O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


-bob. Eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar va ularni taqdim etish tartibi



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,3 Kb.
#166137
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashev Ilyosbek QQS

3-bob. Eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar va ularni taqdim etish tartibi
14. Eksport operatsiyalari bo‘yicha soliq summasi o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qo‘shimcha tarzda soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi);
yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha xizmatlar realizatsiya qilinganda — ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirilgan yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri;
valyuta mablag‘lari tushganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi;
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi tovarlar eksport qilinganligi va valyuta mablag‘lari tushganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar.
Agar ushbu bandning ikkinchi-oltinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan hujjatlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud bo‘lsa, mazkur hujjatlarni soliq organiga taqdim etish talab etilmaydi.
15. Soliq kodeksining 262-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga nisbatan soliq summasi o‘rnini qoplashda ushbu Nizomning 14-bandi ikkinchiuchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etiladi.
16. Nol darajali stavka qo‘llanishi natijasida hosil bo‘lgan va qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasining asoslanganligini tasdiqlash uchun soliq to‘lovchi arizaga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda soliq to‘lovchiga qoplab berilishi lozim bo‘lgan soliq summasi bo‘yicha hisob-kitobni ilova qiladi.
Bunda tovarlarni eksportga jo‘natish va jo‘natilgan tovar uchun to‘lovlar turli chet el valyutasida amalga oshirilgan bo‘lsa, yuklab jo‘natish amalga oshirilgan sanadagi chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada (so‘mda) qayta hisoblab chiqishning ushbu Nizomga 7a-ilovadagi shaklga muvofiq hisob-kitobini ilova qiladi.
17. Soliq to‘lovchining arizasi ushbu Nizomda nazarda tutilgan ilovalarsiz taqdim etilsa, ushbu ariza soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilmagan holda besh kun mobaynida soliq to‘lovchiga qaytariladi. Arizasi ko‘rib chiqilmagan va qaytarilgan soliq to‘lovchi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan xolda, qayta ariza berishga haqli.

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə