Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Maqsad. Boʻshashish, jismoniy va hissiy stressni olib tashlash. Oʻyin bayoni



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə20/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

Maqsad. Boʻshashish, jismoniy va hissiy stressni olib tashlash.
Oʻyin bayoni. Kimdir “ob-havo sultoni” boʻladi, kimdir esa "ob-havo
sharoitlari joyi" boʻlishi kerak. “Ob-havo joyi” stulning suyanchigʻiga
suyangancha yotadi, turadi yoki oʻtiradi, “sulton” esa muayyan matn bilan birga
orqa boʻylab massaj qiluvchi harakatlarni amalga oshiradi. Harakatlar
quyoshli ob-havoning yomgʻirli, momaqaldiroqli, shamolli va keyin yana
quyoshli ob-havoga oʻtish hodisalari ostida tashkillashtiriladi.
Koʻrsatma: Quyoshdan, yoqimli iliqlikdan boshlash kerak (bunga yengil,
silovchi teginish mos keladi). Keyin shabada esadi, u qattiqroq esadi,
bulutlarni haydaydi (teginish yanada harakatchan boʻladi, ya’ni u qoʻllari
bilan orqaning butun yuzasi boʻylab aylanali harakatlar qiladi). Keyin
osmon qorongʻilashadi, yashin chaqnaydi, yomgʻir boshlanadi, u kuchayadi, jalaga
aylanadi, momaqaldiroq gumburlaydi (harakat kuchayadi: endi bular
yelkasiga qoqish, chimdilash, tezkor aylanali harakatlar). Asta-sekin
tabiat tinchlanadi, osmon tozalanadi, quyosh paydo boʻladi, osmonda esa
kamalak (harakatlar yumshoq, muloyim, silovchi boʻladi). Taxminan shunday
deb aytish mumkin: “Hozir ob-havo yaxshi, quyosh charaqlab turibdi, qushlar
qoʻshiq aytishyapti, yengil shabada esmoqda ... U kuchaymoqda, daraxtlar
chayqalmoqda, haqiqiy boʻron boshlandi! Va mana katta tomchilar oʻz
yoʻlidagi hamma narsani yuvib tashlamoqda, keyin yomgʻir sokinlashadi,
shamol tinchiydi, yomgʻir toʻxtaydi ... Mana yana qushlar kuylashadi va
osmonda kamalak paydo boʻladi”.
OʻZ KAYFIYATIMIZNI SOZLASH” GA OʻRGANAMIZ:
OʻYIN-MЕDITATSIYA
Xavfsiz joy”
Farzandingizga yaxshi xayollarni yoki xotiralarni oʻrganishga yordam
beradigan oddiy fikrlashni oʻrgatishga harakat qiling. Buning uchun nima
deyishingiz mumkin:
“Bugun biz yoqimli voqealar, hislar va tasvirlarni yaratish va yodlash uchun
tasavvurimizdan qanday foydalanishni oʻrganamiz. Qachonki biz oʻzimizni
yomon his qilsak, oʻzimizni yaxshi va xavfsiz his etadigan joyni tasavvur
qilish foydali boʻladi. Men sendan xotirjam va baxtli boʻlgan joyni esga
olishingni soʻrayman. Bu sen ta’tilga chiqqan haqiqiy joy yoki sen eshitgan
va u yerga borishni xohlagan joy boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, bu sen
oʻzing oʻylab topgan joy ham boʻlishi mumkin.
Kel, sen bir necha marta chuqur nafas olishingdan boshlaymiz. Koʻzlaringni
yum va odatdagidek nafas ol. Oʻzingni xotirjam, xavfsiz va baxtli his
etadigan joyni tasavvur qil (pauza). Oʻzingni oʻsha yerda turgan yoki
oʻtirganingni tasavvur qil (pauza). Xayolingda atrofga nazar sol va
koʻrganlaringning barchasini eslab qol (pauza). Barcha tafsilotlarni esla
(pauza). Atrofdagi turli xil ranglarga qara (pauza). Oʻz atrofingdagi
predmetlarni silayotganingni tasavvur qil (pauza).
Endi uzoq oldga qara. U yerda nima koʻrindi? Turli xil ranglarni,
soyalarni koʻrishga harakat qil. Endi sen har doim tasavvur qila oladigan
va har doim boʻlishing mumkin boʻlgan maxsus joydasan.
Bu maxsus joyda sen oʻzingni xotirjam va ishonchli his qilasan. Tasavvur
qil, sen yalangoyoq oyoq yer ustida turipsan. Bu hissiyotni eslab qol (pauza).
Sekin yurishni boshla va atrofingda seni oʻrab turgan hamma narsani eslab
qol. Sen nimalarni eshityapsan (pauza)? Ehtimol, yengil, yoqimli
shabadaning esishini? Yoki dengizning ovozini? Yoki qushlarning
kuylashini? Yorqin mehribon quyosh charaqlayapti, toʻgʻrimi? Oʻz tanangda
issiq quyosh nurini his et (pauza). Qanday hidlarni sezyapsan (pauza)?
Ehtimol, bu dengiz hidi? Yoki gullarmi? Yoki sening sevimli taoming
(pauza)? Maxsus joyda sen yoqimli narsalarni tinglashing, his qilishing
va koʻrishing mumkin. Sen xotirjam va baxtlisan.
Endi sening yoningda alohida bir kimsa borligini tasavvur qil (e’tibor
ber: u fantastik qahramon, multьfilьm qahramoni yoki xayoliy doʻst boʻlishi
mumkin). Bu kimdir – kuchli va bu yerga yordam berish uchun kelgan.
Ikkalangizni sekin yurayotganingizni tasavvur qil va har tomonga qara
(pauza). Sen u bilan yonma-yon ekaningdan mamnunsan. Bu odam – sening
doʻsting va yordamchingdir. U sening muammolaringni hal qilishi mumkin.
Yana bir bor atrofga nazar tashla. Bularning barchasini yaxshiroq eslab qol.
Shu tarzda sen istalgan vaqtda bu yerga yana qaytib kelishing mumkin. Sen
qaerda boʻlsang ham, sening yordamching har doim shu yerda boʻladi (pauza).
Koʻzlaringni ochishga va oʻzingning maxsus joyingni tark etishga tayyor boʻl.
Bir ikki uch…”
Qahramon toʻgʻrisida ertak toʻqish”

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə