O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

Yakunlarni chiqaramiz!
?
?
Savol va topshiriqlar
!
!
O‘zingizni sinang!
!
Atamalar izohi
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 
ijara uchun chop etildi.
http://eduportal.uz


3
Vatan – bu biz tug‘ilib o‘sgan zamin, kindik qoni
-
miz to‘kilgan tuproq, bobolarimiz izlari qolgan
ajdodlarimiz merosi avlodlarimizga qoladigan 
yurtdir.
Dunyoda Vatanga muhabbatdan qudratliroq biron-bir tuyg‘u va unin g 
sog‘inchidan kuchliroq his yo‘q. Vatan millatni yuksaltirguv chi milliy 
g‘ururdek jozibador sehrli bir tuyg‘uni uyg‘otadi. Xalq qanchalik or-no
-
musli, g‘ururli bo‘lsa, undagi Vatan hissi va milliy ong ham shunchalik 
yuqori bo‘ladi. Ona yurt – bir umrlik makon, diyor tabiati, el urf-odatlari, 
an’analari, ertak va afsonalaridir. Vatan hamisha navqiron va suyuklidir. 
Vatan millatning ma’naviy-madaniy zaminini yaratib beradi va har bir 
avlod bobolarining yurtga bo‘lgan muhabbatlarini o‘zida tashigan holda 
so‘nmas Vatan mehri bilan bu dunyoga qadam qo‘yadi.
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad-muddaolari, shu 
bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib
ma’naviy dun yosini yuk saltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy 
xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg‘usi 
to‘laqonli ra vishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha mu
-
vaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bi
-
lan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi.
Qo‘lingizdagi O‘zbekiston tarixi darsligi XIX asrning ikkinchi yarmi 
va XX asr boshlarida sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu davr 
Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Bu,

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə