O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/49
tarix16.04.2023
ölçüsü266,83 Kb.
#105907
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Qotma shaxs
. Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur odam. Kam gapirsada, nasihat 
qilishni xush ko‘radi. Unga nisbatan aslida mavjud bo‘lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi. Shu 
sababli uning xatti-harakatida odamlarga nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik ustun turadi. Gina va 
xafagarchilikka beriluvchan, tez ranjiydigan, voqea va hodisalarga shubha bilan qaraydigan shaxs. U bilan 
yuz bergan voqealardan o‘zoq vaqt siqilib yuradi, xafagarchilikdan oson chiqa olmaydi, qasoskor bo‘ladi. 
Bunday odamlar janjal va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishda tashabbuskor bo‘lib qolishlari mumkin. 
Izzattalab, o‘ziga qattiq ishonadigan va o‘z bilganidan qolmaydigan sobitqadam bu shaxs biror bir ishni 
qat’iyatlilik bilan boshlab oxiriga etkazadi ham. Ular o‘ta ishchan bo‘lib, har qanday sharoitda ham yuqori 
ko‘rsatgichlarga erishishga intilishadi, boshlagan ishini birov bilan baham ko‘rmay yolg‘iz o‘zi bajarishni 
xush ko‘rishadi. Qaysar, o‘jar va tez-tez affekt holatlariga tushib turadigan bu shaxslarning xulq-atvorida 
haqiqatgo‘ylik, ranjish, tez xafa bo‘lish, gumonsirash, rashk kabi turli xislatlar birgalikda namoyon bo‘ladi. 
Ular affekt holatiga tushishsa ham, buni darrov yuzaga chiqaraverishmaydi, ichida saqlab qo‘yishadi va bu 
borada ularning fikrini tez bilib olish qiyin. 
3
. Rasmiyatchi shaxs.
Sinchkov, maydakash va o‘ta rasmiyatchi shaxs. Janjal va kelishmovchiliklarga kam 
aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda paydo bo‘lib qolsa, o‘zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga 
aylanadi, xolos. Shunday bo‘lsa-da, shakllanib qolgan tartib-qoidalarning buzilishiga tezda diqqatini jalb 
etadi. Ishda u haqiqiy byurokrat bo‘lib, har bir ishda rasmiyatchilikka boradi, qo‘l ostida ishlaydiganlarga 
juda ko‘p talablar qo‘yib tashlaydi. O’z ishiga puxta, o‘ziga va boshqalarga o‘ta talabchan, tartibni xush 
ko‘radigan, o‘oyatda sinchkov bo‘lib, har bir ishni reja asosida bajarishni yoqtiradi. Biror bir ishni 
boshlashdan oldin uni sinchkovlik bilan o‘rganadi, reja to‘zadi, o‘zi ham o‘sha rejaga qattiq amal qilishga 
harakat qiladi, o‘z oldiga qo‘ygan ishlarni shoshmasdan, biroq yuqori darajada sifatli bajarishga intiladi. 
Xatoga yo‘l qo‘yil madimi deb, o‘zini va boshqalarni tez-tez tekshirib turadi. Rasmiyatchilik uning hayot 
tarziga aylangan bo‘ladi, vaziyat shuni taqozo etsa mansabdan osonlik bilan voz kechadi. Ruhiy jarohatlarni 
o‘zoq vaqt esida saqlab yuradigan, og‘ir tabiatli va o‘ch olishga moyil shaxs. 
4
. Ta’sirchan
(qo‘zg‘aluvchan) shaxs. Jizzaki, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmaydigan, qo‘pol, janjalkash 
va tez g‘azablanadigan kishilardir. Ularning xulq-atvorida instinktiv intilishlar ustun turadi. Ular badqovoq 
va zaharxanda kishilar bo‘lib, birov bilan osonlikcha murosaga borishmaydi, doimo janjalning o‘rtasida 
bo‘lishadi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchilardir, aksariyat hollarda 
esa janjalning muallifi ularning o‘zi bo‘lib chiqishadi. Jamoada o‘zoq ishlay olishmaydi, tez-tez yuzaga 
keladigan kelishmovchiliklar sababli bir joyda ishlay olishmaydi. Ularda verbal va noverbal reaksiyalar 
ancha sust bo‘ladi, shuning uchun ham odamlar bilan bemalol til topishib keta olishmaydi. U biror bir ishga 
ishtiyoq bilan kirishmaydi, ishga ham zarurat uchun boradi, biror bir sohani yoki ilmni o‘zlashtirishga ham 
ishtiyoq bo‘lmaydi. Kelajakka befarq, bugungi kun bilan yashaydi, ko‘ngli o‘yin-kulgi va vaqtichog‘likni 
istaydi.Hamma bilan til topishavermagach, o‘zidan kuchsizroq odamlar bilan muloqot qilishga va ularni 
o‘ziga bo‘ysundirishga intiladi. Yuqori darajada qo‘zg‘aluvchan bu shaxslarni boshqarish qiyin bo‘lib, 
ularning xatti-harakatlari atrofdagilar va jamoa obro‘si uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. 
5. 
Gipertim shaxs.
Bu toifaga kiruvchi odamlar yuqori darajada harakatchanligi, so‘zamonligi, mimikalarga 
boy xatti-harakatlari, dilkashligi bilan ajralib turishadi. Ular har qanday odamlar bilan tezda muloqotga kirib 
keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘rishadi, shum va sho‘x bo‘lishadi. Suhbat chog‘ida dastlabki mavzudan 
tezda chetga chiqib ketishi mumkin, buni o‘zi ham sezmay qoladi. O’z tengdoshlari orasida e’tiborda 
bo‘lishni, iloji bo‘lsa ularga yo‘lboshchi bo‘lishni va shovqin-suronli hayotni xush ko‘radi. Deyarli doimo 
yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi, o‘zlarini yaxshi his qilishadi, yuqori hayotiy quvvatga va ishtahaga ega 
bo‘lishadi, yuzi-ko‘zi kulib turadi, hayotdan quvonib yashashadi. Ular o‘ziga yuqori baho berishadi, 
chaqqon va engiltak bo‘lishadi, quvnoq hayotni yoqtirishadi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi, yuzaki 
ishlarni zudlik bilan bajarib tashlashadi. Ular juda ajoyib suhbatdosh bo‘lib, atrofdagilarning ko‘nglini chog‘ 
qilib o‘tirishni xush ko‘rishadi, ko‘ngil yozar ishlarga yo‘lboshchilik qilishadi, kerak bo‘lsa turli 
xursandchiliklarni o‘zlari o‘ylab topishadi va boshqalarni bunga jalb qilishadi. Bu ishlarga keragidan 
ortiqcha berilish janjalli vaziyatlarning kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. Agar ular qilayotgan ishlariga ochiq 
to‘sqinlikni sezishsa yoki bu ishlarni amalga oshirayotganda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, asabiylashib 
ketishadi, g‘azabi qo‘zo‘aydi. Ba’zan o‘z majburiyatlariga yuzaki qarashadi, qattiq tartib-intizomga ularning 


14 
toqati yo‘q. Hayot tarzida bir xillikni va yolg‘izlikni yoqtirishmaydi, ba’zan axloqsiz ishlarga qo‘l urib 
qo‘yishadi.
6. 

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə