P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


 ‘Z B E K IS T 0 N D A   PSIX O L O G IY A   F A N IN IN G



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə549/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551
2 5463028049224140945

0 ‘Z B E K IS T 0 N D A   PSIX O L O G IY A   F A N IN IN G

 

Q ISQ A C H A  TARIXIY TARAQQIYOTI

O'rta  Osiyo  xalqlari  uzoq  o'tmishga,  ko‘p  asrlik tarixga,  boy  madaniy 

merosga egadir.  0 ‘rta Osiyoning markazida joylashgan O'zbekiston Sharq- 

ning  eng  qadimiy  madaniy o'choqlaridan  biri  bo'lib,  u jahon  fani  tarixiga 

munosib  hissa  qo'shdi.

Xorazmlik  olim  Al-Xorazmiyning  nomi  bizning  davrimizgacha  «algo- 

ritm» degan  matematika  termini  orqali  yetib  kelgan.  Yevropada  «Alfaga- 

nus»  nomi  bilan  mashhur  bo'lgan  atoqli  olim  Ahmad  al-Farg'oniyning 

«Astronomiya  asoslari»  degan  ensiklopedik asari  XV asrda G'arbiy Yevro­

pada juda  mashhur bo'lgan  edi.

O'rta asriarda «faylasuflar mirzosi»  deb  nom  qozongan  Buxorolik  mu­

tafakkir, atoqli olim Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari XVII  asrda 

G'arbiy Yevropa tabiblarining asosiy qo'llanmasi bo'lib keldi va kelmoqda. 

Shuningdek,  Ibn  Sino  ijodida  materiyaning  doim  vujudga kelishi  mumkin 

bo'lgan narsalardan  awal  mavjud bo'lishi  mumkinligi  haqidagi  fikrlari psi­

xologiya  fanida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.

Beruniy va Forobiy singari fan arboblari faoliyatining ahamiyati beqiyos- 

dir.  Beruniy  matematika,  astronomiya,  fizika,  botanika,  geografiya,  umu­

miy geologiya,  etnografiya,  tarix  va  xronologiya  sohalarida  ish  olib  bordi. 

Abu  Rayhon  Beruniy  ijodida  «Tana  va  ruh»ga oid  hodisalar talqin  qilindi. 

Abu  Rayhon  Beruniy 973-yilda Xorazmning  Kot,  hozirgi  Beruniy shahrida 

tavallud topgan.  Beruniyning ijtimoiy falsafiy qarashlaridagi a’zolaming bir- 

biriga  zidligi,  ularda  bir-biridan  farq  qiluvchi  turli-tuman  xatti-harakatlar 

va  fe’l-atvor  mavjudligi  asoslangan.  «Odam,  —  deydi  Beruniy,  —  tabiati 

jihatidan  bir-biriga  zid  a’zolar qo'shilmasidan  tarkib  topgan  murakkab  ta­

naga ega va uning holati  o'z fe’l-atvoriga ko'ra xilma-xil bo'ladi».  Beruniy­

ning  fikricha,  odamlarning  qiyofasi  bir-biriga  o'xshamasa-da,  ular  ayni 

chog'da bir-biridan farq qiladi.  Bu farq ulaming mijozi,  fe’l-atvori va tabiiy 

xususiyatlarida  namoyon  bo'ladi.

Uning zamondoshi Abu  Nasr Forobiy (Abu  Nasr Muhammad ibn  Mu­

hammad  ibn  Tarxon  ibn  O'zliq  Sirdaryo  sohilidagi  Forob  shahridan)  hayot 

vaqtidayoq  «ikkinchi  muallim»  nomini  olgan  edi.  U  tabiiyot  sohasida  O'rta 

asming eng atoqli tadqiqotchilaridan biri edi.  U  keng ma’nodagi inson  ruhiy 

jarayonlari va ta’lim-tarbiya haqida o'z zamonasi uchun  ilg'or fikrlarni  ilgari 

surdi.  Forobiyning  ruhiy  jarayonlar  haqidagi  ta’limoti,  bevosita  fiziologik 

jarayonlar bilan psixik jarayonlar orasidagi bog'liqlik haqidagi, dunyoni bilish 

haqidagi ta’limoti  psixologiya fanining taraqqiy etishida  muhim  rol  o'ynadi.

Keyinchalik  AJimad  Yassaviyning  mehr-saxovatli  bo'lish  haqidagi  qa­

rashlari,  Imom  Abu Abdulloh  Muhammad  ibn  Ismoil  al-Buxoriy  ijodidagi




shaxslararo  munosabatlar,  Bahovuddin Naqshbandiy ijodida aql va dunyo­

qarashning shakllanishi, A.  Navoiy faoliyatida ilmiy ta’lim-tarbiyaning asos- 

lanishi kabilar boy meros sifatida psixologiyani har tomonlama o'rganishning 

asosini  tashkil  etdi.

Respublikamiz  boy  madaniy  merosga  ega  edi.  Bu  esa  respublikamiz 

madaniy,  iqtisodiy va  siyosiy  hayotida  mislsiz  taraqqiyotga  erishish  uchun 

imkoniyat  yaratib berdi.

XX 


asrga  kelib,  O'zbekistonda  ham  boshqa  faniar  qatori  psixologiya 

fanining rivojlanishiga imkon tug'ildi.  Qozon  universitetini tamomlagan va 

1933-yildan  boshlab  professor  unvoniga  ega bo'lgan,  hamda  1941—1968- 

yillar mobaynida Nizomiy nomidagi Toshkent  Davlat  Pedagogika instituti- 

ning  Psixologiya  kafedrasiga  mudirlik  qilgan  bilimdon,  aql-zakovat  egasi 

P.I.Ivanov  O'zbekistonda  psixologiya  fanining  rivojlanishiga  katta  hissa 

qo'shdi,  80 ga yaqin ilmiy qo'llanma va maqolalar yozdi. Ayniqsa,  umumiy 

psixologiya yosh va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi yo'nalishda 

barakali  ijod  qildi.  Uning  «Памят».  Т.,  1941;  «Психология»  (qisqacha 

izohli  lug'at)  Gosizdat,  1946;  «Психология»  (pedagogika oliy o'quv yurt­

lari uchun o'quv qo'llanma).  M,  Uchpedgiz,  1954,  1956,  1959;  «psixologi­

ya»  (pedagogika  oliy  o'quv  yurtlari  uchun  qo'llanma)  Uchpedgiz,  1957, 

1960  (2  nashr);  «Психологические  основы  обучения».  T,  Uchpedgiz, 

1960;  shu  kitobning  o'zbek  tilidagisi  «Ta’limning  psixologik  asoslari»  T, 

1961;  «Umumiy  psixologiya»  (o'zbek  tilida).  T,  1957-yil;  «Общая 

психология»  T,  1967  (2  nashr);  «Развития  технического  мышления 

учащихся  на  уроке  труда»  (Yaroslavl,  1969-yili)  kabi  qator  darslik  va 

qo'llanmalari  chop  etildi.  U  o'zining  ko'p  yillik  pedagogik  faoliyatini  psi- 

xologiyadan  o'quv  qo'llanmalari  yaratishga  bag'ishladi  va  ko'plab  ilmiy 

kadrlar  yetishtirib  chiqardi.  Uning  kamtarin  mehnati  «O'zbekistonda  xiz­

mat  ko'rsatgan  fan  va  texnika  arbobi»  unvoni  bilan taqdirlandi.

1945-50-yilIarga qadar O'zbekistonda psixologiya fani bo'yicha birorta 

ham  o'zbek  tilida  darslik,  qo'llanmalar  yo'q  edi.  P.I.  Ivanovning  «Psixo­

logiya» kitobi o'zbek tiliga taijima qilingunga qadar uning shogirdlari dom- 

lani  ma’ruzalariga  muntazam  qatnashib,  uni  o'zbek  tiliga  taijima  qilib, 

keng  talabalar ommasiga  yetkazishga  harakat  qildilar.

P.I.  Ivanovning  shogirdlaridan  biri  bo'lgan  Sh.  Bayburova  domlaning 

rus tilidagi  ma’ruzalarini o'zbek tiliga taijima qilib, talabalarga o'zbek tilida 

psixologiyadan  ma’ruzalar o'qidi  va  psixologiya  sohasidagi  bilimlami  mu- 

jassamlashtirib,  o'zbek tilida «Psixologiya»  darsligini  1949-yili chop ettirdi. 

Bu  darslik sirtqi  va  kunduzgi  bo'lim  talabalari  uchun  o'zbek tilida  yagona 

o'quv qo'llanma edi.  Keyinchalik P.I.  Ivanovning «Psixologiya» kitobi o'zbek 

tilida  chop  etildi.

Bolalar psixologiyasi  sohasida  ham  katta  ishlar amalga  oshirildi.  1964- 

yili  A.A.  Asqarxo'jayev,  P.I.  Leventuev,  M.  Vohidov,  E.  Chudnovskiylar-



ning «Bolalar psixologiyasining  ocherklari»  nomli  qo'llanmasi  chop  etildi. 

Bunda bolaning dunyoga kelgan kunidan boshlab to 17—18 yoshgacha bo'lgan 

davrdagi  anatomo-fiziologik  xususiyatlari,  psixologik  xususiyatlari,  bolalar 

shaxsining  shakllanishi  masalalari  keng yoritib berildi.

P.I.  Leventuev yosh  avlodni  mehnatga tayyorlash,  adabiy ijodiyot  psi­

xologiyasini  tadqiq  qilish  ustida  ish  olib  bordi.  M.  Vohidov  esa  bolalar 

psixologiyasini  talqin  qilib,  darslik  yaratishga  kirishdi.

1965-yili  birinchilardan  bo'lib,  I.M.  Krasnobayev  «Yuqori  sinf 

o'quvchilarida axloqiy e’tiqodlaming rivojlanishi»,  1971-yili Davletshin Mu­

hammad  Gabdulgalimovich  Leningradda  «O'quvchilaming texnika qobili­

yati  psixologiyasi»  bo'yicha  doktorlik  dissertatsiyasini  himoya qildilar.

Ayniqsa,  M.G.  Davletshinning O'zbekistonda psixologiya fanining rivoj- 

lanishda xizmatlari buyukdir.  Uning asosiy ilmiy yo'nalishlari o'quvchilarda 

texnik qiziqishlar,  qobiliyatlarning shakllanishiga,  mehnat ta ’limi va kasbga 

yo'nalish  muammolariga,  pedagogika  oliy  o'quv  yurtlarida  va  universitet- 

larida  o'qituvchi  kadrlar  tayyorlash  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan 

edi.  Shuningdek,  u  Sharq  mutafakkirlarining  psixologik  qarashlarini 

o'rganish, ilmiy ishlarda boy merosdan foydalanishga,  «Yangi turdagi o'quv 

yurtlari  — akademik  litseylar va  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim-tarbiyaning 

samaradorligini  oshirishning  psixologik  muammolari»  va  Oliy  pedagogik 

o'quv yurtlarida o'quv jarayoniga  pedagogik texnologiyani  tatbiq etishning 

ilmiy  asoslariga  e’tibor  qaratdi  va  bu  sohada  ko'plab  izlanishlar  qilindi, 

darsliklar,  qo'llanm alar,  ilmiy,  ommabop  m aqolalar  chop  etildi. 

M.G.  Davletshin  psixologiya  faniar  doktori  (1971),  professor  (1972), 

O'zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko'rsatgan  fan  arbobi,  Nizomiy  nomli 

TDPU  Psixologiya kafedrasi  mudiri,  270 ga yaqin  ilmiy  maqolalar mualli- 

fi,  50 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyasining ilmiy rahbari,  ko'plab doktor­

lik  dissertatsiyasiga  ilmiy  maslahatchi  bo'ldi.  Uning  ilmiy  ishlari  ichida: 

«5-7-sinf o'quvchilarida texnik qiziqishlarini shakllantirish»  (1956),  «Qizi­

qish  va  ta’lim»  (1962),  «Maktab  o'quvchilarining  texnika  qobiliyati  psi­

xologiyasi»  (1971),  «Yosh  psixologiyasi  va  pedagogik  psixologiya»  (O'quv 

qo'llanma (1974),  «Qobiliyatlar va uning diagnostikasi»  (1979),  «Kasb tan­

lash» (1986), «Zamonaviy maktab o'qituvchisi psixologiyasi» (2000), «Umu­

miy  psixologiya»  (2000),  «Yosh  davrlari  va  pedagogik  psixologiya»  (2004) 

kabi  o'quv-metodik  qo'llanma  va  ilmiy  maqolalari  psixologiya  fanining 

ravnaqida  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.

Iste’dodli  olim,  O'zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko'rsatgan  fan  ar­

bobi  M.G.  Davletshin  O'zbekistonda  psixologiya  fanining  o'qitilishini  ta­

komillashtirish, uzluksiz ta’lim jarayonida pedinstitut va universitetlar uchun 

o'qituvchilar  tayyorlashning  psixologik  masalalari,  umumiy  va  pedagogik 

psixologiya  Oliy pedagogika  o'quv yurtlarining o'quv jarayoniga  pedagogik 

texnologiyalami  tatbiq  etishning  ilmiy  asoslari  maktablarga  psixologik xiz­

mat  ko'rsatishning ilmiy  metodologik  asoslariga bag'ishlangan  ko'plab an-



jumanlami  tashkilotchisidir.  Bu  0 ‘zbekiston  Milliy  Universiteti  qoshidagi 

birlashgan  psixologiya  fanlari  bo'yicha  ilmiy  daraja  beradigan  Ixtisoslash- 

tirilgan  Kengash  a’zosidir.

Psixologiya  fanining  taraqqiyotida  M.X.  Rahmonovaning  roli  ham 

muhimdir.  Olima  ta’lim jarayonida  diqqatning  roli,  o'quvchilar  diqqatini 

dars  jarayonida  barqarorlashtirish,  o'quvchilar  diqqatining  individual  xu­

susiyatlari  kabi  masalalarni  keng  yoritib  berdi.  M.X.  Rahmonovaning 

«Ta’limda  diqqatning  roli»  (1963),  «O'qish  darslarida  birinchi  sinf 

o'quvchilari  diqqatining  barqarorligi»  (1969),  «O'quvchilar diqqatini  ba’zi 

individual  xususiyatlari»  (1971)  kabi  ilmiy  maqolalari  ta’lim  jarayonida 

o'quvchilar  diqqatini  tashkil  etishda  asosiy  manba  bo'lib  xizmat  qiladi. 

Keyinchalik  u  «Psixologiya kursida ko'rsatmalilik»  (1981),  «Oilaga sovg'a» 

(1996)  kabi  ilmiy  ishlarini  chop  ettirdi.  Uni  qo'rqoq  bolalaming  ruhiyati, 

aql-zakovati,  diqqat-e’tibor sohalari  qiziqtirib,  u  hozirgi  kunda  shu  soha- 

larda  kuzatish,  tadqiqot  ishlarini  olib  bormoqda.

R.Sh.  Karimova  ayniqsa,  maktabgacha  bolalami  ona  tili  egallashning 

psixologik  xususiyatlami  aniqlash,  o'smirlaming  o'quv  jamoasida  o'zaro 

munosabatlarini shakllantirish masalalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. 

Uning  «Основные  элементы  грамматического  строя  родного  языка 

как путь  развития  мышления детей старшего дошкольного возраста» 

(1959),  «Учет  индивидуальных  различий  детей  при  обучении  их 

родному языки в детских садах» (1971), «Изучение взаимоотношений 

подростков  и  их  формирования»  (1985)  kabi  maqolalari  hozirgi  kunda 

ham  o'z  qiymatini  yo'qotmagan.

Shuningdek,  yosh  psixologiyasida  M.A.  Muzaffarov  «O'smir  yoshlar- 

ning tasawur qilish asoslari» (80 dan ortiq ilmiy maqola),  B.  Mamajonovning 

«Umumiy psixologiyadan  amaliy  mashg'ulotlar»,  «Psixika hodisalari  haqi­

da»,  «Bolalarda ijobiy va salbiy ertak personajlari haqida tasawurlami shakl­

lantirish  jarayonini  psixologik  tadqiq  qilish»  kabi,  V.P.  Ivanovaning 

«Умственная деятельност учащихся при написании диктанта» (1962), 

«Факторы  обеспечивающие  воспризведение  в  умственной  деятель­

ности  учашихся»  (1977),  X.  G'ofurovaning  xotira va  uning xususiyatlari, 

umumta’lim  maktablarida o'quvchilarda tasawurlarning shakllanishi,  ular­

ni so'z bilan  tasvirlash  hamda rasm darslarini  ulaming shakllanishiga ta’siri 

haqidagi  maqolalari,  S.  Rahimovning  «Abu  Ali  ibn  Sinoning  psixologik 

qarashlari»,  A.  Saydullayevning  o'quvchilami  fan,  texnika,  san’at,  shaxs- 

lararo  munosabatlar,  xayolning  rivojlanishiga bag'ishlangan  qator maqola­

lari,  F.  Temurovning  o'quvchilami  kasbiy  qiziqishlarini  kasbga  yo'nalish, 

individul yondoshishi, kasbiy qiziqishlarini aniqlash kabi qator ilmiy maqola 

va to'plamlari  chop  etildi.  F.  Temurov bilan  bir vaqtda faoliyat  ko'rsatgan 

N.  Negmatov  ham  o'zining  ijodiy  izlanishlarini  tafakkur  jarayoniga 

bag'ishladi.  U  tafakkur  va  uning  jarayonlarini  tadqiq  qilish,




1

-sinfdan  boshlab  o'quvchilarda  umumlashtirish  faoliyatning  rivojlanishi 

bo'yicha longityud tadqiqotlarini amalga oshirdi. Oliy maktabda psixologiya 

fanlarini  o'qitish  masalalariga  katta  e’tibor berdi.

Q. Turg'unov esa respublikada birinchilardan bo'lib, mehnat psixologiyasi 

sohasiga asos soldi.  U  mehnat jarayonida bilim,  ko'nikma va  malakalarning 

shakllanishini  to'qimachilik  jarayonida  o'rgandi  va  tajribaga  asoslanib, 

to'quvchilikning  psixologik  asoslarini  yoritib  berdi.  Muallif  «Развитие 

производственных  навыков  у учащихся»  (1963),  «Вопросы  о  понятий 

«умение» и «навык» в психологии» (1964), «Анализ маршрутного умения 

првдилщитс  и  проблемы  производителности  труда»  (Экономика  и 

жизни,  1967  г.,  №1),  «К  проблемам  умений  и  навыков»  (1964)  kabi 

ilmiy ishlari chop etildi,  ayniqsa,  uning «Psixologiya terminlarining ruscha— 

o'zbekcha lug'ati» psixologiya fanini  o'rganishda  muhim ahamiyatga egadir.

M ehnat  ta ’limi  psixologiyasining  rivojlanishida  N.  Yaxyarov 

o'quvchilarda  mehnatga  bo'lgan  ijobiy  munosabatlarni  shakllantirish  ma- 

salasida  ko'pgina  ilmiy  maqolalar chop  ettirdi.

O'zbekistonda  psixologiya  fanining  taraqqiyotida  professor  (1985) 

M.V.  Vohidovning  ham  o'rni  bor.  Muallifning  asosiy  tadqiqot  sohasi 

o'quvchilam ing  o'quv  faoliyatida  mnemik  jarayonlarni  o'rganishga 

bag'ishlangan edi. Shuningdek, u O'zbekistonda psixologik flkrlaming rivoj­

lanishi tarixi, bolalaming psixologik xususiyatlarini keng miqyosda o'rgandi. 

O'zining  ko'p yillik tajribalariga suyanib,  1981-yili  «Psixologiya»  darsligini 

yaratdi.  Bu  darslik  bolalar  psixologiyasi  bobida  ham  hozirgi  kunda  peda­

gogika  oliy  o'quv  yurtlari  va  pedagogika  kolleji  talabalarining  asosiy 

qo'llanmalaridan  biridir.

Yosh va pedagogik psixologiya sohasida  P.I.  Ivanovning shogirdlaridan 

biri  M.  Zufarova «7 yoshli bolalami psixologik tomondan  maktab ta’limiga 

tayyorlash»  masalasini  ilmiy  tajribalar asosida  yoritib  bergan.  U 


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə