O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


-bob. Qoplanadigan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə5/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,3 Kb.
#166137
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashev Ilyosbek QQS

4-bob. Qoplanadigan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi
18. Qoplanishi nazarda tutilgan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan soliq organi kameral soliq tekshiruvini o‘tkazadi. Kameral soliq tekshiruvi soliq organining tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘isiz amalga oshiriladi.
Bunda arizada ko‘rsatib o‘tilgan soliq davri bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan avval soliq auditi o‘tkazilgan bo‘lsa, qoplanishi nazarda tutilgan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi.
19. Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilgan kundan keyingi kundan boshlanadi va ellik kungacha bo‘lgan muddatda yakunlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish davrida soliq organi zarur hujjatlar va mavjud tovar-moddiy boyliklari qoldig‘ini ko‘zdan kechirish, zarur hollarda sayyor soliq tekshiruvini tashkil etgan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish Soliq kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda hududni va binolarni ko‘zdan kechirish, Soliq kodeksining 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlarni talab qilib olish hamda Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan tartibda uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
21. Soliq organining mansabdor shaxsi kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlarni bayon etgan holda xulosa rasmiylashtiradi va bir kundan kechiktirmay tegishli qaror qabul qilish uchun soliq organi rahbariga (o‘rinbosariga) kiritadi.
22. Soliq summasini qoplash bo‘yicha o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bo‘yicha soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
23. Soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risidagi qaror soliq to‘lovchining arizasi olingan kundan boshlab ellik kundan oshmagan muddatda qabul qilinishi lozim.
24. Qaror kirish, tavsif-asoslantirish va qaror qismlaridan iborat bo‘ladi.
Kirish qismida: qaror qabul qilingan vaqt, joy, qarorni qabul qilgan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi, soliq to‘lovchining nomi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR), arizaning soliq organida ro‘yxatga olingan sanasi va raqami, qoplanishi so‘ralayotgan soliq summasi ko‘rsatiladi.
Tavsif-asoslantirish qismida: kameral soliq tekshiruvi o‘tkazgan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi, boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini qoplash hisobiga yo‘naltiriladigan soliq summasi, bank hisobvarag‘iga qoplanishi (qaytarilishi) lozim deb topilgan soliq summasi, qoplanishi rad etilgan (to‘liq yoki qisman) hollarda esa, rad etish asoslari batafsil bayon qilinadi.
Qaror qismida: boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini qoplash hisobiga yo‘naltiriladigan soliq summasi, soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga qaytarilishi lozim deb topilgan soliq summasi, qoplanishi rad etilgan hollarda rad etilgan (to‘liq yoki qisman) soliq summasi hamda rad etilgan soliq summasi miqdorida soliq hisobotiga tuzatish kiritish majburiyati, qaror ustidan shikoyat qilish huquqi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Soliq summasini qoplashni rad etishni (to‘liq yoki qisman) o‘z ichiga olgan qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
soliq summasini hisobga olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
tovarlar (xizmatlar) xarid qilinishida hisobvaraq-fakturalar elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida rasmiylashtirilmaganda;
soliq to‘lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish to‘liq elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimi orqali amalga oshirilmaganligi aniqlanganda;
huquqni suiiste’mol qilish, qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali soliqni to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik holatlari aniqlanganda;
huquqni suiiste’mol qilish, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan soliq summasini qonunga xilof ravishda oshirish yoki to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi natijasida asossiz soliq nafi olinganlik holatlari aniqlanganda;
soliq to‘lovchi tomonidan iqtisodiy mazmuniga mos kelmaydigan xo‘jalik operatsiyalari hisobotda aks ettirilishi va (yoki) kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilish bo‘yicha majburiyat bajarilmasligi natijasida asossiz soliq nafi olinishi holatlari aniqlanganda;
soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshirilgan bitim (operatsiya)ning asosiy maqsadi soliq summasini to‘lamaslik (to‘liq to‘lamaslik) va (yoki) hisobga olish bo‘lgan hamda bitim (operatsiya) bo‘yicha majburiyat soliq to‘lovchi bilan tuzilgan shartnomaning tarafi bo‘lmagan shaxs yoki bitimni (operatsiyani) bajarish majburiyati shartnoma yoki qonun bo‘yicha yuklatilmagan shaxs tomonidan bajarilgan holatlar aniqlanganda;
bitimlar (operatsiyalar) haqiqiy emas va tadbirkorlik faoliyati doirasida daromad olishga qaratilmagan yoki (va) iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamagan deb topilganda;
soliq to‘lovchi tomonidan so‘ralgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki soxta hujjatlar taqdim etilganda, shuningdek, hududni, ishlab chiqarish, omborxona, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirishga, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga to‘sqinlik qilinganda;
soliq to‘lovchi va unga tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan kontragentlar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaganda (to‘liq hisoblanmanganda);
hisobga olish huquqini beruvchi tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilish va sotish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan yetkazib beruvchilarda (kontragentlarda) ushbu tovarlarning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
soliq to‘lovchi tomonidan asossiz soliqdan naf olinishiga olib keladigan, tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish zanjiridagi bitimlar (operatsiyalar) ishtirokchi shaxslarning o‘zaro bog‘liqligi (huquqiy, iqtisodiy va boshqa nazorat ostidagi) aniqlanganda.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
26. Soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror soliq to‘lovchiga uning shaxsiy kabineti orqali, ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kundan kechiktirmay yuboriladi.
27. Soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida qaror qabul qilinganda qoplanishi asosli deb topilmagan soliq summasi yuzasidan Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan umumiy tartibda kameral soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.
28. Soliq organining qaroriga asosan qoplanishi rad etilgan soliq summasi yuzasidan soliq to‘lovchi asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.
Arizani qayta ko‘rib chiqishda ilgari soliq summasini qoplashni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha soliq summasini qoplashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə