Pedagogik mahorat faniga glossariy



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə9/16
tarix28.03.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#103447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
glossariy

Moddiy qadriyatlar –

Insoniyatning yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo‘lgan, ijtimoiy, iqtisodiy talabini qondiradigan barcha turdagi narsalar va ashyolar yig‘indisi.

Muallim –

Muayyan fan yuzasidan ta’lim berishga vakolatli, ta’lim – tarbiya bo‘yicha oliy, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, pedagogik va psixologik bilim, ko‘nikma, malakalarni va talab darajasidagi mahoratni egallagan, ta’lim-tarbiya, usul, vosita uslubi asosida o‘z metodikasi, ishlash qobiliyatiga ega ma’naviy yetuk shaxs.

Muammo –

Ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaziyatning, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat.

Muammoli vaziyat –

Talabaning ma’lum psixik holatidir. Bunday holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.

Muomala -

Yaxshilikka sabab bo‘lgan ishlarda mayinlik, shirinso‘zliq, yoqimtoylik asosidagi munosabat.

Murakkab malaka -

Kasb mahoratining asosini tashkil etib, bilim, boshlang‘ich malaka hamda ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi va ular asosida shakllanadi. Murakkab malaka shakllanishi shaxsda kasb mahoratini paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.

Muhit –

Kishiga ta’sir etadigan tashqi voqelik.

Nutq qobiliyati –

Nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati

Ogohlantirish –



Noma’qul xatti – harakatlarning oldini olish uchun qo‘llaniladigan vosita

Odat –

Xalqlarning ichki munosabatlarini tartibga soluvchi mezon va an’analar majmuasi. «Odat» so‘zi udum, urf, an’ana va marosim tushunchalari o‘rnida qo‘llaniladi

Odob –

Xulq-atvor, yurish-turish madaniyatining tashqi jihatini ifodalaydi.

Odob - axloq -

Shaxsdan o‘ziga va dunyoga munosabatlariga olib boruvchi hatti – harakatlarning belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sababiyat, tasavvurlar va qarashlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.

Oila –



Kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy – madaniy organizm.

Omil-

Bir guruhga kiruvchi kamida ikkita ilk mahsul boisdan tashkil topgan ahamiyatli sababdir


Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə