Pedagogik mahorat faniga glossariy


Ma’rifat - (arabcha “arafa”- “bilmoq” so‘zidan) –



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə7/16
tarix28.03.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#103447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
glossariy

Ma’rifat -

(arabcha “arafa”- “bilmoq” so‘zidan) ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g‘oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o‘stirishga qaratilgan faoliyat.

Mahalla -

(Arabcha “mahalla” – joy, o‘rin, makon) – O‘zbekistonning muayyan tarixiy sharoitlarida, asrlar davomida shakllanib, faoliyat ko‘rsatayotgan, aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik, uyushma.

Mahorat -

Turli malakalardan ishonchli, ijodiy ravishda foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta’limning mutloq maqsadidir. Mahorat – bu murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror ritmi uchun kafolat beruvchi ishonchlilikdir.

Mehnat -

Kishilarning qobiliyatini amalga oshirish jarayonidir.

Mehnat tarbiyasi –

Talabalarni umumiy mehnat bilimlari va ijtimoiy foydali mehnat malakalari bilan qurollantirish. Mehnatsevarlik, mehnatning har xil shakllarini tavsiya etish qobiliyatini namoyon etib, tadbirkorlik va ijodiy yondoshuvni namoyon etish xususiyatlarining egasi sifatida shakllantirish.

Millat -

(arabcha “millat”- xalq) – kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit xududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.

Milliy an’analar -

Millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va xislatlarning avloddan-avlodga o‘tish hamda meros bo‘lib qolish tarzi.

Milliylik -

Tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni, ya’ni millatlar va elatlarni boshqa barqaror ijtimoiy birliklardan, masalan, ijtimoiy guruhlardan farqlovchi tomonlar, xususiyatlar, ma’naviy, ruhiy va madaniy qirralar hamda tafovutlar majmui.


Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə