O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

yerga ishlov berish.
XIX asr
chig‘irlar
Sug‘orish tizimi
va tartiblari
http://eduportal.uz


12
maydonlariga yetkazilgan. Bu hududda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini, asosan, paxta va donli ekinlar tashkil qilgan. Bundan 
tashqari bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavot mahsulotlari 
yetishtirilgan.
O‘rta Osiyo xalqlari hayotida hunarmandchilik 
muhim o‘rin egallab, aholining dehqonchilik, chor-
va chilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan qat-
lami hayo ti ham bevosita hunarmandchilik bilan bog‘liq bo‘l gan. Chunki 
har bir dehqon va chorvador hunarmandchilik buyumlaridan foydalangan 
holda mehnat qilgan, ayni vaqtda ular hunarmandchilikning turli sohalari 
uchun xomashyo yetkazib bergan. Savdogarlar esa hunarmandchilik 
mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilgan. O‘rta Osiyo davlatlarida ko‘plab 
hunarmandchilik markazlari mavjud bo‘lib, ular mahalliy xususiyatlari-
ga ko‘ra turli hu nar mandchilik sohalariga ixtisoslashgan. Masalan, 
Marg‘ilonda atlas to‘ qish, do‘ppichilik, Rishtonda kulolchilik, Shah rixon-
da pichoqchilik, do‘ppichilik, duradgorlik, Chustda ham do‘ppichilik, 
pi choqchilik, Qo‘qonda temirchilik, duradgorlik, zargarlik, Buxoroda 
zargarlik, Samarqandda zargarlik, Xivada me’morchilik, ganchkorlik 
rivojlangan. Buxoro amirligida bu davrda kulolchilik, temirchilik, miskarlik, 
zardo‘zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik so halari ham 
keng tarqalgan. Xonliklarda temir mahsulotlariga ehtiyoj katta bo‘lganligi 
bois metallga ishlov beruvchi mahalliy temirchilik sohasi rivojlangan. 
Hunarmandlar tomoni dan, asosan, mehnat qurol la ri, xususan, dehqon-
chi lik da ishlatiladigan as bob-uskuna lar, kiyim-kechak lar, zeb-ziy nat-
lar, idish-tovoq lar, chor va dorlar foy da la nadigan bu yumlar tayyor langan. 

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə