Pedagogik mahorat faniga glossariy



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə1/16
tarix28.03.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#103447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
glossariy


Pedagogik mahorat faniga
GLOSSARIY



Adaptatsiya
(ko‘nikish) -

Shaxs yoki guruhning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir etish, moslashish jarayoni.

Akmeologiya -

Kattalarning o‘z-o‘zini mustaqil rivojlanishi, mustaqil bilim egallashi, kasbni takomillashtirish haqidagi fan.

Akseleratsiya –

Ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishining tezlanishi.

An’analar -

Jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o‘tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.

Audirovanie –

Nutqni og‘zaki qabul qilish va tushunish, so‘zlashuv, yozuv, o‘qish bilan bir qatorda nutq faoliyatining bir turi.

Axloqiy tarbiya –

Talabalarda umuminsoniy, axloqiy tamoyillariga sodiq bo‘lish, jamiyat axloqiy talablari va me’yorlarini hisobga olgan holda o‘z hatti-harakatlarini tanlay olish mahorati, axloqiy tafakkur tizimini shakllantirish.

Afsona –

Forscha so‘zdan olingan bo‘lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo‘lgan nasriy hikoyalar.

Aqliy tarbiya –

Talabalarning ongi va tafakkurini bilimlar, ongli ko‘nikmalar hamda malakalar bilan boyitish. Aqliy kuchlar: sezgilar, ruhiy jarayonlar, iqtidorlar, biluvchanlik maqsadlari, dunyoqarash va faoliyat ozodligini shakllantirish.

Aqllilik –

Biror ishni bajarishda shoshma – shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.

Bilim –

Talabalar tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda ijtimoiy munosabatda zarur bo‘lgan fan asoslarining qonunlari, omillari va tushunchalarini o‘zlashtirish natijalari.


Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə