O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 339,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü339,71 Kb.
#141572
1   2   3   4   5
Extracted pages from 2. Falsafa

ADABIYOTLAR TALQINIDA 
Annotatsiya 
Maqolada boshqaruv xodimlarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasi: tushunchasi va mohiyatiga doir adabiyotlar muhokamasi 
ko‘rib chiqilgan. Xozirgi kunda boshqaruv xodimlarini xulq-odobi masalasi jamiyatda asosiy siyosiy-ijtimoiy omillaridan biri 
xisoblanadi. Maqoladan olingan xulosalarni boshqaruv xodimlarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasi mavzusida olib borilgan 
tadqiqotlar doirasida foydalanish mumkin.
Kalit so‘zlar:
“Kompetentlik” va “kompetensiya”, boshqaruv, menejment, adabiyotlar, ijtimoiy muhit,madaniy muhit.
Kirish

Hozirgi 
vaqtda 
“kompetentlik” 
va 
“kompetensiya” tushunchalarini aniq tushunish mavjud emas. 
Psixologik va pedagogik adabiyotlarda “kompetentlik” 
tushunchasi keng tarqalgan. Turli olimlar bu tushunchani turli 
nuqtai nazardan ko‘rib chiqadilar. Bu sohadagi eng mashhur 
olim – Edinburg universiteti professori, doktor Jon Ravendir. 
U kompetentlikni “ma’lum bir fan sohasidagi muayyan 
harakatni samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos 
qobiliyat, shu jumladan, yuqori ixtisoslashgan, maxsus turdagi 
fan ko‘nikmalari, fikrlash usullari, shuningdek, o‘z harakatlari 
uchun javobgarlikni tushunish” deb tushuntiradi. 
Kompetentlik – bu bilim va amaliy inson faoliyati 
o‘rtasidagi munosabatlar sohasiga tegishli bo‘lgan toifadir. 
B.Yu. Yelkonin ta’rifiga ko‘ra, kompetentlik – bu faoliyatga 
qo‘shilish paytida olingan shaxsning malaka xarakteristikasi. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. 
K. J. Risqulovaning fikriga ko‘ra, “Kompetensiya” u 
yoki bu kasb egasiga zarur bo‘lgan kasbiy qonuniyatlar
tamoyillar, 
talablar, 
qoidalar, 
burch, 
vazifa 
hamda 
majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik me’yorlar 
yig‘indisini anglatadi. Kompetentlik esa — shaxs amaliy 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, kompetensiya me’yorlarini 
jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish 
tajribasida namoyon etish mahoratidir. Kompetentlikning 
asosiy mezoni samarali faoliyat, raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlash bilan belgilanadi [5]. 
A.V. Xutorskiy “kompetensiya” va “kompetentlik” 
tushunchalarini ajratib, quyidagi ta’riflarni taklif qiladi: 
Kompetensiya – bu sub’ektlar va jarayonlarning 
ma’lum bir doirasiga nisbatan o‘rnatilgan va ularga nisbatan 
yuqori sifatli ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan 
o‘zaro bog‘liq shaxs fazilatlari (bilim, ko‘nikma, malaka, 
faoliyat usullari) to‘plami. 
Kompetentlik 
– 
bu 
shaxsning 
tegishli 
kompetensiyalarga ega bo‘lishi, egalik qilishi, shu jumladan, 
unga bo‘lgan shaxsiy munosabati va faoliyat predmeti [26]. 
Chet 
tillarini 
o‘qitishning 
zamonaviy 
metodologiyasida til va madaniyatni birgalikda o‘rganish 
masalalari ijtimoiy-madaniy kompetensiya nuqtai nazaridan 
tobora 
ko‘proq 
tavsiflanmoqda. 
“Ijtimoiy-madaniy 
kompetensiya” tushunchasi chet tillarini o‘qitish nazariyasi va 
amaliyotiga mustahkam kiritilgan. 
M.T Kadirova ijtimoiy-madaniy kompetensiya xalqaro 
tilshunoslik, 
ijtimoiy-lingvistik 
va 
madaniyatshunoslik 
kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi, deb hisoblaydi. 
N.A. Xolmirzaevning fikricha, talabalarning ijtimoiy - 
madaniy kompetensiyasini to‘laqonli shakllantirish uchun 
mustahkam 
bilim, 
ko‘nikma, 
malaka 
va 
sifatlarni 
shakllantirish bilangina emas, balki sub’ektiv tajribani doimiy 
boyitish, o‘zgartirish orqali ham ta’minlanadi. 
Galskova 
N.D., 
Gez 
N.I. 
ijtimoiy-madaniy 
kompetensiyani insonga madaniyatlar muloqoti doirasida
ya’ni ijtimoiy-madaniy aloqa sharoitida o‘zini anglashga 

Yüklə 339,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə