Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#132985
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari



O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
Sobir Mirvaliyev 
 
O’ZBEK ADIBLARI 
(xrestomatiya) 
 
Toshkent 
“Fan” nashriyoti 
1993 yil 
 
 
MUHAMMADSHARIF SO’FIZODA 
(1869-1937)
Muhammadsharif So’fizoda 1869 yilning 29 yanvarida Namangan viloyati, Chust 
tumanida hunarmand-kosib oilasida tug’ilgan.
Otasi Egamberdi So’fi pichoqchilik, charx tortish ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Onasi 
Zaynab xola xohishiga ko’ra u qo’shnisi Manzura otindan xat-savod o’rganadi, eski 
maktablarda ta’lim oladi. U Hofiz, Bedil, Alisher Navoiy, Muqimiy va Furqat kabi 
allomalar ijodini chuqur o’zlashtirib, she’rlar mashq qila boshlaydi. Turkistonda 
chiqadigan «Turkiston viloyatining gazeti» kabi Qozon, Orenburg va Boqchasaroyda 
chiqadigan ro’znoma, oynomalar bilan qiziqadi. Boku va Tiflisda chop etilgan ozor tilidagi 
asarlarni mutolaa qiladi. 
1893—1898 yillarda u Qo’qonda yashab, Muqimiy, Furqat ta’sirida «Vahshiy» taxallusi 
bilan hajviy asarlar yaratadi. Ayniqsa, uning «Dakaning», «Bedanang», “Ayting bu 
so’zimni”, «O’pay», «Beg’ubor dardu olam» kabi hajviy va lirik g’azallari e’tiborga loyiq 
edi. Biroq hali Muqimiy hajviyasi zarbidan qutulib ulgurmagan zamona hokimlari yosh 
Muhammadsharifning keskin tanqidiga qarshi hujum boshlaydilar. Oqibatda u 1899 yili 
Qo’qondan Chustga qaytib keladi. Ikki yil o’tgach, uni amir-amaldorlar «ul beadab va 
bad aslni» dahriylikda ayblab, qatl etishga hukm chiqaradilar. 
O’zining yozishicha, «so’ng Chustdan qochib, Mir viloyatiga tafakkur qilib, muddati 14 
yil har mamlakatda yurub» («Turkiston viloyatining gazeti», 1914, 10-son) umr 
kechiradi. Xuddi shu 1900—1914 yillar So’fizoda dunyoqarashida muhim bosqich 
hisoblanadi. Avval Bokuga borib, Jalil Dulizoda, Sobir Tohirzoda, Muhammad Hodiy kabi 
ozarbayjon adabiyotining taraqqiyparvar vakillari bilan tanishadi. So’ng Arabiston 
shaharlari, Hindiston va Turkiya mamlakatlarida oddiy mehnatkash xalq hayotini ko’radi. 
1910-1913 yillarda Qo’ng’irotda muallimlik qiladi, ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlarini 
yozib, Boku va Orenburgda chiqadigan ro’znoma va oynomalarda tez-tez ko’rina 
boshlaydi. Ayniqsa, uning mahoratidan darak beruvchi «O’zbek xonimiga», «Xonimlar 
isminda», «Vatan», «Muslimalar» asarlari e’tiborli edi. 
1913 yilda Chustga qaytib kelib, yetim maktablari ochadi va unda muallimlik qiladi. 
Dunyoviy fanlarni yengil va yangi usulda o’rgatishga bel bog’laydi. Ayni chog’da ayrim 
shariat peshvolarini, boy-amaldorlarni o’tkir hajviy tig’ bilan savalaydi. Bunga chiday 
olmagan hokim sinf vakillari uni halok etish payiga tushadilar. Buni sezgan shoir 
So’fizoda 1915 yili yana xorijiy mamlakatlarga ketishga majbur bo’ladi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə