O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
uploads constitution oz

110-modda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud 
ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. 
(110-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha 
hududida bajarilishi majburiydir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib 
borish huquqiga ega. 
(110-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
(110-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda 
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
111-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi 
bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga 
rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati 
tartibi qonun bilan belgilanadi.
(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
112-modda.


Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni 
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday 
aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
236-moddasiga 
qarang. 
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 
67—70-moddalariga 
qarang. 
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin 
emas. 
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi
shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan 
asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 
71—74-moddalariga
 qarang. 
(112-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda 
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə