Pedagogik mahorat faniga glossariy



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə11/16
tarix28.03.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#103447
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
glossariy

Siyosiy madaniyat –



Umumiy madaniyatning muhim turi, jamiyat a’zolari, millat, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar hamda har bir fuqaroning, davlatning ichki va tashqi siyosatini tushuna bilish qobiliyati, tahlil qila olish darajasi va siyosiy vaziyatga qarab, mustaqil ravishda o‘z hatti – harakatlarini belgilash hamda ularni amalga oshirish madaniyati.

Suhbat –

Pedagogik muloqot usullaridan biri; u evristik, individual, axborot, mustahkamlash usullaridan farq qiladi.

So‘rov, so‘roq –

Faqat o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni tiklabgina emas, balki uni isbotlab va tushuntirib berishdan iborat.

Tabiat –

Eng muxim estetik tarbiya vositasidir.

Talab –

Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatining namoyon bo‘lishidir.

Takomillashuv –



Qarama – qarshiliklarning birligi va kurashuvidir, ana shu birlik hamda kurash natijasida ro‘y beradigan o‘z – o‘zidan harakatlanishdir.

Tanbeh berish –

Eng yengil jazo chorasidir.

Tarbiya -

Keng qamrovli tushuncha bo‘lib, avloddan-avlodga ijtimoiy tarixiy tajribalarni yetkazish borasidagi faoliyat, shaxs shakllanishiga uzluksiz, maqsadga muvofiq, izchil ta’sir etish orqali mustaqil harakatga, ishlab chiqarish, foydali, unumli mehnatga tayyorlashdir. Tarbiya ta’limsiz amalga oshmaydi. Ta’lim berishdan maqsad, uning izidan tarbiya berishdir, ya’ni ta’lim orqali egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatiladi.


Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə