O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
uploads constitution oz

104-modda. 
Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. 
105-modda. 
Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda 
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular 
ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat 
doirasi qonun bilan belgilanadi. 


 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasining «
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida
»gi, 
«
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida
»gi qonunlariga qarang. 
XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati
106-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish 
yuritadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
107-modda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent 
shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va 
ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari 
bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar 
ma’muriy sudlaridan iborat. 
(107-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasining 
«Sudlar to‘g‘risida»
gi va 
«O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»
gi qonunlariga qarang. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda 
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə