O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


-bob. Soliq summasini qoplash tartibi



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə6/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,3 Kb.
#166137
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashev Ilyosbek QQS

5-bob. Soliq summasini qoplash tartibi
29. Soliq organining soliq summasini (to‘liq yoki qisman) qoplash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq soliq organi bir kun muddatda qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini hisobga olish orqali soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini uzishni Soliq kodeksining 104-moddasiga asosan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
30. Soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini uzish amalga oshirgandan so‘ng soliq organi tomonidan bir kun muddatda soliq summasining qolgan qismi bo‘yicha ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda soliq summasini qaytarish to‘g‘risidagi xulosa rasmiylashtiriladi va elektron shaklda (DSQ elektron axborot tizimi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yuboriladi.
31. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi DSQ axborot tizimi orqali soliq organlarining xulosasini olgandan so‘ng Davlat budjeti mablag‘lari doirasida bir kunda avtomatik tarzda soliq summasini soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
6-bob. Soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibi
32. Soliq kodeksining 274-moddasi to‘rtinchi qismiga binoan soliqning jami summasi o‘rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi bu haqda soliqni qaytarish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi:
belgilangan tartibda yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslarga;
soliqni qoplashga doir ariza bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini Soliq kodeksining 109 yoki 107-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq to‘lovchilarga;
eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa, nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari;
mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
soliq monitoringi ishtirokchilariga.
Quyidagi hollarda soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibi tatbiq etilmaydi:
arizaga ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan zarur hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan bo‘lsa;
ariza taqdim etilgan vaqtda soliq to‘lovchi soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar toifasiga mansub bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 25-bandi beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilarda qayd etilgan holatlar aniqlangan taqdirda, salbiy farqning asoslanmagan qismi doirasida.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
321. Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatib o‘tilgan soliq to‘lovchilar toifasidan tashqari intizomli soliq to‘lovchilarga ham soliq summasi o‘rnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
Soliq to‘lovchilarni insofli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari (talablari) va ularning ro‘yxatini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
33. Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qoplash uchun arizada ko‘rsatilgan soliq summasi unga to‘liq hajmda yetti kun ichida ushbu Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda qoplab beriladi. Bunda qoplanishi uchun arizada ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə