Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


VI. 3-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TADBIRLAR



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə23/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

VI. 3-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TADBIRLAR

Avtoportret” proyektiv metodikasi


Mualliflar: Ye.S.Romanova, S.F.Potyomkina. Proyektiv metodikalar-dan biri. Katta maktab oʻquvchilarining shaxsini diagnostika qilish uchun qoʻllanishi mumkin. Avtoportret – insonning oʻzi chizgan qiyofasi. Bu metodikaning ikki xil interpretatsiyasidan biri mualliflar, ikkinchisi R.Berns (AQSH) tomonidan taklif qilingan.
Interpretatsiya № 1
“Avtoportret” proyektiv metodikasi R.Berns (AQSH, Insonlararo munosabatlarni rivojlantirish instituti, Sietl) tomonidan qoʻllanganda, u kishilarga oʻzining yakka holdagi yoki oila a’zolari bilan birga, hamksblarning orasida tasvirlashni iltimos qilgan. R.Berns shunday yozadi: “Siz uyga kelib oʻkirib – oʻkirib yigʻlashingiz mumkin, ammo ishxonada bunday qilmaysiz. Bunday holatingiz siz chizgan portretda oʻz aksini topadi”. Uning fikricha, avtoportretdagi belgilar quyidagicha aniqlanishi mumkin:



Bosh

Katta bosh – oʻz aqliy imkoniyatlaridan qoniqmaslik;
Kichik bosh ijtimoiy mavqeidan norozilik, bezovtalanish.

Koʻz

Katta koʻzlar – shubxalanuvchanlik, boshqalar fikriga kup e’tibor berish.
Kichik koʻzlar yoki yumuq koʻzlar – ichki yoʻnalganlik.

Quloq

Katta quloq – tanqidga sezgirlik

Burun

Burunga alohida urgʻu berish – jinsiy muammolarning mavjudligi; burun kataklarining kattaligi agressiya (jahldorlik).

Ogʻiz

Har qanday shaklda boʻlmasin, yaqqol ajralibtursa bu nutqiy kamchiliklarning mavjudligidan darakdir; ogʻizning boʻlmasligi – muloqotga kirisha olmaslik, depressiya.

Qoʻllar

Kishining atrof olam bilan boʻlgan munosabatini ifodalaydi. Tushirilgan qoʻllar – jismoniy yoki psixik nimjonlik; uzun qoʻllar tashqi muhit voqea – hodisalariga kuchli berilish; kalta qoʻllar –ichki yoʻllanganlik.

Oyoqlar

Uzun oyoqlar mustaqillikka intilish; katta oyoqlar – xavfsizlikka ehtiyoj; oyoqsiz rasm – beqarorlik, aniq maqsadlarning boʻlmaslik holati (dezertirlar odatda oyoqsiz rasm chizadilar).

Ritmik rasm (harakatdagi odamni masalan, yurayotgan, zinadan chopayotgan va h. Odamni tasvirlovchi rasm) – intuitiv ekstrovert.
Strukturali rasm (Odamni qanday boʻlsa, shundayligicha, ba’zan faqat yuzni, byustni yoki butun boʻy – bastni tasvirlovchi rasm) – intuitiv introvert.
Ushbu belgilar boʻyicha quyidagi jadvaldagi oʻxshab, turli rasmlar oʻrtasidagi miqdoriy farqlarni aniqlash mumkin.

Uy, daraxt, odam” proyektiv metodikasi


Ushbu metodika katgalar bilan bir qatorda bolalarni ham oʻrganish uchun moʻljallangan boʻlib, uni individual va guruh tarzida oʻtkazish mumkin. Metodikaning mohiyati quyidagicha: tekshiriluvchiga uy, daraxt va inson rasmini chizish taklif qilinadi. Soʻng ishlab chiqilgan reja boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
R.Berne ushbu testni qoʻllashda bir rasmda daraxt. uy va insonni tasvirlashni taklif qiladi. Bunda uy, daraxt va insonning oʻzaro ta’siri koʻrish obrazini tashkil qiladi, deb hisoblanadi. Agar rasmni harakatga keltirsak, u haqiqatan ham bizning, hayotimizda sodir boʻlayotganligini sezish mumkin.
Uy, daraxg va inson rasmining chizilish tartibi testni tavsiflash usuli sifatida qaraladi. Agar daraxt rasmi birinchi boʻlib chizilgan boʻlsa, bunda inson uchun asosiy boʻlgan narsa - hayotiy energiya (quvvat), agar uy birinchi navbatda chizilgan boʻlsa, birinchi oʻrinda inson uchun xavfsizlik, muvaffakiyat yoki bu tushunchalarning rad etilishi turadi.

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə