O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə7/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 30-iyunda «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoli- yatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Ushbu hujjat O‘zbe- kiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishin- ing eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fan- ning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizm- larini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ish- larining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida,


2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risi- da»gi Farmoni [Elektron resurs]. http://strategy.regulation.gov.uz/uz/document/2.
oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston tarixini zamonaviy talab darajasida o‘rganish, tarixiy- madaniy jarayonlarni va o‘tmish voqealarini yangi ilmiy yondashuvlar va qarashlar tamoyillari orqali ta’riflash, asl manbalarga tayangan hol- da masalani tahlil etish muhim vazifa hisoblanadi.
bugungi kunda madaniy va ma’naviy merosni tiklash hamda keng targ‘ib qilish, tarix ilm-fan sohasidagi yangi tadqiqotlar natijalarini ta’lim jarayoni, darslik va o‘quv adabiyotlariga tatbiq etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi3.
O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini o‘rganish va targ‘ib etish, ta’lim-tarbiya sohasida undan keng foyda- lanish, yosh avlodni tarbiyalashda o‘ta muhimdir. zero, ma’naviyat- ning asosi bo‘lmish tarix insonparvarlik qadriyatlariga sodiqlik, milliy g‘urur va iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim omil, tarixiy xotira esa milliy o‘zlikni anglashga, inson dunyoqarashini kengaytirishga va tarixiy ongni shakllantirishga ko‘mak beruvchi kat- ta kuch hisoblanadi.
Mamlakatimizda yuksak bilimli, ma’naviy barkamol avlodni yuza- ga keltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohi- yati va mazkur sohada erishilgan yutuqlar hozirgi kunda xalqaro ham- jamiyat tomonidan haqli tarzda e’tirof etilmoqda.
Shubhasiz, yangi avlod o‘quv adabiyotlari ham yuqorida ta’kid- langan mulohazalarga hamohang ravishda zamonaviy talablarga javob berishi darkor. Ta’lim tizimini sifat jihatidan takomillashuvi uchun unga avvalo ilm-fan yangiliklari, innovatsiyalarni tatbiq etish lozim.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə