O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XXV bob. Moliya va kredit



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
uploads constitution oz

XXV bob. Moliya va kredit 
122-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega. 
O‘zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat.
123-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy 
qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli. 
124-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi. 
XXVI bob. Mudofaa va xavfsizlik 
125-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat 
suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun 
tuziladi. 


Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi 
Qonuniga
 qarang.
126-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli 
kuchlariga ega. 
OLTINCHI BO‘LIM. KONSTITUSIYAGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI
Oldingi
 tahrirga qarang. 
127-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy 
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki 
O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. 
(127-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda 
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 
128-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy 
mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har 
taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis 
Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan 
keyingina qayta kiritilishi mumkin. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə