O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 339,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü339,71 Kb.
#141572
1   2   3   4   5
Extracted pages from 2. Falsafa

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/8]
ISSN 2181-7324 
 
FALSAFA 
http://journals.nuu.uz
 
Social sciences
 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/8 2023 
- 106 -
imkon beradigan qobiliyat sifatida belgilaydi. Uning 
shakllanishi chet tili kodini ishlab chiqish va insonning 
madaniy tajribasini rivojlantirish o‘rtasidagi munosabatlarda 
amalga oshiriladi, unda insonning o‘ziga, dunyoga bo‘lgan 
munosabatini, shuningdek, ijodiy faoliyat tajribasini ajratib 
olish mumkin [4]. 
Korneeva 
L.I. 
ijtimoiy-madaniy 
kompetensiya 
madaniyat bilan shartlangan omillarni tushunish, qadrlash va 
hurmat qilishni va o‘z va boshqa odamlarning idrokiga
fikrlashiga, baholashiga va harakatlariga ta’sir etuvchi 
omillarni va shu asosda yangi harakat sxemasini yaratish 
qobiliyatini anglatadi, deb hisoblaydi. Bu ijtimoiy-madaniy 
tushunishda, 
boshqa 
madaniyat 
vakillarining 
xatti-
harakatlariga kommunikativ va xulq-atvorga moslashishda va 
turli madaniyatlarning qadriyatlari va me’yorlariga asoslangan 
yangi xulq-atvor namunalarini qurishda namoyon bo‘ladi [14]. 
Solovova Ye.N. ijtimoiy-madaniy kompetensiya 
xalqaro yo‘naltirilgan shaxsni tarbiyalash vositasi ekanligini 
va talabalar tomonidan ijtimoiy tajriba, urf-odatlarni (nafaqat 
o‘rganilayotgan til mamlakatini, balki ularning ona tilini ham) 
o‘zlashtirishni, ularni o‘zaro ta’sir jarayonida ko‘rib chiqishni, 
shuningdek, talabalar tomonidan o‘zlashtirilishini o‘z ichiga 
oladi. Ijtimoiy-madaniy kompetensiya tilni o‘qitish jarayoni 
bilan (ya’ni lingvistik kompetensiyani shakllantirish bilan) 
chambarchas bog‘liq [1]. 
M.Sh. Ruzmetova o‘zining ilmiy ishida ijtimoiy-
lingvistik kompetensiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Ijtimoiy-
lingvistik kompetensiya kundalik hayotga, ijtimoiy hayotga, 
ta’limga va madaniyatga oid mavzular orqali o‘zi yashayotgan 
mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va 
boshqa milliy-madaniy xususiyatlarini bilish hamda tili 
o‘rganilayotgan har bir xalq, millat vakillarining o‘ziga xos 
barqarorlashgan urf-odatlari, rasm-rusumlari bilan taqqoslagan 
holda og‘zaki va yozma nutqida fikrlarini taqdim eta olish 
qobiliyatini nazarda tutadi”. 

Yüklə 339,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə