O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga soliq summasini qoplash (qaytarish) tartibi



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə8/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,3 Kb.
#166137
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashev Ilyosbek QQS

8-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga soliq summasini qoplash (qaytarish) tartibi
42. Mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchisi tomonidan bitim doirasida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan soliq summasi ushbu soliq to‘lovchiga sotib olish operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan xaridlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etgan arizasi asosida qoplab (qaytarib) beriladi.
43. Bunday hujjatlar jumlasiga yetkazib beruvchilar tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida ajratib ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturalar, invoyslar va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar kiradi.
44. Soliq to‘lovchining arizasini ko‘rib chiqish, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish va soliq summasini qoplash (qaytarish) to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish ushbu Nizomning 1038 va 39-bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
45. Ushbu Nizomning 42 va 43-bandlarida belgilangan qoidalar mahsulot taqsimotiga oid bitimda soliq bo‘yicha nol darajali stavka qo‘llanishi nazarda tutilgan bo‘lsa tatbiq etiladi.
46. Mazkur bobda qayd etilgan shaxslarga soliq summasi 2020-yil 1-yanvardan keyin sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qoplab beriladi.
Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə