Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə25/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Quyosh.
Tiniq “oynali” yashik. Hammani oʻziga qaratish xohishini bildiradi. Uzini namoyish qilish istagi, faqat vizual kontakt bilan cheklangan holda.
Daraxtlar. Koʻpincha turli xil kishilarni anglatadi. Agar ular goʻyoki uyni “bekitib” turgan boʻlsa, ota-onalar ustun boʻlganda, kuchli bogʻliqlik ehtiyoji mavjudligidan dalolat beradi.
Butalar. Ba’zida odamlarni anglatadi. Agar ular uyni qalin oʻrab turgan boʻlsalar, oʻzini himoya toʻsiqlari bilan kuchli oʻrab olish istagi mavjud boʻlishi mumkin.
Butalar yoʻlning ikkala yoqasida tartibsiz joylashgan boʻlsa – voqelik doirasida biroz tashvishlanish va uni ongli ravishda nazorat qilishga intilish mavjudligini koʻrsatadi.
Yoʻlak (proportsiyalari yaxshi, yengil chizilgan boʻlsa) individ boshqalar bilan aloqada oʻz-oʻzini e’tirof etilishiga va oʻz-oʻzini nazorat qilishga egaligini qoʻrsatadi. Uzun yoʻlak – ancha adekvat ijtimoiylashuv ehtiyoji bilan birga keladigan kuchsiz ochiqlik.
Juda keng boshlanib, uyga yetgach, torayib boruvchi yoʻlak – yolgʻizlikka boʻlgan xohishni niqoblashga intilish.
Quyosh. Hurmatga ega boʻlish timsoli boʻlib, koʻpincha iliqlik va kuch manbai sifatida idrok qilinadi.
Ob-havo (Qanday ob-havo tasvirlanganligi) subyektning muhit bilan bogʻliq kechinmalarini aks ettiradi. Qanchalik ob- havo yaxshi tasvirlangan boʻlsa, subyekt shunchalik muhitni dushmanchilik sifatida idrok etadi.
Rang
Yashil rang tom uchun, jigarrang – devor uchun, sariq - agar uy ichidagi yorugʻlikni aks ettirish uchun qoʻllanilsa, tun yoki uning yaqinlashayotganligi aks ettirilsa subyektning quyidagi hissiyotlarini ifodalaydi:

  1. muhitning unga nisbatan agressiv dushmanligi.

  2. uning harakatlari yashiringan holda boʻlishi.

Qoʻllanilgan ranglarning miqdori. Yaxshi moslashgan, biroq,
tortinchoq, emotsional subyekt odatda ikkitadan kam yoki beshtadan koʻp rang ishlatmaydi.
Uyni 7-8 rangga boʻyovchi subyekt juda labil hisoblanadi. Faqat bitta rang qoʻllanilsa, bu subyektning emotsional qoʻzgʻalishdan qoʻrqishini bildiradi.

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə