Hosil bayrami



Yüklə 1,62 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#136664
maqola hosiljon


MEHRJON BAYRAMI
Uralova Momogul Karimberdinvna 5 son DMTT
Tarbiyachisi
Email:uralovamomogul5@gmail.com


Annotatsiya: Tarbiyachi yosh avlodlarni etuk barkamol inson qilib Tarbiyalashda biz tarbiyachilar roli Juda .
Kalit sozlar: Bolalarga “HOSIL BAYRAMI” haqida va qaysi faslda otkaziladi nima uchun bu bayramni Kuz faslida qilinishi xaqida tasurotlar va suhbarlar otkazish kerak boladi Fasllar bir biri bilan qanday uzviy bogliqi farqi xaqida suhbatlar o'tkiziladi.
Аннотация: Педагоги играют очень важную роль в воспитании молодого поколения зрелых и всесторонне развитых людей.
Ключевые слова: Детям будут предложены идеи и дискуссии о «ПРАЗДНИКЕ УРОЖАЯ» и о том, в какое время года он отмечается, почему этот праздник следует отмечать осенью.
Annotation: Educators play a very important role in educating young generations into mature and well-rounded people.
Key words: The children will be given ideas and discussions about the "HARVEST FESTIVAL" and in what season it is celebrated, why this holiday should be celebrated in the Autumn season.
23-sentabr – Mehrjon bayrami (kuz bayrami). Bu bayramlar Xorazmda “Chiri-ruj”, So’g’d-Samarqandda “Nim-sarda” kabi nomlarda yuritiladi. U kuzgi kun va tun tengligini, hosil yig’ish yakunini, qishga tayyorgarlik ko’rish kabi hodisalarni aks ettiruvchi bayram. Tarixda 10-15 asr mobaynida Navro’zdan so’nggi ikkinchi katta bayram hisoblangan, yil yarmi vazifasini ham o’tagan. O’rta asrlarda turli bayramlarga bo’linib ketgan. Hozirgi kunda kuz bayrami, kuzgi kun va tun tengligi, an’anaviy (eski) “yil yarmi” mehr-shafqat tadbirlari sifatida tabiiy saylgohlarda, madaniy bog’, o’yingohlarda, maydonlarda turli ko’rgazmalar, ko’rik-tomoshalar, musobaqalar kabi shakllardan foydalanib o’tkazilmoqda. Bu bayram- barcha qishloq xo’jalik xodimlarining – bog`bonu sabzavotkor, g`allakoru paxtakor, sohibkoru pillakorlarning yil davomida erishgan g’alabalarini, mehnat mavsumining yakunlanishini tantana qiladigan yirik anjuman hisoblanadi. Avvaliga bog’bonu-sabzavotkorlar, yetishtirgan mahsulotlarning ko’rigi sifatida, so’ngra ularni g’oyaviy-badiiy elementlar va badiiy dasturlar bilan boyitilishi natijasida o’ziga xos yangi mehnat va tabiat bayramlari vujudga kela boshladi. Sabzavotkor va bog’bonlarning o’ziga xos hosil bayrami vazifasini ham bajaradigan bayramlar odatda avgust oyining oxiri va ko’proq sentyabr oyining boshlarida, tabiatning eng go’zal bo’lgan vaqti baxmal mavsumida mevalar, sabzavotlar va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ib-terib olish tugallanayotgan bir paytda uyushtiriladi. Respublikamizda mazkur bayramlarni o’tkazish borasida o’ziga xos tizim vujudga kelmoqda. Ular avvaliga ko’pgina yirik tuman markazlarida tashkil qilinib, unda tumandagi barcha jamoa xo’jaliklari o’zlarining yetishtirgan maxsulotlari bilan qatnashadi. So’ngra shu tartibda viloyat markazlarida, barcha tumanlarda olingan hosillarning eng yaxshi natijalari sayllari boshlanadi. Kechki payt tuman madaniyat uyida pilla yetishtirish bo’yicha majburiyatlarni bajargan ilg’orlarni taqdirlashga bag’ishlangan tantanali kecha va konsert uyushtiriladi.

23-sentabr Yaponiya va Meksikada kuzgi tengkunlik bayrami kuni
Kuzgi tengkunlik kuni – bu kuzning astronomik hisobdan boshlangan kuni hisoblanadi. Quyoshning shimoliy yarimshardan janubiy yarimsharga o’tish nuqtasi bahoriy hamda kuzgi tengkunlikka mos tushadi. “Tengkunlik so’zi yerning barcha nuqtasida kun va tun davomiyligi ushbu kunda bir xil bo’lishini anglatadi. Yaponiyada “Kuzgi tengkunlik” rasmiy bayram hisoblanib, 1878-yildan boshlab nishonlanadi. Bu kunda yaponlar qadimiy buddaviylar xigon bayramining rasm-rusumlarini amalga oshirishadi. Ajdodlarini ziyorat qilib, kerakli marosimlarni o’tkazishadi. Meksikada esa kuzgi tengkunlik kunida qadimiy Chichen-Itsa shahridagi mashhur Kukulokan piramidasini ziyorat qilishga harakat qilishadi.
Mehrjon, Mehrgon — kuzgi teng kunlikda kuz bayrami sifatida oʻtkazilgan bayram. Miloddan avvalgi 1 ming yillik boshida bunday kuzgi bayramlar turli joylarda, mas, Eronda va boshqa joylarda M., koʻhna Xorazmda — Chiriruj, Sugʻ-dda esa Nimsarda nomi bilan mashhur boʻlgan. Oʻrta ayerlarda Mehrgon (M.) muhim bayramlardan biri sifatida nishonlanib kelingan. Baʼzi mamlakatlarda Mehrgon davlatning rasmiy bayrami sifatida oʻtkazilgan. Shu maqsadda davlat xazinasidan mablagʻ ajratilgan, sovgʻalar tarqatilgan, yurtga osh berilgan, sayillar, musobakalar, tomoshalar uyushtirilgan. M. qad. Dehqonchilik madaniyati bilan bogʻliq bayramdir. Musulmon ulamolari bu bayramni zardushtiylikka daxldor udumlar deb, oʻtkazilishiga qarshilik koʻrsatishgan. Shu boisdan boʻlsa kerak, M. bayramini nishonlash asta-sekin toʻxtagan.
20-asrning 90-yillarqsan M. dastlab Tojikistonda, soʻng Oʻzbekistonda qayta nishonlana boshlandi.
Xulosa Bilajonlar bu bayramdan o’zlariga bir qancha ta’surotlar olishadilar .Horizon bayrami bizning ota -bobomizdan qolgan meros bayramligini his qilishadilar .
Kerakli adabiyotlar:uz m.wikpedia.ord.
Geografiya.uz.
https.//
Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə