4-mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatning ifodasi sifatida Reja



Yüklə 77,98 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü77,98 Kb.
#152507
  1   2   3   4
4 mavzu (1)


4-mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatning ifodasi sifatida
Reja:

  1. Shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta`sirning o`ziga xosligi

  2. Shaxslararo muloqot va ommaviy komunikatsiya

  3. Muloqotning tuzilishi va vazifalari

  4. Muloqot axborot almashinuv sifatida



Muloqot va shaxslararo munosabatlar - ijtimoiy psixologiyaning mavzuidir

Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o`rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o`zini shaxs deb hisoblash bilan bog`liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir.


Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
y) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».

Yüklə 77,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə