O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 390,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/30
tarix31.12.2021
ölçüsü390,19 Kb.
#82236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
birinchi sinfda sonlarni raqamlashga orgatish

alohida ta’kidlangan.

 

Darhaqiqat,  o’zbek  xalqining  buyuk  mutafakkirlari  ham  uzoq  o’tmishdayoq  olib 



borgan  tadqiqotlari  va  amalga  oshirgan  kashfiyotlarida  insonlarni  odobli,  mehnatsevar


 

vatanparvar  qilib  tarbiyalash  yo’l  -  yo’riqlarini  ko’rsatib  o’tganlar.  Bunga  Muso  al-



Xorazmiy  (783-850),  Ahmad  al-Farg’oniy  (797-865),  Javhariy,  Mirzo  Ulug’bek  (2394-

1449), faylasuf va huquqshunoslar Abu Nasr Forobiy (873-950), Imom al-Buxoriy (810-

870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824 - 892) , Burhoniddin al-Marg’inoniy(1123 - 

1197), Nasafiy; qomusiy olimlar Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino(980 - 1037); 

tilshunos, tarixchi va shoirlar Mahmud   Qoshg’ariy (XI asr), Yusuf Xos Xojib (XI asr),  

Mahmud  az-Zamaxshariy  (1075-1144),  Alisher  Navoiy  (1441  -  1501);  Zaxiriddin 

Muhammad  Bobur  (1483-1530)  va  boshqalarning  bizga  qoldirgan  boy  meroslari 

fikrimizga  asos  bo’ldi.  Bu  allomalarimizning  asarlarida  bolalarning  o’qishi,  mehnati, 

odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta o’rin berilgan. Jumladan, Nasriddin 

Tusiy  (1201  -  1274)  fikri  bo’yicha  o’qituvchi  o’quvchilarni  aql-zakovatiga  ta’sir  qilishi 

uchun,  o’quvchilarni  ishonchini  qozonish  va  qalbidan  joy  olish  mas’uliyatini  his  qilishi 

lozim. Forobiy o’qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy normalari va amaliy ko’nikma 

va  malakalarini  o’zlashtirishga  yo’naltirilganligi  asosiy  vazifalardan  biri  ekanligini 

ifodalaydi.  Ibn  Sino  fikricha,  o’qituvchilik  olijanob  va  foydali  faoliyatdir.  U  ilm  - 

narsalarning  inson  aqli  yordami  bilan  o’rganilishi  o’qituvchi  faoliyatida  muhim 

hisoblanishini ta’kidlab o’tadi. Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari 

va o’rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik 

va  insonshunoslik  asosida  qurilgan.  Beruniyning pedagogik g’oyalaridan eng muhimi 

bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir .  

O’zidan oldin o’tgan buyuk allomalar, xususan, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniyning 

ilmiy an’analarini davom ettirgan va ularni XII-XIII asrlarda rivojlantirgan olimlardan 

biri Mahmud Ibn Muhammad ibn Umar al-Chag’miniydir. Albatta, boshqa mutafakkirlar 

qatori al-  Chag’miniy ham dunyoning xudo tomonidan yaratilganini e’tirof etadi, lekin 

shu bilan birga u “Mulahhas fi hayat al-basita”) “Sodda shaklli narsalarning qisqacha 

bayoni” asarida tabiat o’zining maxsus qonunlariga ega bo’lib, ma’lum faollik ko’rsatishi 

mumkin deb yozadi: “Olam, Yer, suv, havo, o’t (olov)” va osmon jismlarining 

yig’indisidan iborat. Ularning hammasi harakatda. Yana xudodan boshqa hamma 

borliqqa olam deb aytamiz.  

Tabiat kuchlari jism mavjudligining asosidir. U (tabiat) barcha harakat va 

sokinlikning manbasidir. Demak, al-Chag’miniyning fikricha, tabiat “tabiiy kuchga” 

egadirki, ushbu kuch uning ichki faolligini zaruriy shartga aylantiradi. 



 

Olimlarimizning ilmiy merosini chuqur o’rganib, uni ta’lim va tarbiya jarayoniga 



tatbiq etish har bir ma’naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir. 

  Shu paytgacha psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang’ich ta’lim sifati va  

samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili birinchidan,  axborotlarni boyitib borish orqali 

ta’lim mazmunini o’zgartirish, didaktik elementlarni  kattalashtirib o’zlashtirish, 

(B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g’oyasini ajratish (I.D.Zverev, 

V.N.Maksimova,  R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov,  A.M.Markushevich) nazariy 

bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov,  A.M. Pishkalo, 

T. To’laganov, D.B.Elkonin) yo’nalishlarida amalga oshirilgan.    

Ikkinchidan,  sonlarni  o`rganish  bo`yicha  o’quvchilar  egallashi  kerak bo’lgan  

aqliy hatti-harakatlar  tizimini    aniqlashga  qaratilgan. Bunda  o’qitish  va o’qish  

faoliyatlari  chegaralanadi; o’quvchilarda aqliy   faoliyat tizimini maqsadga  muvofiq  

shakllantirish  mexanizmini   ishlab chiqish (N. Azizxodjayeva,  Yu.K.Babanskiy, 

O.Rozikov, N.F.Talizina, T.I.Shamova, D. Shodiyev, G.I.Shukina va boshqalar) 

masalalari ustida tadqiqotlar amalga oshirildi. 

Uchinchidan,  ayrim tadqiqotchilar o’quvchilarning   funksiyalarini  to’la  aniqlash

ta’lim  mazmunining   tuzilishi va komponentlarini aniqlash bilan bog’laydilar. (V.P. 

Bespalko, D.D. Zuyev, B. Qodirov, E. G’oziyev, G’.B. Shoumarov va boshqalar); 

To’rtinchidan,  o’qitishning tashkiliy  shakllariga bog’liq ekanligi qayd qilinadi. 

Bunday yondoshish boshlang’ich ta’lim o’quvchilari uchun maqsadga erishish yo’llari, 

usullarini  muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratishi, o’zaro ishonch muhitini   

yaratishiga urg’u beriladi (Sh.A. Amonashvili, M.V. Matyuxina, R.A. Mavlonova va 

boshqalar); 

Beshinchidan, psixologik-pedagogik tadqiqotlarda 

boshlang’ich ta’lim 

samaradorligini o’quvchilarning  motivlariga bog’liq ekanligi  qayd etilmoqdakim, bunda 

ham bilish faoliyatining  turli motivlarini shakllantirish masalalari ochib beriladi. (A.K. 

Markova, M.V. Matyuxina, M.X. To’xtaxodjayeva, S. Annamurodova, G.I. Shukina, 

B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev va boshqalar). 

Mavjud tadqiqotlar ushbu muammoning  yo’nalishlarini ma’lum darajada aks 

ettirsa-da, bu nomerlashni o`rganish tizimining didaktik asoslarini ta’minlay olmaydi. Bu 

esa bizning malakaviy bitiruv ishimizning dolzarbligini ko’rsatadi. 



 




Yüklə 390,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə