O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
uploads constitution oz

XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari 
99-modda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) 
hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari 
bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni 
hal etadilar. 
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O‘RQ-439-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 35-son, 914-modda) 
100-modda. 
Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi: 
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni 
belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; 
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; 
atrof-muhitni muhofaza qilish; 
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; 
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
101-modda. 
Mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini 
amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda 
qatnashadilar. 
Yuqori organlarning o‘zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi 
organlar ijro etishi uchun majburiydir. 
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati — 5 yil. 
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda 
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə