O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə15/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Marketing 08972

Sanoat ishlab chiqarish indeksi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning mutlaq hajmi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va haqiqatda o’zlashtirilgan sohalar bo’yicha mehnat unumdorligi, buyurtmachilar, investitsiya va boshqalar tahlil qilinadi, hamda bozorning holatiga ta’siri aniqlanadi. Qishloq ho’jalik mahsulotlari bozori holati faqat shu sohaning iqtisodiy ko’rsatkichlari asosida tahlil qilinmaydi, uning ko’proq qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va ta’minoti bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar va natijalariga bog’langan holda o’rganilishi va tahlil qilinishi shart. Investitsiyaning rivojlanishi bozor holatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Agarda ishlab chiqarish sohalarida tugatilmagan ob’ektlar soni kamaysa, sanoat mahsuloti ko’payadi va bozorda taklif talabdan yuqorilashadi. Yuk tashish transport rivojlanish ko’rsatkichlarini bozor kon’yukturasi uchun ahamiyati katta. Chunki uning ish natijalari xom ashyo, materiallar va tovarlar etkazib berishdan iborat. Ichki chakana tovar oborot ko’rsatkichlari mamlakat iqtisodiyotining, aholi turmush darajasining eng asosiy belgilaridan va bozor kon’yunkturasining negizidir. Chunki chakana tovar oborot hajmi, tarkibi, undagi o’zgarishlar va barcha ko’rsatkichlar bozorining asosiy holati talab va taklif muvozanati borligi aniqlanadi.
Pul muomalalari ko’rsatkichlari emissiya, inflyatsiya, kreditlar foiz stavkalari, valyutalar kursi, bank depozitlari, bankrotlik va boshqalar bozor kon’yukturasiga sezilarli ta’sir etuvchi omillardir.
Tashqi savdo ko’rsatkichlari ichki bozor kon’yukturasining shakllanishida o’ziga xos o’ringa ega.
Har doim iqtisodiy kon’yuktura (umumxo’jalik yoki tovar holati) bozordagi raqobat va baholar dinamikasi shart-sharoitlari ta’sirida shakillanayotgan talab va taklif) munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ana shu iqtisodiy jarayonlar «bozor» tushunchasi va bozor mexanizmi elementlaridan iborat. Umuman istiqbolni aniqlash ma’lum ob’ektning bo’lajak holatini ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki iqtisodiy holatini va ishlab chiqarish istiqbolini belgilashda jahon bozoridagi o’zgarishlarni aniq tassavur qilish va baholay olish, uning progressiv tendentsiyalariga mos ilmiy ishlab chiqarish omillarini ishga solish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Bozor istiqbolini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:

  1. Kelajakda bozor kon’yukturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan

holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish;

  1. Istiqbolni aniqlashda bir nechta variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo’lishi;

  2. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo’lishi;

  3. Xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi;

  4. Bozor kon’yukturasi istiqboli o’z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo’llanilishi.

Bozor istiqboli, eksport yoki import mahsulotlari, bozordagi baholar va boshqalar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ular qisqa (uch yilgacha), o’rta (5- yilgacha) va uzoq muddatlar (5-yildan ko’p)ga aniqlanishi mumkin. Istiqbolni aniqlash usuli uning maqsadida, istiqbolni ko’rish darajasini o’rganishga axborot ta’minotiga va boshqa shartlarga bog’liq. Istiqbolni aniqlash axborotlar dinamik qatorlarini vaqt ko’rinishida tasvirlovchi statistik ma’lumotlar bilan qisman ta’minlaydi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə