Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Ijtimomiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedra



Yüklə 3,86 Mb.
tarix17.09.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#122157
9-may bayon (2)


Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Ijtimomiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi va Axborot-resurs markazi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Xotira aziz - qadr abadiy” nomli o‘tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
05. 05.2023-yil Guliston sh
Qatnashdilar:
Pedagogika markazi professor
o‘qituvchilari, Tarbiya va Kutubxona mutaxassisligi malaka oshirish kursi
tinglovchilari, ARM bo‘limi 50 nafar
2023-yil 5-may kuni Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professor-o‘qituvchilari, Tarbiya va Kutubxona mutaxassisligi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Axborot-resurs markazi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Xotira aziz - qadr abadiy” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni markazning Ijtimomiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedra mudiri U.Qlichev ochib berdi. U o‘z so‘zida: Inson xotirasi azizdir. Xalqimiz qadim-qadimdan o‘tgan avlodlarni munosib xotirlab, qadrlab kelgan. Xotira millat tarixi, uning qadriyatlarini madaniyat va ma’naviyatini, bir so‘z bilan aytganda mujassam etadigan buyuk qadriyat. Xotira o‘zlikni anglashda o‘tmishni doimo yodda tutishga bot-bot da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘u. Inson o‘zining kim ekanini xotira va qadr tuyg‘usi orqali chuqurroq anglaydi. Bizning tinch va baxtiyor yashashimiz hamda yurtimiz mustaqiligi uchun kurashgan va bu yo‘lda jonini fido qilgan insonlar hurmati, faxriylar xotirasi uchun bir lahza sukut saqlaymiz,- deb o‘z so‘zini tamomladi.
Keyin tadbir qatnashchilari tomonidan vatan tinchligiga bag‘ishlab yozilgan she’riyat durdonalaridan parchalar tinglandi. So‘ng barcha ishtirokchilarga xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan hujjatli film taqdim etildi.
Tadbir yakunida Axborot-resur markazi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Bazarov so‘zga chiqib, ulug‘ vatan urushi qatnashchilari va shu yurtimiz uchun jonini fido qilgan faxriylar xotirasini eslab turish uchun maktab o‘quvchilari ishtirokida kutubxonalarida manashunday tadbirlarni tashkil qilish lozim deb so‘zini yakunladi.
Tadbir namunali va qiziqarli tashkil etilganligi hamda tinglovchilarning badiiy jihatdan puxta tayyorlanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Yuqoridagi o‘tkazilgan tadbir haqida yig‘ilish
QAROR QILADI:
1.Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari, Ijtimomiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi va Axborot-resurs markazi bo‘limi ishtirokida “Xotira
aziz-qadr abadiy” nomli o‘tkazilgan tadbir namunali deb topilsin.
Ijtimomiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri: U.Qlichev
ARM bosh mutaxassisi: Sh.Bazarov







ARM bosh mutaxassisi: Sh.Bazarov.
Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə