sizga xonim hazratlari berib yubordilar,– dedi Xo‘ja Ab-
dulla.

Voqeadan xonim hazratlari ham xabar topdilarmi?

Hazrat xonim yig‘lab mendan iltimos qildilar. Ahmad Tanbal siz 
orqali begimu xonimlarni sharmisor qilmoqchi ekan. Ammo biz tirik 
bo‘lsak, Bobur mirzoning oilasiga ham, muborak nomiga ham dog‘ 
tushurmagaymiz!


125
Mavlono hamyonni olib qo‘yin cho‘ntagiga solar ekan:

Men to‘g‘ri Bobur mirzoning huzurlariga yo‘l olurmen! – dedi.

Mavlono, – dedi Xo‘ja Abdulla ma’yus tovush bilan. – Biz xonim 
hazratlari bilan sizga boshqa bir maslahat bermoqchi edik.
Andijonda arab tilini Xo‘ja Abdullachilik yaxshi biladigan odam 
yo‘q edi. Bir vaqtlar mavlono Fazliddin ham shu odamdan arab tili-
dan saboq olgan edi va shundan beri uni ustod deb atar edi:

Qanday maslahat bo‘lsa bosh ustiga, ustod!

Samarqandga Tohirbek borurlar.

Men tog‘amni birga olib ketsam-chi? – dedi Tohir.

Yo‘q, Tohirbek, siz choparsiz. Balki Bobur mirzo Samarqandni 
tashlab chiqqandirlar... Mavlono, sizning noyob iste’dodingiz bor. Siz 
o‘zingizni ehtiyot qilmog‘ingiz kerak. Movarounnahrdagi bu fatorat-
lar* hali-beri bosilmasa kerak. Mavlono, siz bir vaqtlar Hirotga ketish 
fikringiz borligini aytgan edingiz. Endi shu fikrni amalga oshiradigan 
payt keldi.
Hirotga bir marta borib kelgan mavlono Fazliddin notinch o‘lka-
lardan oylar davomida yurib o‘tiladigan behad mashaqqatli yo‘llarni 
ko‘z oldiga keltirdi-yu, yuragini g‘am bosdi. Jarohatli qo‘lining og‘rig‘i 
boya esidan chiqqan ekan, endi bu og‘riq yangi bir kuch bilan qaytib 
keldi. Mavlono og‘riyotgan bilagini changallab:

Men vatanni qanday tark etay, pirim? – dedi.

Hozir Alisher Navoiy yashab turgan Xuroson ham bizga vatan 
emasmi, mavlono?

Vatan, albatta... Ammo men... balki qaytib kelolmasmen. Kul-
bamda kitoblarim, loyihalarim qolgan, Tohir jiyan!..

Hoziroq qaytib borib, barchasini yashirtirib qo‘yurmen, xotir-
jam bo‘ling, mulla tog‘a! Mavlono Fazliddin Xonzoda begimni endi 
umrbod ko‘rolmasligini oldindan sezayotganday yuragi uvushdi. Xo‘ja 
Abdulla bilan Qutlug‘ Nigorxonim uni Hirotga jo‘natayotganlarining 
bir sababi, mavlono bilan Xonzoda begim orasidagi nozik munosabat 
va shunga oid pastu baland gaplar edi.
Mavlono Hirotga ketishi bilan Xonzoda begim atrofida bo‘layotgan 
gaplar tezroq bosilishi mumkin edi. Mavlono shuni o‘yladi-yu:

Mayli, ustod, – dedi. – Men Bobur mirzoning nomlarini pok tut-
ish uchun har ishga tayyormen. Ammo bir iltimos: xonim hazratlari-
ga ayting, yolg‘on ovozalarga ishonmasinlar. Xonzoda begim halolu 
pokizalikda benazirlar!


126

Siz ham shundaysiz, mavlono, men bilurmen. Biz bunga is-
honmaganimizda, jonimizni garovga qo‘yib, boyagi soqchilarni 
aldab yurmas edik. Men umrimda shunday ishlar qilurmen, deb 
hech o‘ylamagan edim. Mana, Tohirbek menga dalda berdi. Ammo 
yog‘iylarning g‘alamisligi ham kishini majbur qilar ekan!

Sizlar menga yangidan jon ato qildilaringiz, ustod! Endi o‘zingiz 
ham ehtiyot bo‘ling! Jiyanim, sen ham!..

Rost, pirim ham Andijondan uzoqroq ketsalar, bexavotir bo‘lur 
edik! – dedi Tohir.

Hammamiz ketsak, xonimu begimlarga kim madad berur? – 
dedi Xo‘ja Abdulla. – Sho‘rlik mushtiparlar hozir meni kutib o‘tirgan 
bo‘lsalar kerak.
Osmonning sharq tomonidan bir parchasi xiyol oqarib kelmoqda 
edi. Mavlono Fazliddin shuni ko‘rib, arqonni beliga bog‘lay boshladi.

Nasib bo‘lsa hali yana ko‘rishurmiz, mulla tog‘a!

Tohir, jiyanim, mening tarhlarim... chizgan suratlarim yo‘qolib 
ketmasin. Sen harbiy odamsen, asrashing qiyin. Shuning uchun iloji 
bo‘lsa hammasini Xonzoda begimga bergin.

Bajonidil!

Men bu iltimosingizni Xonzoda begimga ham yetkazurmen! – 
dedi Xo‘ja Abdulla. Ular quchoqlashib xayrlashdilar. So‘ng mavlononi 
beliga bog‘langan arqon yordamida o‘n bir gazli devordan pastga 
tushirdilar.
Mavlono tong yorishganda Quvaning yo‘liga chiqib oldi.
Ammo qo‘rg‘on ichida qolgan Xo‘ja Abdulla ertasi kuni choshgoh 
paytida Xakan darvozasining yaqinida turadigan bir muridining hov-
lisida yashirinib o‘tirganda Ahmad Tanbalning odamlari uni qo‘lga 
tushirdilar. Chaqarda qo‘li bog‘liq yotgan soqchilar qattiq siquv 
ostida mavlono Fazliddinni kim ozod qilganini Ahmad Tanbalga ay-
tgan edilar. Ahmad Tanbal Xo‘ja Abdulla tutilgan joyga ot choptirib 
kelganda ko‘chani odam tutib ketgan edi. Qo‘li orqasiga bog‘langan 
ko‘ylakchan Xo‘ja Abdulla qurolli navkarlar qurshovida sekin yurib 
bormoqda edi. Uning oyoqlaridan mador ketgan, rangi o‘chgan. Oq 
sallasi va ko‘ylagining oqligi o‘siq soqolini odatdagidan qoraroq 
ko‘rsatar edi. Xaloyiq Ahmad Tanbalga yo‘l berib chetlandi. Xo‘ja Ab-
dullani haydab borayotganlar to‘xtadilar. Ahmad Tanbal ham otini 
jilovidan tortib to‘xtatdi:

Ha, aldamchi pir! – dedi. – Bizga shuncha yog‘iyliklar qilganingiz 
ozmidi, endi soqchilarni aldab, haromi mullochani ham qochiribsiz!


127

Men bir begunoh hunarpeshani adolatsiz o‘limdan qutqardim, 
xolos!

Soqchilarga yolg‘on muhrlar ko‘rsatishga uyalmadingizmi, al-
damchi pir?!
O‘nlab ko‘zlar Xo‘ja Abdullaga tikildi. Agar Xo‘ja Abdulla Tan-
baldan qo‘rqib, sarosimaga tushsa, o‘zini yo‘qotib qo‘ysa, gunohi 
bo‘yniga tushganday ko‘rinishi mumkin edi. Shuni o‘ylab, Xo‘ja Ab-
dulla iloji boricha dadil gapirishga tirishdi:

Men soqchilarga Bobur mirzoning muhrlarini ko‘rsatdim. 
Chunki Bobur mirzoni Andijonning yagona podshosi deb bilurmen!

Sen, imonsiz, muridlaringni yana aldamoqdasen! Bobur mirzo 
Samarqandda vafot etgan. Hozir toju taxt Jahongir mirzoniki!

Musulmonlar, bu gapga ishonmang! Alhamdulilloh, Bobur mir-
zo tiriklar! Andijonga yana kelurlar!

Yolg‘on! Xaloyiq, sizdek muridlarini aldab yurgan, aybini ya-
shirmoq uchun iflos bir haromini bizdan qochirgan bu imonsiz pir 
toshbo‘ron qilib o‘ldirilishi kerak! Tosh oting bunga! Savobtalab 
bo‘lsangiz tosh oting!
Ahmad Tanbal egar ustidan uloqchilarga o‘xshab pastga engash-
di-yu, uzun qo‘li bilan yerdan mushtday bir toshni oldi. So‘ng qad-
dini tiklab, toshni Xo‘ja Abdullaga qarab otdi. Xo‘ja Abdullaning keng 
ko‘kragiga «to‘p» etib tekkan tosh oq ko‘ylakda changli iz qoldirib, 
yerga yumalab tushdi. Og‘riqdan Xo‘ja Abdullaning ko‘zlari yoshlan-
di, nafasi qaytdi. Navkarlardan ba’zi birlari ham yerga engashib tosh 
qidirayotganini ko‘rgan Xo‘ja Abdulla nafasi titrab:

Musulmonlar! – dedi va hamon jim turgan xaloyiqqa tikildi. Ul-
arning orasida yigirma besh yoshlardagi gardani yo‘g‘on bir yigitni 
ko‘rdi-yu, bir vaqtlar yolg‘on ovoza tarqatishda ayblanib o‘ldirilgan 
mirob Darvesh govni esladi. Bu yigit o‘sha mirobning o‘g‘li edi. Xo‘ja 
Abdulla o‘shanda yosh Boburga bir og‘iz: «Buni qatl ettirmang!» – 
desa, ehtimol mirob hali tirikyurar edi. Xo‘ja Abdulla o‘shanda Ah-
mad Tanbalga o‘xshash bek- larning ko‘ngliga qarab Darvesh govni 
qutqarib qololmagani endi qalbida armon qo‘zg‘adi. Hozir o‘zi ham 
o‘sha mirobning ahvoliga tushdi-ku! Nechun o‘shanda loqaydlik qil-
di? Mirobning o‘g‘li otasining qasdi uchun Xo‘ja Abdullaga tosh otsa, 
balki haqli bo‘lar!.. Lekin begunoh me’morni qutqarib, o‘zi baloga 
qolayotgan Xo‘ja Abdullaga hech kim tosh otmadi.

Musulmonlar! – kuyunib takrorladi Xo‘ja Abdulla. – Men adolat 
yo‘lida jon berishdan qo‘rqmaymen! Adolat kim tomonda – shuni bir 


128
o‘ylab ko‘ringlar. Inini og‘aga dushman qilganlar kimlar? Yaxshilarga 
baxilligi kelib, poyiga bolta urayotganlar kimlar? Bu qora kunlarni 
boshimizga solganlar kimlar?!

Sen o‘zing! – deb qichqirdi Ahmad Tanbal.

Men Bobur mirzoga kichikligidan ilm o‘rgatdim, lison o‘rgatdim, 
men uni odil podshoh bo‘lishga undadim, Movarounnahr yana bir-
lashsinu yurt ichki urushlardan qutulsin, dedim. Bobur mirzo mar-
dona ishlar qilib, Samarqand bilan Andijonni birlashtirganda men 
ezgu orzularimga yetganday suyungan edim. Hayhot, mamlakat yana 
parchalandi. Yurt vayron bo‘ldi! Xaloyiq, agar meni o‘ldirish bilan 
mushkulingiz oson bo‘lsa, mayli, o‘ldiring!

Toshbo‘ron qiling! – buyurdi Ahmad Tanbal xaloyiqqa. Odamlar 
to‘pining orqarog‘idan yig‘lamsiragan tovush eshitildi:

Shayxulislom fatvo bermaguncha toshbo‘ron qilishga haqqimiz 
yo‘q! Keksa bir kishi:

Pirning qarg‘ishidan qo‘rqamiz! – dedi.
Navkarlar ham qo‘llaridagi toshlarini Xo‘ja Abdullaga otishga 
jur’at etolmay, Ahmad
Tanbalga qaradilar. Ahmad Tanbal yuzboshiga buyurdi:
– Unday bo‘lsa, qilichingni ol, kallasini kes! Bo‘yniga tig‘ ur!
Barzangiday qop-qora o‘rta yashar yuzboshi kumush sopli qili-
chini qinidan imillabroq sug‘urdi. Xo‘ja Abdulla unga tikilib, past to-
vush bilan dedi:

Mirbadalbek, hushyor bo‘ling, mening qonim yetti pushtingizga 
sachraydi! Xaloyiq orasidan qo‘rquv aralash nido eshitildi:

Pirning qoni tutadi hammamizni!
Yuzboshining qo‘lidagi qilichi qaltiray boshladi. U Ahmad Tan-
balga qarab yalindi:
– O‘tinamen, bu ishdan meni ozod qiling!
Ahmad Tanbal unga g‘azab qilib yelkasiga qamchi urdi.

Seni yuzboshilikdan ozod qilurmen, qo‘rqoq! Ahmad Tanbal 
boshqa navkarlariga buyurdi:

Bu imonsizni darvozaxonaga haydang! Xaloyiq shu yerda qol-
sin! Kim bizga ergashsa qilich bilan choping! Ayamang!
Navkarlarning bir qismi Xo‘ja Abdullani darvozaxonaga haydab 
ketdi. Qolgan navkarlar xaloyiqning yo‘lini to‘sib, Xo‘ja Abdullaning 
ketidan borgani qo‘ymadi. Oradan yarim soat o‘tgandan keyin Ah-
mad Tanbal odamlari bilan arkka tomon ot choptirib qaytib ketdi. 
Shundan so‘ng darvozaxonaga borgan odamlar Xo‘ja Abdullaning 


129
shiftdagi yo‘g‘on to‘singa osib o‘ldirilganini ko‘rdilar. Marhumning oq 
sallasi oyog‘i tagida chuvalib yotardi, bo‘yi esa tiriklik paytidagidan 
xiyla uzaygan edi. Odamlar uni dordan sekin tushirib oldilar. Kafan 
o‘rniga sallasiga o‘rab, shahidlardek ko‘mdilar.
Ustma-ust yoqqan bahor yomg‘irlari yo‘llarini balchiq qilib 
yuborgan. Andijonda yuz bergan dahshatlar xabarini tezroq Samar-
qandga yetkazish uchun loy sachratib, ot choptirib borayotgan Tohir 
endi Quvaga yaqinlashdi. Agar Bobur mirzo tuzalgan bo‘lsa-yu, Andi-
jonga ishonib, Samarqandni tashlab chiqsa, ahvol hozirgidan battar 
bo‘lishi mumkin. Tohir shuni o‘ylab, tagidagi bedovni qistaydi. Ammo 
ot qanchalik zo‘r va chopqir bo‘lmasin, tizzaga chiqadigan loy uning 
yo‘lini bog‘laydi, tinkasini quritadi. Chopib kelayotgan ot balchiqqa 
yiqilib tushadi-yu, qaytib turolmasdan, burnidan qon kelib, jon bera-
di. Tohir uni yo‘l ustida qoldirib, egar-yuganlarini oladi-yu, Quvadan 
boshqa ot topadi. Ammo bir kun yurmasdan bu ot ham holdan ketib 
yiqiladi. Naryoqda Xo‘jand, Jizzax – yana o‘n kunlik yo‘l... Tohir os-
monda uchib borayotgan qushlarga havas va armon bilan qaraydi.
* * *
Biroq Tohir qush bo‘lib uchganda ham endi Boburni Samarqand-
dan topolmas edi. Bobur xastalik to‘shagidan turgan zahoti onasi 
va ustozini qutqarishga shoshilib, Samarqandni allaqachon tashlab 
chiqqan edi. Unga kelgan axborotlarga binoan, Andijon qamali hali 
uzoq davom etishi kerak bo‘lib, bir yilga yetarli zaxira bor edi. Shun-
chalik abgorligi bilan Samarqand yetti oylik qamalga chidaganda 
o‘n ikki ming qo‘yi bor Andijon qo‘rg‘oni Xo‘ja Abdulladay dovyurak 
odam rahbarligida hali besh-olti oy «qilt» etmay turishi shubhasiz 
tuyulardi. Shu tuyg‘u bilan mingga yaqin odamlarning hammasini 
Samarqanddan olib kelayotgan Bobur Bulung‘ur va Xaliliya* qishlo-
qlaridan o‘tib, Sangzor daryosiga yaqinlashib qolgan edi.
Og‘ir xastalikdan yaqinda turgan Bobur yana uzlikib qolmasligi 
uchun uni to‘rt otliq mahofaga o‘tkazganlar, tagiga yumshoq parqu-
lar solganlar. Mahofaning eshikva derazalariga osilgan qizg‘ish ipak 
pardalar yo‘lning o‘nqir-cho‘nqirlarida alanga tillariday muttasil sil-
kinib o‘ynab boradi. Par yostiqqa yonboshlab o‘tirgan Bobur har za-
monda bir o‘rnidan qo‘zg‘alib, mahofaning orqa tomonidagi pardani 
ko‘taradi-yu, uzoqlarga tikilib qaraydi.
Uning qo‘shinidan besh-olti chaqirim orqada yana bir mahofa 
kelmoqda edi. Bir talay otliqlar qo‘riqlab borayotgan bu ko‘rkam ma-


130
hofada Boburning xolasi Mehr Nigor xonim va qallig‘i Oyisha begim 
safar qilmoqdalar. Bobur Samarqandni tashlab ketmoqchi ekanidan 
Buxorodagi Sulton Ali mirzo allaqachon xabar topgan va poytaxtni 
darhol egallash uchun Shahrisabzga kelib shaylanib turar edi. Bobur 
o‘z raqibi Sulton Ali mirzodan yaxshilik kutmas va qallig‘ini uning qo‘li 
ostida qoldirgisi kelmas edi. Bir vaqtlar Boysunqur mirzodan qattiq 
jabr ko‘rgan Mehr Nigor xonim va Oyisha begimlar ham endigi xavf-xa-
tarlardan tezroq qutulgilari kelar edi. Hozir ular uchun eng bexatar joy 
– Toshkent edi. Toshkent xoni Mahmudxon – Mehr Nigor xonimning 
akasi, Oyisha begimning opasi Roziya Sulton begim ham Toshkentga, 
Mahmudxonga tushgan. Toshkent yo‘li Jizzaxgacha Andijon yo‘li bilan 
bir. Mana shu sabablarga ko‘ra Bobur xolasi va qallig‘ini butun oda-
mlariyu ko‘ch-ko‘ronlari bilan birga qo‘riqlab olib ketmoqda edi. Faqat 
urf-odatni buzmaslik uchun kuyov bilan qalliq orasida besh-olti cha-
qirimlik masofa qoldirib, ikki to‘p bo‘lib bormoqda edilar. Kechqurun 
Sangzordan o‘tib, ko‘m-ko‘k adirlarda tunash uchun to‘xtaganlarida 
ham o‘sha masofani saqlab, ikki joyga chodir va o‘tov tikdilar.
Yonbag‘irlarda lolalar ochilgan. Havo nihoyatda yoqimli. Bobur 
mayin ko‘kat ustiga qadam qo‘yganda o‘zini xiyla yengil sezdi.
Samarqanddan chiqayotganda vujudini zilday bosib yotgan g‘am-
g‘ussalar endi asta-sekin tarqab ketayotganday tuyuldi. Poytaxtni 
shuncha mashaqqatlar bilan olib, oxiri o‘z ixtiyori bilan boshqaga 
qoldirib ketishi unga so‘nggi yillarda qilgan barcha harakatlarini 
behuda ko‘rsatib, ta’bini tirriq qilgan edi. Hozir mana bu ko‘klam 
adirlarda yayrab nafas olar ekan, u onasi va ustozini qutqarish ni-
yatida ketayotganini, bunda bir olijanoblik borligini, qallig‘ini asor-
atdan qo‘riqlab olib borayotgani ham mardlikdan ekanini o‘yladi-yu, 
ko‘ngli bir qadar taskin topdi.
Temur darvozasi deb atalgan ulug‘vor tangidan o‘tganlaridan 
keyin Bobur mahofaning eshigini ochib, miroxo‘rni chaqirtirdi. 
Miroxo‘r mahofaga jips kelganda:
– B-b-bo‘z o-o-otimni kel-t-t-tiring, – deb buyurdi.
U sog‘ayib ketganday ko‘rinsa ham, ammo hali tilida o‘sha og‘ir 
xastalikning asorati bor edi. Uning duduqlanib gapirishidan xavotir-
langan Qosimbek:
– Amirzodam, ot nechuk kerak? – dedi. – Minmoqchilarmi?
Bobur yana tili tutilishi mumkinligini sezib, tasdiq ma’nosida 
so‘zsiz bosh irg‘adi-yu, miroxo‘rga: «Aytganimni qiling!» degandek 
qaradi. Mahofa yurib bormoqda edi. Miroxo‘r:


131
– Bosh ustiga! – deb otga ketdi.
Qosimbek orqaroqda kelayotgan tabibni chaqirtirdi. Kalta oq so-
qolli o‘sha jikkak tabib mahofaga yondashib, Boburdan hali yana uch-
to‘rt kun ot minmaslikni iltimos qildi. Ammo Bobur o‘zini yaxshi his 
qilmoqda edi:

B-bir-pas otl-liq yuray!

Tilingizdan kalolat ketmaguncha sabr qiling, amirzodam!
Egar-jabduqlaridagi oltin bezaklari quyosh nurida yalt-yalt qilay-
otgan bo‘z otni jilovdor yetaklab keldi. Qosimbek unga:
– Qayt! – dedi-yu, Boburga mahofada tinchgina ketaverishni ma-
slahat berdi.
U bilan tabib Boburning yana uzlikib qolishidan astoydil 
qo‘rqmoqda edilar. Ammo Bobur otni orqaga yetaklab ketayotgan 
jilovdorga kulib qaradi-yu:

Yo‘-yo‘q, otni k-kell-tiring! – dedi. So‘ng Qosimbekka ham kulim-
sirab gapirdi:

X-xa-vo-otir olm-mangiz!
Jilovdor otni yana mahofa oldiga yetaklab keldi. Mahofa to‘xtadi. 
Bobur uning zinasiga oyoq qo‘yib, bo‘z otning egaridan oldi-yu, bir 
sakrab otga mindi. Jilovdor bundan zavqi kelib jilmaydi va jilovning 
uchini Boburning qo‘liga tutqazdi.
Qosimbek Boburni ortdan sinchiklab kuzatib boradi, agar uning 
behol bo‘lgani sezilsa, darhol yordamga yetmoqchi bo‘ladi.
Ammo Jizzaxga yetib bordilar hamki, ot ustidagi Boburning behol 
bo‘lgani sezilmadi. Kichikligidan ot minib suyagi qotgan chavandoz 
so‘nggi kunlarda suvorilikni juda sog‘ingan edi. Mahofaning yumshoq 
parqullari unga xastalik to‘shagini eslatardi. Tagidagi bo‘z otning 
sho‘x qadam olishi va sog‘lom bir qudrat bilan o‘ynoqlashi esa Bo-
burning a’zolarida anchadan beri mudrab yotgan yoshlik kuchlarini 
uyg‘otganday bo‘lardi. U otliq yurgan sari badani yayrab, bahri-dili 
ochilib borardi. Jizzaxdan naridagi ko‘kalam adirlarga o‘tib tunash 
uchun to‘xtadilar va ikki joyga chodir tikdilar. Boburning bugun otliq 
yurgani va o‘zini juda sog‘lom sezayotgani haqidagi xabar xolasi bilan 
qallig‘iga ham yetib borgan edi.
Mehr Nigor xonimning kuyovga xola, ayni choqda, qizga ona 
ekani sovg‘a-salom yuborish va bordi-keldi qilish uchun qulay edi. 
Namozshom paytida Mehr Nigor xonimning eshik og‘asi Bobur 
mirzoga sovg‘a olib keldi: chiroyli zarbof to‘n, oltin kamar, kumush 
dastali qimmatbaho qamchi. To‘n – Boburning tuzalish shodiyonasi. 


132
Kamar – «kuyovning beli yana ham baquvvat bo‘lsin», degan tilakni 
bildiradi. Qamchi – bugun Bobur otliq yurgani tufaylimikin? Yoki 
«Podshoh otini qamchilab, tezroq Andijonga yetsinu yog‘iylarni sav-
alasin!» degan ma’nosi ham bormikin? Nima bo‘lganda ham Bobur bu 
sovg‘alardan juda ta’sirlanib ketdi.
Ertaga ular xayrlashishlari kerak. Toshkent yo‘li shimolga burilib 
ketadi. Bobur tomonidan ham sovg‘a yuborilishi lozim. Biroq ayol-
larga yoqadigan qimmatbaho matolaru taqinchoqlarni ular qayerdan 
topishadi? Hammalari erkaklar. Qo‘ngan joylari ham cho‘l. Qosimbek 
shuni Boburga aytib: – Kumush laganlarda oltin pul yubora qolsak-
mikin?– dedi.
Bobur esa shu lagan va oltinlarni bugun bo‘sh qolgan mahofaga 
solib yuborishni taklif qildi.

Mahofa ham sovg‘a bo‘lsinmi? Balki ertaga o‘zingiz mahofada 
yurursiz, amirzodam?

Xu-xudo xohl-lasa, yur-masmen. 3-zaifalar yurs-sinlar.
So‘nggi gapni Bobur buyruq ohangida aytdi, shuning uchun Qo-
simbek boshqa e’tiroz qilolmadi.
Ertasi kuni ertalab ikki muhtasham mahofa ko‘ch ortilgan tuy-
alaru aravalari bilan birga shimol tomonga burilib, Mirzacho‘l orqali 
Toshkentga yo‘l oldi.
Bobur o‘z qo‘shinidan yuz kishini qo‘riqchilikka ajratgan edi ular 
ham mahofalar bilan birga uzoqlashib keta boshladilar.
Andijon yo‘lidan chetroqda katta bir qorovultepa ko‘rindi. Bobur 
yolg‘iz o‘zi shu tepaning ustiga ot qo‘yib chiqdi-da, egardan tushdi. 
Otining jilovidan tutganicha cheksiz cho‘lda tobora kichrayib bo-
rayotgan mahofalarga ancha vaqt tikilib turdi. Go‘yo u shu turishda 
qallig‘i bilan xayrlashdi, unga o‘z ehtiromini bildirib, oq yo‘l tilagan 
bo‘ldi.
Bobur yuz kun Samarqandda turib Oyisha begim bilan biror 
marta yuzma-yuz ko‘rishgan emas. Bunga urf-odat ham yo‘l berma-
di, yoshlik hayosi ham monelik qildi. Ko‘ksaroyda yoza boshlagan 
g‘azalining «Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dil xasta yetgaymen» – 
degan satri esiga tushdi. So‘ng ot ustida kun bo‘yi yo‘l yurib borayotib 
xayolan o‘sha g‘azalini davom ettirdi:
Muyassar bo‘lmasa boshimni qo‘ymoqlik oyog‘iga,
Boshimni olib, ey Bobur, oyoq yetguncha ketgaymen.
Kechqurun tunash uchun Qo‘shtegirmon degan joyda 
to‘xtaganlarida Bobur bu satrlarni qog‘ozga yozib qo‘ydi. G‘azal – shu 


133
satrlar bilan tugallanishi kerak. Lekin o‘rtada yana uch-to‘rtta bayt 
bo‘lishi kerak. Ularni keyinchalik, xotirjamroq paytda topmoqchi 
bo‘ldi.

Hozirgi G‘allaorol yaqinidagi qadimiy qishloq.

Miroxo‘r «amiri oxur» degani. M i r o x o‘ r - podshoh otboqar-
larining boshlig‘i.
* * *
Andijonda bo‘lgan voqealar dahshati Tohir qiyofasiga kirib 
Boburga tobora yaqinlashib kelmoqda edi.
Bobur odamlari bilan Novdan o‘tganda Tohir Qo‘qondan o‘tib, 
Xodarvish cho‘liga kirdi.
Bobur cho‘llarda olti marta tunab, yettinchi kuni kechki payt 
Xo‘jandga yetganda qora oti loyga belangan, o‘zi tanib bo‘lmas dara-
jada qorayib, ozib ketgan Tohir uning qarshisidan chiqdi.
Bobur hamma bek va navkarlari bilan kelayotganini ko‘rgan To-
hir otdan o‘zini yerga tashlab, dod solib yig‘lab gapirdi:
– Nechun Samarqandni tashlab keldingiz, amirzodam?!
Bobur Andijon qo‘ldan ketganini eshitdi-yu, nazarida, butun bor-
liq zilzila ichida qoldi, yeru ko‘k chayqalib silkinib ketdi. Chapda yal
-
tirab ko‘ringan Sirdaryo qirg‘oqlaridan toshib chiqa boshlaganday 
tuyuldi.
Daryodan narida Xo‘jand tog‘lari. Bu yerdan Andijon naqadar uzoq! 
Samarqand naqadar uzoq! O‘gay taqdir Boburni bu yerga go‘yo aldab 
olib kelganu birvarakayiga Samarqanddan ham, Andijondan ham 
mahrum qilgan! Endi uning ora yo‘lda muallaq bo‘lib qolganini Andi-
jondagi Ahmad Tanbal ham, Samarqanddagi Sulton Ali mirzo ham, 
Turkistondagi Shayboniyxon ham go‘yo uzoqdan ko‘rib turar edilaru 
«Boladay aldanibdi!» deb qah-qah urib kular edilar. Ularning kulgilari 
atrofdagi tog‘lardan aks sado bo‘lib qaytayotganday tuyular edi.
Tohir Ali Do‘stbekning xiyonat qilib, darvozani kechasi ochib ber-
ganini, Xo‘ja Abdulla esa Boburga sadoqati tufayli shu darvozaxonaga 
osib o‘ldirilganini aytganda Bobur ortiq bardosh qilolmay otiga qam-
chi bosdi. Qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmas edi. Chanqagan ot 
uni daryoning jar bo‘lib yotgan baland qirg‘og‘iga olib keldi. Birdan 
Bobur Axsida jar qulashidan halok bo‘lgan otasini esladi. Nazarida 
u turgan zamin ham hozir qulab tushmoqda edi. Bobur otini orqa-
ga burdi. Lekin orqadagi pastu baland yerlar ham jahannam qa’riga 
qulab tushayotganday lopillab ko‘rindi. Bobur otining bo‘ynidan qu-


134
choqladi-yu, yelkalari silkina-silkina yig‘lab yubordi. Qosimbek bilan 
tabib chol uning yoniga keldilar. Qosimbek qayg‘u to‘la tovush bilan 
yig‘lamsirab gapirdi:
– Amirzodam, hammamiz ham xonavayron bo‘ldik. Mening molu 
mulkimni talatibdilar. O‘g‘lim og‘ir yarador emish...
Bobur boshini ko‘tardi. Ko‘z yoshidan yuzi nam. Tabib uning 
yelkasini siladi.
– Amirzodam, shukur, onangiz, egachingiz salomat ekanlar. Ko‘p 
kuyunmang, boshingiz omon bo‘lsa, davlat topilur... O‘zingizni ehti-
yot qiling, yana xastalanib qolmang!
Bobur darvozaxonaga osilgan ustozini esladi-yu, ko‘ziga yana 
yosh quyilib keldi:
– Pirim, meni kimlarga tashlab ketdingiz? Shunday odamni osib 
o‘ldirsalar?! Men ustozim uchun qasos olmog‘im kerak! Qasos!
O‘rtanib gapirayotgan Boburning tili tutilmayotganidan tabib 
chol hayratga tushib, unga tikilib qoldi.
– Oxirgi nafasim qolguncha olishurmen!
Boburning yuzi qahru g‘azabdan bir oqarib, bir qizarib ketay-
otgan bo‘lsa ham so‘zlari ravon edi. Samarqandda Boburni tildan 
qoldirgan kasallik – g‘oyat kuchli bir ruhiy larzaning oqibati edi. Endi 
undan ham kuchliroq ruhiy larza Boburning tilida qolgan duduqlikni 
birdan yo‘q qilib yubordi. Dushmanlariga qarshi cheksiz bir nafrat va 
g‘azab unga kuch-quvvat bermoqda edi.
– Xoinlar jazosini olur! Chekinish yo‘q! Odamlarni to‘plang! Ham
-
maga ayting! Andijonga borurmiz!
Bobur otini keskin burdi-yu, parishon bo‘lib tarqayotgan odam-
larga qarab ketdi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə