“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


TADQIQOT METODLARI VA NATIJALAR



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#135348
1   2   3   4   5
175-179

TADQIQOT METODLARI VA NATIJALAR
O’qituvchi o’quv faoliyatini amalga oshirishda o’quvchilarning diqqatini qarata 
olishi dolzarb masalalardan biridir. Shuning uchun Boshlang’ich sinflarning bilim 
olishi, ko’nikma, malaka kompetensiyalarini shakllantirish masalasi bo’yicha


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-35, Issue-2, June-2023
 
176
“Jahon 
psixologiya 
fanida 
boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilrning 
diqqatini 
shakllantirishning nazariyalari” bo’yicha ilmiy maqola yoritishni maqsad qilib oldik.
O’qituvchi o’quvchilarga yaxshi bilim bera olishi, dars jarayonini yaxshi tashkil 
eta olishi va o’z vazifasini to’laqonli amalga oshira olishi uchun o’z kasbining 
bilimdoni bo’lishi va dars jarayonini tashkil eta olishi uchun faol ishtirokchi bo’lishi 
shart. Eng asosiysi esa o’quvchilarning diqqatini torta olishi kerak. Psixologiya 
fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs 
uchun ma'lum darajada ashamiyatga ega bo’lgan ob'ektning ustida to’planishi 
tushunladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki 
faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi va ularning muvaffaqiyatli yakunlanishini 
ta'minlaydi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limoti, A. A. Uxtomskiy 
ilgari surgan dominantlik prinsipi va ularning zamondoshlari tadqiqotlari diqqatning 
fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini 
yaratdi. Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va 
boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va takomillashishning zaruriy shartidir. Bilish 
jarayonlarining birligi, barqarorligi, o’zaro ularning uyqunligi, samaradorligi
mazmundorligi va tizimliligi bevosita diqqatga boqliqdir.
Insonning shar bir bilish jarayoni faqat diqqat yordamidagina ro’yobga chiqa 
oladi (lekin qiziqish va irodaviy aktni e'tibordan chetda qoldirmaslik shart). Agarda 
diqqat passiv (faolsiz) qo’zqatuvchilar yordamida vujudga kelsa, u taqdirda bilish 
jarayoni mashsuldorligi keskin kamayadi, shatto tormozlanishi sham mumkin. Diqqat 
kuchsiz, beqaror, ob'ektga to’planishi zaif bo’lsa, kishining diqqati uzoq vaqt muayyan 
vazifani bajarishga ongli ravishda yo’naltirilgan taqdirdagina bilish jarayoni maqsadga 
muvofiq amalga oshadi, xolos.
Ob'yektiv voqelikdagi narsa va hodisalar, sub'ektiv ruhiy kechinmalar, muayyan 
taassurotlar, insonning xulqi, faoliyati diqqatning ob'ekti bo’lib shisoblanadi. Diqqat 
jarayonida ongning voqelikka nisbatan tanlab munosabatda bo’lishi (to’planish, 
qaratilish, yo’naltirish, mustashkamlanish) xususiyati namoyon bo’ladi. Odamning 
biron-bir ob'ektga e'tiborini yo’naltirar ekan, u ongida faqat xuddi shu ob'ektning 
o’zinigina aks ettirib qolmasdan, balki ayni bir davrda qolgan narsalar va shodisalarni 
ong doirasidan chetda qoldirmaydi. Diqqatning ko’lami qanchalik keng doiraga 
yoyilsa, demak, u tanlangan ob'ektning miqdori shunchalik ko’p bo’ladi va boshqalar. 
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash 
mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir 
ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, 
M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi 
ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, go’yoki ong 
doirasi bir muncha tig’izlanadi. 



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə