Nerv sistemasi yangi bilimlarni kashf etamiz



Yüklə 400,57 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü400,57 Kb.
#128775
NERV SISTEMASI


NERV SISTEMASI
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Hayvonlarning nerv sistemasi rivojlanish darajasiga ko‘ra quyidagi to‘rtta tipga ajratish mumkin.
1. To‘rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistema. Bo‘shliqichlilarning nerv sistemasi to‘r shaklida bo‘ladi. Ularning nerv hujayralari ektoderma qavatida tarqoq holatda joylashgan. Nerv hujaralarining o‘simtalari bir-biri bilan tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Tananing istalgan qismiga ta’sir ko‘rsatilsa, bitta nerv hujayrasida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish barcha nerv hujayralariga tarqaladi. Natijada organizm butun tanasining qisqarishi bilan javob qaytaradi. Bo‘shliqichlilarning ta’sirlanishga javob berish xususiyati refleks deb ataladi.
2. Stvol tipidagi nerv sistema. Yassi va to‘garak chuvcalchanglarning nerv sistemalari stvol tipida tuzilgan. Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar orqali tutashib, tuzilishiga ko‘ra narvonni eslatadi. So‘rgichli va tasmasimon chuvalchanglar nerv sistemasi tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ularni tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi va uch juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari o‘zaro ko‘ndalang nervlar orqali tutashgan. Tananing ikki yonida joylashgan bir juft nerv stvoli yaxshi rivojlangan. To‘garak chuvalchanglarning nerv sistemasi so‘rg‘ichli chuvalchanglarninng nerv sistemasiga o‘xshaydi, lekin, nerv stvollarining yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan.
3. Zanjir tipidagi nerv sistema. Halqali chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft halqum usti nerv tuguni, bir juft halqum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv halqasi hamda bir-biriga yaqin joylashgan juft qorin nerv zanjiridan iborat. Tananing har bir segmentida bir juft nerv tugunlari mavjud. Nerv tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar boradi. Mollyuskalarning nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, halqum usti nerv tuguni va tananing turli qismlarida
joylashgan nerv tugunlarini tutashtiruvchi nervlardan iborat. Serharakat hayot kechiradigan va ko‘pchiligi yirtqich bo‘lgan boshoyoqli mollyuskalarda nerv sistemasi murakkab tuzilishga ega.
4. Naysimon tipdagi nerv sistema. Barcha xordali hayvonlar uchun xarakterli hisoblanadi. Nerv hujayralari nerv nayi bo‘ylab bir xil joylashgan. Xordali hayvonlar bitta tipga mansub bo‘lganligi sababli, ularning nerv sistemasi tuzilishida umumiylik mavjud. Tuban xordalilarda nerv nayi markaziy nerv sistemasini, undan chiquvchi bir qancha nervlar periferik nerv sistemasini tashkil etadi. Hayvonlarning tuzilishi murakkablashgan sari nerv sistemasining tuzilishi ham sezilarli darajada o‘zgaradi.
Baliqlarda bosh miya katta hajmga ega emas. Amfibiyalarda oldingi miya yarimsharlarga bo‘lingan. Harakatlarning soddalashuvi tufayli amfibiyalarning miyachasi baliqlarnikiga nisbatan yaxshi rivojlanmagan. Sudralib yuruvchilarning quruqlikda yashashga o‘tishi tufayli miya morfologik va funksional jihatdan murakkablashgan. Oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan yiriklashgan. Miyacha sudralib yuruvchilarning xilma-xil harakatlari tufayli kuchli rivojlangan. Qushlarda xulq-atvorning murakkablashuvi ularning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Odam va boshqa sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlangan va unda ko‘rish,
eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan. Miyachasi kuchli rivojlangan.
BILILMINGIZNI SINAB KO’RING

Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob

Ball

E’tiboringiz uchun tashakkur
Yüklə 400,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə