O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə6/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil, suveren davlat sifatida jahon tarixida abadiy o‘rin oldi. biz hozirgi davrdagi tinchlik, barqarorlik va totuvlik, milliy taraqqiyot sharoitida mustaqillik mohiyatini chuqur anglab, xalqimiz tarixidagi bunyodkorlikka intilish, vatanparvarlik na- munalari, buyuk ajdodlarimizning betimsol jasorati va ezgu ishlarini doimiy ravishda yodda tutishimiz lozim. Tarix – qadriyat, o‘zlik man- bayi va yo‘l ko‘rsatuvchi ulug‘ muallimdir. Vatan tarixini sevib o‘rga- nish kishiga nafaqat o‘zligini anlashga yordam beradi, balki o‘tmishdan kerakli saboq chiqarish, milliy mentalitet, qadriyatlarni chuqur bilgan holda mos istiqbol va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Hozirgi bosqichda ko‘p asrlik O‘zbekiston tarixini yozish asosan ta- riximizning yangi qirralarini kashf etish; tuzatishlar kiritish; turli tarixiy bosqichlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot o‘zgarishlari hamda mash-
hur tarixiy shaxslar faoliyati, yirik tarixiy voqealarni tizimli ravishda tadqiq etish bilan amalga oshirilmoqda. bugungi O‘zbekiston va uning tarixiy makoni dunyo sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sifatida keng e’tirof etilayotgani bejiz emas.

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbekiston hududida yelkama-yelka istiqomat qilib kelayotgan xalqlarning tarixi nafaqat biz uchun, balki duyon tamadduni taraqqi- yotining ajralmas bo‘lagi sifatida global ahamiyatga ham ega. Shu paytgacha topilgan, o‘rganilgan tarixiy manbalar, moddiy ashyoviy dalillarga ega arxeologik qazilmalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari fikrimizni tasdiqlaydi. Hatto, jahon tarixchilarining ilmiy merosiga aylangan, qadimiy Ipak yo‘lining manzilgohlari hali-hamon dunyo hamjamiyati oldida O‘zbekistonning tanilishi uchun xizmat qilmoq- da. bu qadimiy va tabaruk zaminda shunday buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, siyosatchilar, donishmandlar va sarkardalar yashab o‘tgan- ki, ularning qoldirgan ezgu ishlari, g‘oyalari xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari shu yerda yaratilgan, sayqal topgan. Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, osori atiqalar dehqonchilik, hunarmandchilik madaniya- ti, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganligidan darak beradi. Izlanishlar natijasida qo‘lga kiritilgan ko‘plab qadimgi tosh- yozuvlar, bitiklar, kutubxonalarda saqlanayotgan qo‘lyozmalar, ijti- moiy-maishiy hayotning turli jabhalariga oid o‘n minglab qimmatbaho asarlar o‘lka xalqlari ma’naviyatining yuksakligini namoyon qilib tu- ribdi. Ota-bobolarimizning asrlar mobaynida to‘plagan hayotiy tajri- balari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini sinchiklab o‘rganishdan milliy hamjihatlikni mustahkamlash va O‘zbekistonni rivojlangan davlat- lar qatoriga olib chiqishda unumli foydalanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov aytganidek, «…kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatimizning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»1.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng tarixiy adolatni qayta tiklash, ma’naviy jarayonlarni tubdan o‘zgartirish va dunyodagi boshqa xalqlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish, qar- doshlik rishtalarini tiklash yo‘lida ko‘p ishlar qilib kelinmoqda. To- bora globallashib borayotgan dunyoda O‘zbekiston Respublikasining


1 Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – Toshkent, 1998. – B.3-4.
munosib o‘rnini saqlab qolish va milliy davlatchilik qurish yo‘lini davom ettirish tarixiy tadqiqotlarni kengroq rakursda olib borishni taqoza etmoqda.
Ayniqsa 2016-yildan keyin Prezident Shavkat Mirziyoyev mam- lakat rahbari etib saylanganidan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tari- xida yangi bir bosqich boshlandi. bu xalqni yanada yaqinroq tushu- nish, doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, modernizatsiya jarayonlarini tezlashtirish va eng muhimi innovatsion yondashuv asosida hayo- timizni yangicha qurish davriga start berildi. Yuqorida tamoyillarga huquqiy asos sifatida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan taklif qilin- gan va keng xalq muhokamasidan so‘ng amalga tatbiq etila boshlan- gan «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ko‘zda tutilgan mamlakatimizni modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatori ta’lim tizimini ham takomillashtirish, soha uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab qilmoqda.2
Mamlakatimizda muayyan yangicha ta’lim tizimini rivojlantirishda yoshlarimizni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadigan boy tariximizni, ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettiradigan zamonaviy o‘quv qo‘llanma va darsliklar katta o‘rin tutadi. bu borada O‘zbekiston tarixi muammolarini yangi asoslarda tadqiq etish, tarixni o‘rganishga xolis, haqqoniy yondashib, bu fanni o‘qitish uslubiyatini takomillashti- rish o‘z dolzarbligi bilan ajralib turadi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə